“FARG‘ONA HETK” AJ
1.98K subscribers
23.1K photos
2.64K videos
4 files
8.2K links
"Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJning Telegram tarmog‘idagi rasmiy sahifasi Связь с админом @Farhetk_admin

instagram https://www.instagram.com/fargona_hetk_aj?igsh=MWVxbmZ3eDBjaDU5NA==
Download Telegram
BARCHA BIRDEK MAS'UL

O’zbekiston tuman elektr ta'minoti korxonalarida mexnat qilayotgan ishchi hodimlar o‘rtasida navbatdan tashqari yo‘riqnoma o‘tkazildi.

O‘tkazilgan yo‘riqnomada eng avvalo barcha turdagi himoya vositalarining butligi, sozligi, ularning amal qilish muddati ko‘rikdan o‘tkazildi.

Bundan tashqari, barcha elektromontyorlar ish jarayonlarida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari, buning uchun esa barcha ishchi xodimlar birdek mas'ulligi ta'kidlandi.

t.me/farhetk_admin
YANGI TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

Farg'ona tumanining "Yangi yo'l" mahallasi hududidagi elektr tarmoqlarini yangilash hamda modernizatsiya qilish ishlari boshlandi.

Hududga loyiha asosida yetkazilgan yangi temir-beton tayanchlarini o’rnatish ishlari bajarilmoqda.

t.me/farhetk_admin
#jarayon

FAYZOBOD PODSTANSIYASIDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Oltiariq hamda Qo'shtepa tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 35/10 kVli "Fayzobod" podstansiyasi mutaxassislar tomonidan joriy ta'mirlanmoqda.

Podstansiyadan chiquvchi uzatmalarning chiqish qismlari, mavjud kuch transformatorlari to'liq ko'rikdan o'rkazilib bo'yoqlash, sozlash va albatta ishlash ko'rsatkichlarini meyorlashtirish ishlari bajarilmoqda.

Ta'mirlash
ishlari, mazkur qurilmalarni uzoq vaqt sizfatli va soz holatda xizmat qilishini ta'minlaydi.

t.me/farhetk_admin
#fakt

YANA BIR MUROJAAT IJOBIY YECHIM TOPDI

O’zbekiston tumanining “Bog’i Eram” mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqarolar tomonidan mahlla hududidagi mavjud tayanchni soz holatga keltirish hamda xavfsiz hududga ko’chirish yuzasidan jamiyatga yo’llagan murojaati ijobiy yechim topdi.

Mutaxasislar tomonidan mavjud tayanch xavfsiz hududga ko’chirilib, elektr uzatish tarmog’i soz holatga keltirildi.

t.me/farhetk_admin
KENG KO‘LAMLI NOSOZLIKLARNI OLDINI OLISH MAQSADIDA ZARURIY CHORALAR KO‘RILMOQDA

So‘ngi ikki-uch kun mobaynida elektr energiyasiga bo‘lgan talab keskin ortdi. Bu o‘z navbatida issiq havoda ishlab turgan kuch transformatorlari hamda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida yuklamani ortishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu sababli, kunning issiq va energiya iste’moli yuqori bo‘lgan vaqtlarida hududlardagi ayrim uzatmalarda qisqa muddatga elektr energiyasini yetkazib berilishida uzilishlar kuzatilmoqda.

Bundan tashqari jamiyatimiz tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida belgilangan reja asosida hududlardagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda podstansiyalarda joriy va mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

Ta’mirlash jarayonida elektr ta’minotidan o‘chiriladigan hududlar jamiyatimizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallari orqali muntazam iste’mochilarga yetkazilmoqda.

O‘z o‘rnida ta’mirlash hamda qisqa muddatli uzilish vaqtida keltirilgan noqulayliklar uchun iste’mochilardan uzr so‘raymiz!

Zero, jamiyatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan barcha sai-xarakatlar iste’mochilarni sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.


“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
🌤Ob-havo ma'lumoti!

Assalomu alaykum!


Bugun, 14-iyul haftaning juma kuni.

Boshlanayotgan yangi kun barchaga omadli va hayrli bo‘lsin!

t.me/farhetk_admin
#tezkor
#14_07_2023

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH MAQSADIDA HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI

FARG‘ONA SHAHAR


Bugun, soat 09:00dan 14:00ga qadar Farg‘ona shahrining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Sakkokiy" podstansiyasidan chiquvchi "Yormozor" uzatmasida ta'mirlash ishlari olib boriladi.

BOG‘DOD TUMANI

Bugun, soat 09:00dan 17:00ga qadar Bog‘dod tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Samandarak", hamda "Yoshlik" podstansiyalarida ta’mirlash ishlari bajariladi;

QUVA TUMANI

Bugun, soat 08:00dan 16:00ga qadar Quva tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-BT" elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlari bajariladi;

FARG‘ONA TUMANI

Bugun, soat 09:00dan 17:00ga qadar Farg‘ona tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Oqtom" podstansiya ta’mirlash ishlari bajariladi;

DANG‘ARA TUMANI

Bugun, soat 09:00dan 17:00ga qadar Dang‘ara tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Xodja" podstansiya ta’mirlash ishlari bajariladi;

O‘ZBEKISTON TUMANI

Bugun, soat 09:00dan 17:00ga qadar O‘zbekiston tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Chinor" podstansiya ta’mirlash ishlari bajariladi;

Hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!

"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
#Bilasizmi

Elektr energiyasini tejash

- Bilasizmi, televizor, magnitofon va boshqa audiotizim jihozlari kutish rejimida soatiga o‘rtacha 10 vatt va oyiga o‘rtacha 7,3 kVt⋅soat elektr energiyasini sarflaydi. Ularni tarmoqdan to‘liq uzib qo‘yish lozim.

#А_знаете_ли_вы

Экономия электрической энергии

- А знаете ли вы, что телевизор, аудио система, магнитофон, в режиме ожидания, потребляет в среднем 10 ватт в час и за месяц в среднем 7,3 кВт⋅час. Их необходимо полностью отключать из сети.

t.me/farhetk_admin
Elektr energiyasini qanday tejash mumkin

— Odatda, ochiq rangli devorlar yoki ochiq rangli oboylar bo‘lgan xonalar to‘q rangli xonalarga qaraganda kamroq yoritishni talab qiladi. Buni keyingi ta’mirlash vaqtida hisobga olish mumkin. Bundan tashqari, oq rangli pardalardan foydalanish yaxshiroqdir.

— Sovutgichni gaz plitasi yoki isitish radiatori yoniga o‘rnatmang. Bu muzlatgichning elektr energiyasi iste’molini 20-30 foizga oshiradi.

— Kam quvvat iste’molli va yuqori energiya samaradorligi bo‘lgan “A”, “A +”, “A ++” yoki “A +++” maishiy texnika va elektron jihozlarni sotib oling.

t.me/farhetk_admin
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг Ўзбекистон Республикаси сайланган Президентининг лавозимига киришишига бағишланган қўшма мажлиси бошланди. Тантанали маросимни "O`zbekiston 24" телеканалида ва қуйидаги ҳаволалар орқали жонли эфирда томоша қилинг:

Youtube

Facebook

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tantanali qasamyod qilib, o‘z lavozimiga kirishdi.


Shavkat Mirziyoyev Prezident saylovi yangilangan Konstitusiyamiz asosida o‘tkazilgani unga chinakam xalqchil ruh va mazmun bag‘ishlaganini ta’kidladi.


"Olijanob va bag‘rikeng xalqimiz menga yana bir bor katta ishonch bildirib, buyuk Vatanimiz taqdiri uchun butun mas’uliyatni o‘z zimmamga olish imkonini berganini shu hayajonli lahzalarda yanada chuqur anglab, qalbim cheksiz g‘urur va iftixor tuyg‘ulariga to‘lmoqda.


Shavkat Mirziyoyev uning nomzodini ilgari surgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining a’zolari va faollariga, u bilan hamfikr bo‘lib, nomzodini qo‘llab-quvvatlagan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakillariga, barcha tarafdorlari hamda ishonchli vakillariga tashakkur aytdi.
Shavkat Mirziyoyev saylov jarayonlari ishtirokchilariga minnatdorlik bildirdi.


Prezident xalqimizning yuksak ishonchi barchamizdan – deputat va senatorlar, vazir va hokimlar, davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlaridan, har bir yurtdoshimizdan belimizni yanada mahkam bog‘lab, avvalgidan ikki-uch karra ko‘proq g‘ayrat va shijoat bilan ishlashni talab etishini ta’kidladi.


"Islohotlarimizning ta’sirchanligi va bardavomligini ta’minlash uchun yo‘limizda uchrashi mumkin bo‘lgan barcha xavf-xatar, to‘siq va g‘ovlarni hisobga olishimiz va ulardan talafotsiz o‘tish choralarini ko‘rishimiz zarur.