Far·hod·jon
1.14K subscribers
350 photos
54 videos
2 files
429 links
https://linktr.ee/far5n10v

Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Download Telegram
Bu yerda bir qancha odamlar rus tilida timlidlar (team lead, тимлид) uchun orttirilishi lozim bo'lgan bilimlar xaritasi va rivojlanish modelini qurishyapti. Har bir kompaniyada timlid har xil vazifalarni bajaradi. Shuning uchun, mualliflar o'nlab kompaniyalarda timliddan nima kutilishini aniqlab chiqishgan.

Menimcha, rahbarlik, odamlar bilan ishlaydigan, mas'uliyati kattaroq bo'lgan har qanday lavozimda ishlaydigan odam uchun juda foydali. Masalan, bu yerda komanda yig'ish, odamlarni o'stirish, ular qiladigan ishga yoki harakatlariga to'g'ri fikr berish (feedback), biznesni tushunish, korporativ madaniyat va hokazolar haqida yozilgan.

Nisbatan soddaroq lavozimda ishlaydigan odamlar uchun bu boshlig'idan nima talab qilishni bilish, effektivroq ishlash uchun nimalar yetishmayotgani va qanaqa yordam berishni o'rganish uchun kerak.

https://github.com/tlbootcamp/tlroadmap

#boshqaruv
iOS oʻzbekcha klaviaturasida “oʻtish” (go, перейти) — “olgʻa”. “Tayyor” esa (Done, Готово) — “Bajarildi”.

#apple
Abdulla Qodiriy parkida qurilayotgan mehmonxona haqida

Kun.uz nashri Toshkent shahar hokimligiga asoslanib yozishicha, Abdulla Qodiriy parkining ichida mehmonxona qurilarkan: https://youtu.be/61YblxFxILA

Menimcha, bu o'ta axmoqona qaror. Mehmonxona ixtiyoriy joyda boʻlishi mumkin: hokimlikda ishlaydigan va shu yechimni qabul qilgan masʼul shaxslarning mahallasida, yangi qurilayotgan biror turar-joy oʻrnida, yoki eski Chorsu mehmonxonasida. Lekin shaharda yashaydigan odamlarga tegishli boʻlgan umumiy joyni olib biznesga berish juda ham kutilmagan va kalta oʻylangan qaror.

Odamlar uchun sayr qiladigan, dam oladigan, oʻzlarini yaxshi his qiladigan yashil hududlarni koʻpaytirish lozim. Shu mehmonxona oʻrniga attraksionlarsiz biror kichik bogʻ bilan favvora qoʻyilishi shu atrofda yashaydigan odamlarga ancha yordam bergan boʻlardi. Mehmonxona sifatida xususiy hududga aylantirish Abdulla Qodiriy koʻchasidagi tirbandlikni yanada murakkablashtiradi.

Hokimiyat biror qaror chiqarishdan oldin aholi fikrini ham oʻrgansa yaxshi boʻlardi. Masalan, Abdulla Qodiriy parkining qayta qurish boʻyicha eʼlon qilingan loyihaga qoldirilgan fikrlarni oʻqib koʻrish mumkin. Yoki xuddi shu mehmonxona qurish haqidagi yechimni Facebookʼdagi muhokamasi: https://www.facebook.com/Toshkenthokimligi/videos/956674771337384/

Qiziq holat: shu videoning oʻzbekchasi qoʻyilgan postda birorta ham fikr yozilmagan...

Shu yerda Stiv Jobsning bir qiziq gapini keltirmoqchiman:

I have my own theory about why the decline happens at companies like IBM or Microsoft. The company does a great job, innovates and becomes a monopoly or close to it in some field, and then the quality of the product becomes less important. The product starts valuing the great salesmen, because they're the ones who can move the needle on revenues, not the product engineers and designers. So the salespeople end up running the company.
Steve Jobs: When salespeople run tech giants it's over

Qoʻlbola tarjimasi:

IBM yoki Microsoft kabi kompaniyalarda nega qulash roʻy berishi boʻyicha mening nazariy fikrim bor. Kompaniya zoʻr ish va innovatsiyalar qilyapti va biror sohada monopoliyaga aylanyapti (yoki shunga yaqin), keyin mahsulot sifatining muhimligi kamayadi. Mahsulot buyuk sotuvchilarni qadrlashni boshlaydi, chunki ular daromadni oldinga suruvchilardir, mahsulot injenerlari va dizaynerlaridan farqli ravishda. Shunday qilib sotuvchilar kompaniyani oʻldiradi.

Shahar ham bir mahsulot, startap. Shu yerda yashaydigan aholi esa uning foydalanuvchilari va mijozlaridir.

#shahar @FarLives 🌀
Airpods Pro

Shu yil mayda AirPods haqida yozgandim. Keyinroq Telegram kanalimda Sony WF-1000M3 haqidagi postimda AirPodsʼning menga eng nomaqbul tomonini keltirgandim:

AirPods, masalan, mening qulog'imga yaxshi "o'tirmadi": ba'zida tushib ketadi.

28-oktabrda esa Apple AirPodsʼning haqiqiy yangi versiyasini taqdim qildi: AirPods Pro. Apple “Pro” kengaytmasini qoʻshib chiqaradigan mahsulotlarini professional odamlar uchun, deb hisoblanadi: iPad → iPad Pro, MacBook → MacBook Pro. Lekin oxirgi paytlardagi oʻzgarishlarga qaraganda, “Pro” mahsulotlar shunchaki nisbatan koʻproq imkoniyatlari bor, kuchliroq konfiguratsiyaga ega va qimmatroq qurilmalar tushunilyapti: iPhone Pro faqat professionallar uchunmas, shunchaki, kamerani farqiga boradigan foydalanuvchilar uchun. AirPods Pro ham iPhone Pro kabi: ovoz bilan ishlaydigan professionallargamas, shunchaki, ovozni farqlay oladigan va qimmatroq qurilmani olishga tayyor odamlar uchun.

Sony xuddi shu segmentdagi naushniklarini chiqarganda ulardagi shovqinni yoʻqotish tizimi sifatli boʻlishiga shubhalangandim. Chunki, Bose QC35 kabi naushniklar quloqning atrofiga joylashadi (over ear) va quloq uchun oʻziga xos vakuum hosil qiladi (ularning nomi ham inglizchada “headphones” — quloqqa bogʻliq joyi yoʻq). Lekin boshning formasiga qarab ochiq joylardan tashqaridagi shovqin quloqqa eshitilishi mumkin. AirPods Pro esa ambushyuralar (ear tip) orqali quloq teshigining oʻziga joylashadi (inglizchada “earbuds” yoki “earphones”) va shu teshikning oʻzigagina ovoz oʻtkazmaydi. Bu quloqni terlatmasdan shovqinni oʻtkazmaslikka olib keladi — 👍

AirPods Pro farqlari:
- shovqinni yoʻqotish funksiyasi;
- shaffoflik rejimi: ham tashqarini, ham AirPods Pro berayotgan ovozni eshitish;
- silikondan qilingan ambushyuralarning 3 xili mavjud: deyarli barcha quloqlarga toʻgʻri keladi va quloqqa yaxshi joylashadi;
- qoʻngʻiroq va musiqani, yana shovqinni yoʻqotish rejimini boshqarish sensori (eskisida ikki marta AirPodsʼni turtish kerak edi);
- suvdan himoya: yomgʻirda ham foydalanish mumkin.
va hokazo.

Menga eng muhim joyi ular quloqdan tushib ketmasligi. Menda AirPods yurganda, ovqat yeganda asta-sekin tushib ketadi. Shuning uchun ularni tashqarida taqqanda xavotirda yuraman. Va Bose QC35 kabi shovqinni yoʻqotishi. Bu yerda yozishlaricha, AirPods Proʼdagi shovqinni yoʻqotish rejimi (ANC — active noise cancellation) Boseʼdan koʻra yaxshiroq: https://twitter.com/ryan/status/1189643522418151424

Keyinroq eski AirPodsʼni yangisiga almashtirsam kerak. Ovoz sifatini Bose bilan ham solishtirish lozim: oddiy AirPods ovoz sifatida Boseʼdan orqada.

Bu yerda Markes Braunlidan qisqa taqriz: https://youtu.be/MrUhzYdcX6w

Wylsacomʼdan ruscha taqriz: https://youtu.be/jO-OLfWVMd4

Aytgandek, bu safar Apple shu mahsulotini tinchgina, hech qanaqa shovqinlarsiz chiqargandan soʻng Twitterʼning tomi ketdi: lentamda juda koʻp odamlar AirPods Pro haqida yozishni boshladi. Qiziq.

#gadjetlar @FarLives 🌀
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AR (augmented reality) yaxshigina rivojlanganini shu videoda ko'rsa bo'ladi. MEISAI ilovasida odamlarni yoki odamlar atrofini turli filterlar bilan real vaqtda ajratsa bo'ladi: https://apps.apple.com/us/app/meisai-ar-filter/id1478222840 #ilova
Motorola 2004-yilda sotuvga chiqarilgan Razr telefonini qayta ishlab chiqaribdi. 2020-yil yanvardan $1499 narxda sotuvda. Telefon xuddi originaliga oʻxshab buklanar ham ekan!

https://youtu.be/IxSTFbL9ziw

Mening birinchi haqiqiy telefonim shu Razr boʻlgan. Dizayni oʻziga xos, alohida audiopleyeri iTunes orqali sinxronizatsiya boʻlardi. Shu telefon orqali Apple mahsulotlari bilan tanishishni boshlaganman. U paytda odamlar iTunes dasturida turli musiqalarni albomlarga yigʻish, ularga mos kaver (cover) rasmlar qoʻyish va pleylistlar tayyorlashni yoqtirishardi...

Nostalgiya!

The Verge nashridan taqriz: https://www.theverge.com/2019/11/13/20963294/motorola-razr-new-foldable-smartphone-android-hands-on-flip-phone-photos-video

#gadjetlar
Yulduzlar jangining yangi posteri zo'r! #kino
Ford 2020-2021-yildan boshlab xaridorlarga yuboriladigan elektr mashinasini taqdim qildi: Mustang Mach-E. Toʻliq zaryadlanganda oʻrtacha 482 kilometr yurarkan (300 milya). Narxi 43 895 dollardan boshlanadi. Ford ham elektr mashinalari bozoriga yaxshi kirib kelayotganiga xursandman.

The Vergeʼdan qisqacha taqriz: https://www.theverge.com/transportation/2019/11/17/20967565/ford-mustang-mach-e-electric-suv-specs-price-la-auto-show-2019

Salonning (interyer) old qismida katta 15,5 dyuym diagonalli ekran mavjud. Va interfeysi yoqdi:
Inglizcha Vikipediyaning aytishicha, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyni — forsiy. Oʻzbekcha Vikipediya Xorazmiyning millati haqida hech narsa demagan. Ruscha Vikipediya uni Oʻrta Osiyolik, deyapti.

Inglizcha Vikipediyaning muhokamalar arxivida (5 ta sahifadan iborat oʻziyam) rosa tortishuv ketgan shu mavzuda: https://en.wikipedia.org/wiki/Talk:Muhammad_ibn_Musa_al-Khwarizmi/Archive_1

Shunchaki, shanba uchun qiziq mutolaa.
Har safar afisha.uz sayti orqali kinopremyeralarni qarab chiqayotganimda bir savol qiynaydi:

“Muhammad Termiziy” filmi, adashmasam, apreldan beri kinoteatrlarda qoʻyilyapti. Shu orada bir nechta milliardlab pul ishlagan Gollivud filmlari “kelib-ketdi”. Lekin bu film haligacha afishada: https://www.afisha.uz/movie/5060/

Nega? Men oʻtkazvorgan, lekin juda yaxshi filmmi bu?

#kino
Internetda chegirmalar

Imkoni boricha, har xil magazinlardagi mahsulotlarni ularning koʻrsatilgan narxidan kamroqqa sotib olishga harakat qilaman. Internet magazinlari va servislari ham bundan mustasno emas.
Masalan, AQShga borganimda Jimmy John's, Papa John's Pizza yoki Postmates kabi joylardan onlayn buyurtma berishda Google orqali bir tekshirvolaman: “papa johns promo code” kabi. Shu orqali oʻzining saytida koʻrsatilmagan chegirmalarni ham topish mumkin (quyida birinchi foto).

Yaqinda Displate saytidan Geraltning metal posterini sotib oldim (The Witcher 3 videooʻyinining qahramoni). “displate discount code” qidiruvi orqali topilgan kodni ishlatib shu posterni sotib olish uchun 9 dollar kam toʻladim.

Keyinroq qarasam, aynan shunaqa holatlarda foydalansa boʻladigan brauzer uchun tayyor kengaytma bor ekan: Honey. Biror saytga tashrif buyurilganda kengaytma avtomatik ravishda promo kod va chegirmalarni taklif qiladi. Qulay. Yaqinda shu kompaniyani Paypal 4 milliard (!) AQSh dollariga sotib oldi. Bunchalik qimmat kompaniya, deb oʻylamagandim.

Geralt esa devorimdan joy oldi (quyida ikkinchi foto).

#internet