“FARG‘ONA HETK” AJ
2.01K subscribers
23.4K photos
2.8K videos
4 files
8.48K links
"Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJning Telegram tarmog‘idagi rasmiy sahifasi Связь с админом @Farhetk_admin

instagram https://www.instagram.com/fargona_hetk_aj?igsh=MWVxbmZ3eDBjaDU5NA==
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rekord darajadagi 100 metrlik davlat bayrog‘i yurtimiz bo‘ylab kezib, barchaga g‘urur-iftixor bag‘ishlamoqda. Xorazmdan yo‘lga chiqqan davlat bayrog‘i dovonlar osha Qo‘qon shahriga yetib keldi.

t.me/farhetk_admin
#tezkor
#18_11_2024

HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI

FARG’ONA TUMANI


Bugun, soat 09:00dan 17:00ga qadar Farg’ona tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi “Chimyon” podstansiyasida ta'mirlash ishlari bajariladi;

QUVA TUMANI

Bugun, soat 09:00dan 17:00ga qadar Quva tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Navro‘z" podstansiyasida ta'mirlash ishlari bajariladi;

DANG’ARA TUMANI

Bugun, soat 09:00dan 17:00ga qadar Dang’ara tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi “Raxmatullo” podstansiyasida ta'mirlash ishlari bajariladi;

YOZYOVON TUMANI

Bugun, soat 09:00dan 17:00ga qadar Yozyovon tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Yozyovon" podstansiyasida ta'mirlash ishlari bajariladi;

BAG‘DOD TUMANI

Bugun, soat 09:00dan 17:00ga qadar Bag‘dod tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Yoshlik" podstansiyasida ta'mirlash ishlari bajariladi;

RISHTON TUMANI

Bugun, soat 09:00dan 17:00ga qadar Rishton tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Bo‘djay" podstansiyasida ta'mirlash ishlari bajariladi;

QO’SHTEPA TUMANI

Bugun, soat 09:00dan 17:00ga qadar Qo’shtepa tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Qoraqushchi" elektr uzatish tarmog‘ida hamda "Qoraqushchi" podstansiyasida ta'mirlash ishlari bajariladi;

OLTIARIQ TUMANI

Bugun, soat 09:00dan 17:00ga qadar Oltiariq tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Oltiariq" podstansiyasida ta'mirlash ishlari bajariladi;

BUVAYDA TUMANI

Bugun, soat 09:00dan 17:00ga qadar Buvayda tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Sanobod" hamda "Mulkobod" podstansiyalarida ta'mirlash ishlari bajariladi;

BESHARIQ TUMANI

Bugun, soat 09:00dan 17:00ga qadar Beshariq tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Uzumzor" podstansiyasida ta'mirlash ishlari bajariladi;

TOSHLOQ TUMANI

Bugun, soat 09:00dan 17:00ga qadar Toshloq tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Xonariq" podstansiyasida ta'mirlash ishlari bajariladi;

O‘ZBEKISTON TUMANI

Bugun, soat 09:00dan 17:00ga qadar O‘zbekiston tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Konizar" podstansiyasida ta'mirlash ishlari bajariladi;

Hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!

"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bayram_tabrigi

18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun.

t.me/farhetk_admin
#bayram_tabrigi

Assalomu alaykum, Aziz vatandoshlar!


🇺🇿 Bugun vatanimiz bayrog‘i qabul qilingan kun!

1991-yil 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.

Dunyo uzra mustaqil O‘zbekistonning bayrog‘i hilpiray boshlaganiga 33 yil to‘ldi.

Bayram munosabati bilan "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ rahbariyati hamda korxonamizning barcha jamoasi nomidan barcha yurtdoshlarimizni chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz.

Milliy bayrog‘imiz - mamlakatimiz suverenitetining oliy ramzi bo‘lib, xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli sifatida namoyon bo‘ladi.

Davlatimiz bayrog‘i – o‘tmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsolidir.

Aziz yurtdoshlar! O‘zbekistonimiz bayrog‘i ham yurtimizda yashovchi 130 dan ziyod millat va elatlarni yagona maqsad va g‘oya ostida birlashtiruvchi muqaddas qadriyat, millatlararo totuvlik belgisidir.

Barchangizni ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasi hisoblangan davlatimiz bayrog‘i qabul qilingan kun bilan yana bir bor samimiy qutlaymiz!

Yurtimiz doimo tinch, xonadonlarimiz obod bo'lsin!

Bayrog‘imiz yuksak marralarda hilpirayversin!

Bayram muborak bo‘lsin!

“Farg‘ona HETK” AJ Bosh direktori Azizbek Saydaliyev Rasuljonovich
Birozdan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangi tarkibdagi birinchi majlisi boshlanadi.

Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.


—————

Скоро
начнется первое заседание Законодательной палаты Олий Мажлиса в новом составе.

В нем примет участие и выступит Президент Шавкат Мирзиёев.


t.me/farhetk_admin
#mening_bayrogim_33_yoshda

«Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ jamoasi tomonidan 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan «BAYROG’IMIZ – G’URURIMIZ, ORIMIZ!» shiori ostida chellenj oʻtkazildi.

t.me/farhetk_admin
MUQADDASDIR VATAN, BAYROG’I!

Bugun, “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ jamoasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda xodimlar va yoshlar ishtirok etib, davlat bayrog‘ining qadr-qimmati, uning xalqimiz hayotida tutgan o‘rni va tarixiy ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Davlat bayrog‘i mustaqillik va suverenitetimizning yorqin timsolidir. U nafaqat xalqimiz g‘ururi, balki Vatanimizning xalqaro miqyosdagi mavqeini belgilovchi ramzlardan biridir. Ushbu kunni nishonlash har birimizga davlatimiz bayrog‘iga hurmat va sadoqat ko‘rsatish vazifasi ekanligi ta’kidlandi.

Mazkur davra suhbati “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ jamoasining Vatan ramzlariga bo‘lgan chuqur ehtiromi va hurmatini yana bir bor namoyish etdi. Shu kabi tadbirlar nafaqat xodimlarning milliy g‘ururini mustahkamlash, balki jamiyatdagi birlik va birdamlikni yuksaltirishga xizmat qiladi.

t.me/farhetk_admin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#energetika_xavfsizligi_oyi

Maxsus reportaj | Vazifa va ijro: kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik

Bag’dod tumanida Energetika xavfsizligi oyligi doirasida mas'ul tashkilotlar hamkorligida o'tkazilgan o'quv-seminari bo’lib o’tdi.

t.me/farhetk_admin
TANGANING IKKINCHI TOMONI...!

t.me/farhetk_admin
TANGANING IKKINCHI TOMONI

So’ngi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali Quva tumanining “Mo’ydin Xasanov” mahalla fuqarolar yig’inidan elektr ta’minotiga oid ko’plab murojaatlarga asosan quyidagilarni ma’lum qilamiz!

Quva tuman elektr ta'minoti korxonasi tomonidan mavsumni betalofat o‘tkazish yuzaga kelgan nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish uchun tezkor chiqish brigadalari tashkil qilingan.

Navbatchilik xonasini "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan 24 soat nazorat qilish uchun (video tasvirni ovozli yozib olish imkoniyatiga ega) kamera qurilmasi o‘rnatilgan.

Jamiyat rahbariyati tomonidan murojaatda e’tiroz bildirilgan xodimlarga tegishli tushuntirishlar berildi va ogohlantirildi.

Savol: Mahallaning elektr ta'minotida ilgari bu darajada ko‘p kuzatilmagan nosozlik nega endi ko‘payib ketdi?

Murojaatda keltirib o’tilgan mahalla hududi 10-sonli tranformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

So’ngi kunlarda mazkur transformator punkti quvvat me’yori mavsumda kuzatilishi mumkin bo’lgan ko’rsatgichdan ham 1,5 barobarga ortib ketgan.

So’ngi ikki kun mobaynida 4-5 marotaba mutaxassislar tomonidan yuzaga kelgan nosozlik to’liq bartaraf etilgan lekin kuchlanish pasayishi, tarmoqning bir qismi uzilish holatlari kuzatilavergan va Quva tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan transformator punktidan elektr energiyasi bilan ta’minlangan iste’molchilarni ko’rikdan o’tkazish ishlari REYD tashkil qilingan.

Ming afsuski ayni vaqtda o’tkazilayotgan reyd davomida mahallaning bitta ko’chasidan 4 ta noqonuniy holat aniqlangan.

Hurmatli iste’molchilar!

Energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning!

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari hamda “Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari” AJ va viloyatimizdagi barcha shahar, tuman elektr ta’minoti korxonalari tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

Shuni unutmangki, energoresurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi ta’minlanadi.

t.me/farhetk_admin
#yashil_energiya

Tahlilnoma
: Tarixiy voqelik – O‘zbekiston Yevropaga “yashil” energiya eksport qiladi. Energetika vaziridan eksklyuziv ma’lumotlar.

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YOZYOVONDA ELEKTR TA'MINOTI YAXSHILANMOQDA

Batafsil, "Sevimli" telekanalining "Zamon" yangiliklar dasturi orqali efirga uzatilgan mazkur lavhadan tanishib olishingiz mumkin.

t.me/farhetk_admin