Far·hod·jon
1.13K subscribers
350 photos
54 videos
2 files
429 links
https://linktr.ee/far5n10v

Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Download Telegram
Juda keng, mayda detallar, iOS'ning avvalgi versiyalari bilan solishtirib yozilgan iOS 13 taqrizini har yildagidek MacStories chiqaradi:

https://www.macstories.net/stories/ios-and-ipados-13-the-macstories-review/

O'ziyam 30 ta sahifadan iborat bo'lgan bu taqriz faqat iOS foydalanuvchilarigamas, mobil ilovalar ishlab chiqish sohasida ishlaydigan har qanday odam uchun foydali: dizayner, dasturchi, sifatni ta'minlovchilar (QA), mahsulot menejerlari va hokazo. Tizimdagi o'zgarishlarni to'liqroq, chuqurroq tushunishga yordam beradi.

Masalan, tizimdagi "qorong'i rejim" shunchaki ranglarni teskarisiga almashtirish orqali qilinmagan: ko'p ranglar yorug' va qorong'i rejimlarda ochroq yoki to'qroq bo'ladi, navigatsiya yoki fonlardagi tim qora ranglar ularning ustidan boshqa element ko'rsatilganida "chuqurlikni" aniq qilish uchun ochlashadi va hokazo.

Aytgandek, maqolaning ichida bir qancha qiziqarli ilovalarning skrinshotlari keltirilgan: ko'pi foydali.

#apple
Cloudflare WARP

Cloudflare kompaniyasi oʻzining 1.1.1.1 mobil ilovasida tez VPN-sifat ulanish imkoniyatini ishga tushiribdi: https://blog.cloudflare.com/announcing-warp-plus/

Blogida aytishicha, WARP foydalanuvchining IP-manzilini yashirmaydi. Lekin tez va xavfsiz. Masalan, har xil kafe yoki aeroportlardagi umumiy Wi-Fi tarmogʻidan foydalanayotganda shunaqa servislarni ishlatish shaxsiy maʼlumotlarning oʻgʻirlanishining oldini oladi.

Juda tez ulanish uchun oyiga $4,99 toʻlanarkan. Quyidagi havola orqali yuklab olish menga 1GB juda tez ulanish beradi:

https://warp.plus/pjyC

Aytgandek, ilova ichida tekin DNS ham bor: bu domenlarni tez topish uchun yordam beradi. Xuddi Google yoki Yandexʼniki kabi. Ayniqsa, Yandex DNS juda foydali: alohida xavfsiz (turli viruslarsiz) va oilaviy (kattalarga moʻljallangan kontent ochilmaydi) rejimlari bor. Uyda routerga oʻrnatib qoʻysa ham boʻladi.

#internet
Facebook Horizon 🤯

addmeto kanali Techcrunchʼdan olib yozishicha, 2020-yilning boshida Facebook oʻzining virtual olamini ishga tushirarkan.

Treyleri zoʻr: https://youtu.be/Is8eXZco46Q

Facebook Horizon deb nomlangan bu olam(lar) Oculus virtual reallik platformalarida ishlaydi (Facebook tomonidan 2014-yilda sotib olingan). Ready Player One filmini eslatvoradi ham. Xuddi ijtimoiy Minecraft.

Va eng asosiysi: odamlarda oʻzining olamini yaratish imkoniyati boʻladi! 🤗

Betasiga bu yerda yozilamiz: https://www.oculus.com/facebookhorizon/

#vr
Lutfiy saylgohi

Shahar tomonidan chiqarilgan juda ajoyib yechimlardan biri — tramvay yoʻlini sayilgoh qilish haqida. Tramvayni sogʻinganlar uchun maqola ichidagi 2-3 ta havola orqali oʻtib eski fotolarni ham koʻrishlari mumkin.

Blogimda: https://farhodjon.uz/lutfi-street

#shahar

@FarLives 🌀
Bayramlarda dam olish

Koʻp davlatlarning bayramlari hozirgi zamonga moʻljallanmagan. Yilning kalendar sanasini bayram va dam olish kuni sifatida eʼlon qilish har doim ham odamlar uchun qulay emas. Kalendar sanasi baʼzi yillarda shundoq ham dam olish kunlariga yoki haftaning noqulay ish kuniga toʻgʻri kelishi mumkin.

Masalan, 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni va bu kunda butun Oʻzbekiston dam oladi (faqat oʻqituvchilar emas). Bu yil dam olish kuni seshanbaga toʻgʻri kelyapti. Hammaga ham 2 kun (shanba, yakshanba) dam olib, keyin dushanba kuni ishlab, soʻng seshanbada yana dam olish qulay emas. Menga dam olish kunlari dushanba yoki juma kunlari boʻlgani maʼqul.

Shuning uchun, bunaqa bayramlarni kalendar kuniga qarabmas, oyning haftasiga nisbatan belgilash lozim: oktabrning birinchi dushanbasi, mayning ikkinchi jumasi kabi. Odamlarda 3 kun dam olish imkoniyati har yili boʻladi. Bayram atrofidagi dam olish kunlarini surish va oldindan noaniqliklar ham boʻlmaydi: baʼzida “qaysi kuni dam olinadi?” degan savolga bayramga yaqin qolguncha javob boʻlmasligi mumkin. Albatta, Yangi Yil, hayit kabi xalqaro bayramlarni butun dunyo bilan nishonlagan maʼqul.

AQShdagi baʼzi bayramlar shunaqa: Shukronalik kuni — noyabrning 4-payshanbasi. Shu hafta nisbatan yalqovroq hisoblanadi: koʻp odamlar bayramni oilasi bilan kutgani uchun, dushanba-seshanbadan boshlab keyingi dushanbagacha dam olishadi odatda.

Oʻqituvchilar kuni haqida yaqinda amerikalik tanishim qiziq gap aytib qoldi:

Bu kunni hamma uchun dam olish kuni sifatida nishonlab iqtisodiyotga zarar yetkazgandan koʻra, shu bir kunda soliqlardan tushadigan pulni oʻqituvchilarning oyligiga qoʻshib berish koʻproq foyda keltirarmidi...

Xalqaro murabbiylar kuni aslida 5-oktabrda nishonlanadi.

@FarLives 🌀
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yorugʻlik Yerning atrofida aylanishi. Ok, bu tez, lekin baribir tezligini sezish mumkin. Juda tez boʻlganda shu oq doira shunchaki chiziq boʻlardi xolos.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yerdan Oygacha boʻlgan masofadagi yorugʻlikning harakati. Bu xuddi Ping-Pong oʻyinini eslatadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yer va Oydan Marsgacha boʻlgan masofadagi yorugʻlikning harakati xuddi toshbaqanikini eslatadi 😅
Far·hod·jon
Yer va Oydan Marsgacha boʻlgan masofadagi yorugʻlikning harakati xuddi toshbaqanikini eslatadi 😅
Bundan kelib chiqadi-ki, odamzod yorugʻlik tezligi bilan uchishga erishganda ham eng yaqin sayyoralar tizimiga yetib olish uchun 4,37 yil ketarkan. Eslatib oʻtaman: bu vakuumdagi, gravitatsiya maydonlari xalaqit bermagandagi tezlik va kosmik kemaga oʻxshagan katta obyekt bunaqa tezlik olishi va butun qolishi juda va juda qiyin masala.

Xulosa: yorugʻlik tezligi yetarlicha tez emas. Koinotni kengroq oʻrganish uchun umuman boshqacha texnologiyalar yoki usullar kerak (Interstellar filmini eslaymiz yoki Mass Effect oʻyinini).

---

Bu videoda yorugʻlik Marsga 3 minut 2 sekundda yetib boryapti. Unchalik katta boʻlmagan Curiosity (rover, marsyurar) Yerdan uchib Marsga qoʻnishi uchun 9 oy vaqt ketgan. Kattaroq fazo kemasi sekinroq uchadi.

#koinot
Juma oqshomi uchun video: https://youtu.be/JL0Behj7zko

Norvegiyalik kishi hayotidagi oddiy voqealardan zavqlanishini YouTubeʼga qoʻyyapti. Kanalini 600 mingdan koʻp odam kuzatadi! Yuqoridagi va umuman hamma videolariga qoldirilgan izohlar ham ajoyib.

#youtube
Erkalash shakllari

Ismlarga qoʻshiladigan erkalash shakllari odamning rasmiy ismida boʻlmasligi lozim, deb hisoblayman. Erkalash shakllari bir nechta: -jon, -xon, -oy, -bek, -xoʻja, -boy va hokazo. Koʻpini vaziyatga qarab bitta ism uchun qoʻllasa boʻladi.

Masalan, mening passportdagi ismim “Farhodjon”. Men tugʻilib oʻsgan joyda, odatda, erkalash shakllari ishlatilmaydi (va har qanday ism ikki boʻgʻinga qisqartiriladi), shuning uchun, deyarli hamma uchun men — Farhod. Baʼzilar ismimga “-bek” qoʻshishadi: Farhodbek. Kamdan-kam holatda “Farhodjon” sifatida oʻzimni tanishtiraman. Chunki, ism uchun qoʻshimchalar ortiqcha deb hisoblayman va menga murojaat qiladiganlarning vaqtini olishni xohlamayman.

Hayotim davomida ismimni yozish uchun oʻrtacha xitoylikdan koʻra ancha koʻp vaqt sarflaganman, deb hisoblayman. Har safar ismimni yozganda 2-3 sekund koʻproq vaqt sarflashga toʻgʻri keladi. Ayniqsa, qoʻlda (!) yozish majburiyati tugʻilganda.

Oʻtgan yili oʻgillarimning ismlaridan “jon” qoʻshimchasini oldirib tashladim. FDXYo boʻlimi rahbari ancha qarshilik qildi: “shunaqa chiroyli ismlarni xunuklashtiryapsiz” kabi. Lekin men oʻgillarimning ismiga ixtiyoriy qoʻshimchani qoʻshish va ozroq boʻlsa ham vaqtini yozuv uchun sarflamaslik imkoniyatini berishimni tushuntirdim. Xullas, endi: Yunusjon → Yunus, Foziljon → Fozil.

Aytgandek, tabaqalashtirish bilan bogʻliq baʼzi qoʻshimchalar mavjud, masalan, erkaklar uchun “xoʻja” va “xon”. Oʻylaymanki, bular yaqinda oʻz kuchini yoʻqotadi. 21-asrda odamlarning geni va ismi asosida alohida tabaqalashtirish uchun joy qolmayapti.

#oʻzbek_tili
​​Yangi oʻzbek alifbosi uchun poster

2016-yilda hazilsifat qilib “yangi oʻzbek alifbosini” eʼlon qilgandim:
abdefghijklmnopqrstuvxyz6g'w4ng

Kuni kecha shu “alifbo” uchun poster qildim. Endi, u — tushunarliroq, kirillcha alifbo bilan solishtirsa boʻladi. Va bemalol chop etib devorga osib ham qoʻyish mumkin!

https://farhodjon.uz/projects/new-uzbek-alphabet-poster/

Yuqoridagi havola boʻyicha oʻtib PDF faylni yuklab olish mumkin.

#loyiha #oʻzbek_tili
Bu yerda bir qancha odamlar rus tilida timlidlar (team lead, тимлид) uchun orttirilishi lozim bo'lgan bilimlar xaritasi va rivojlanish modelini qurishyapti. Har bir kompaniyada timlid har xil vazifalarni bajaradi. Shuning uchun, mualliflar o'nlab kompaniyalarda timliddan nima kutilishini aniqlab chiqishgan.

Menimcha, rahbarlik, odamlar bilan ishlaydigan, mas'uliyati kattaroq bo'lgan har qanday lavozimda ishlaydigan odam uchun juda foydali. Masalan, bu yerda komanda yig'ish, odamlarni o'stirish, ular qiladigan ishga yoki harakatlariga to'g'ri fikr berish (feedback), biznesni tushunish, korporativ madaniyat va hokazolar haqida yozilgan.

Nisbatan soddaroq lavozimda ishlaydigan odamlar uchun bu boshlig'idan nima talab qilishni bilish, effektivroq ishlash uchun nimalar yetishmayotgani va qanaqa yordam berishni o'rganish uchun kerak.

https://github.com/tlbootcamp/tlroadmap

#boshqaruv
iOS oʻzbekcha klaviaturasida “oʻtish” (go, перейти) — “olgʻa”. “Tayyor” esa (Done, Готово) — “Bajarildi”.

#apple
Abdulla Qodiriy parkida qurilayotgan mehmonxona haqida

Kun.uz nashri Toshkent shahar hokimligiga asoslanib yozishicha, Abdulla Qodiriy parkining ichida mehmonxona qurilarkan: https://youtu.be/61YblxFxILA

Menimcha, bu o'ta axmoqona qaror. Mehmonxona ixtiyoriy joyda boʻlishi mumkin: hokimlikda ishlaydigan va shu yechimni qabul qilgan masʼul shaxslarning mahallasida, yangi qurilayotgan biror turar-joy oʻrnida, yoki eski Chorsu mehmonxonasida. Lekin shaharda yashaydigan odamlarga tegishli boʻlgan umumiy joyni olib biznesga berish juda ham kutilmagan va kalta oʻylangan qaror.

Odamlar uchun sayr qiladigan, dam oladigan, oʻzlarini yaxshi his qiladigan yashil hududlarni koʻpaytirish lozim. Shu mehmonxona oʻrniga attraksionlarsiz biror kichik bogʻ bilan favvora qoʻyilishi shu atrofda yashaydigan odamlarga ancha yordam bergan boʻlardi. Mehmonxona sifatida xususiy hududga aylantirish Abdulla Qodiriy koʻchasidagi tirbandlikni yanada murakkablashtiradi.

Hokimiyat biror qaror chiqarishdan oldin aholi fikrini ham oʻrgansa yaxshi boʻlardi. Masalan, Abdulla Qodiriy parkining qayta qurish boʻyicha eʼlon qilingan loyihaga qoldirilgan fikrlarni oʻqib koʻrish mumkin. Yoki xuddi shu mehmonxona qurish haqidagi yechimni Facebookʼdagi muhokamasi: https://www.facebook.com/Toshkenthokimligi/videos/956674771337384/

Qiziq holat: shu videoning oʻzbekchasi qoʻyilgan postda birorta ham fikr yozilmagan...

Shu yerda Stiv Jobsning bir qiziq gapini keltirmoqchiman:

I have my own theory about why the decline happens at companies like IBM or Microsoft. The company does a great job, innovates and becomes a monopoly or close to it in some field, and then the quality of the product becomes less important. The product starts valuing the great salesmen, because they're the ones who can move the needle on revenues, not the product engineers and designers. So the salespeople end up running the company.
Steve Jobs: When salespeople run tech giants it's over

Qoʻlbola tarjimasi:

IBM yoki Microsoft kabi kompaniyalarda nega qulash roʻy berishi boʻyicha mening nazariy fikrim bor. Kompaniya zoʻr ish va innovatsiyalar qilyapti va biror sohada monopoliyaga aylanyapti (yoki shunga yaqin), keyin mahsulot sifatining muhimligi kamayadi. Mahsulot buyuk sotuvchilarni qadrlashni boshlaydi, chunki ular daromadni oldinga suruvchilardir, mahsulot injenerlari va dizaynerlaridan farqli ravishda. Shunday qilib sotuvchilar kompaniyani oʻldiradi.

Shahar ham bir mahsulot, startap. Shu yerda yashaydigan aholi esa uning foydalanuvchilari va mijozlaridir.

#shahar @FarLives 🌀