“FARG‘ONA HETK” AJ
4.81K subscribers
29.6K photos
4.11K videos
4 files
11.6K links
Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali

🔧 Elektr ta’minoti
🛠 Ta’mirlash ishlari
📢 Rejalashtirilgan uzilishlar
📰 Yangiliklar

📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Download Telegram
YANGI TARMOQ FOYDALANISHGA TOPSHIRILMOQDA

O’zbekiston tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Dahanaqaqir” mahalla fuqarolar yigʼini hududida joylashgan 64–sonli transformator punktida yangi tortilgan 10 kVli elektr uzatish tarmog’ini yakuniy montaj qilish ishlari bajarilmoqda.

Tez orada mazkur loyiha yakuniga yetkazilib, hududdagi iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanadi.

“Farg’ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
OROL QISHLOG‘IGA TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

Avvalroq Dang‘ara tumanining "Orol" qishlog‘iga "Obod qishloq" dasturi asosida yangi temir-beton tayanchlari yetkazilganligi tog’risida xabar bergan edik.

Ayni kunlarda Dang’ara tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan hududga yetkazilgan tayanchlarni o’rnatish ishlari boshlab yuborildi.

Loyihaga ko‘ra, hududga 1 dona yangi transformator punkti o‘rnatish, 0,2 km uzunlikda 10 kVli, 2,2 km uzunlikda 0,4 kVli yangi elektr uzatish tarmog‘i qurilishi rejalashtirilgan.

“Farg’ona HETK” AJ
matbuot xizmati
"OYBEK" PODSTANSIYASIDAGI NOSOZLIK BARTARAF ETILMOQDA

Farg‘ona shahrini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/35/6 kVli “Oybek” podstansiyasida nosozlik yuzaga kelib avariyali holatda o‘chirilgan.

Shu sababli, Farg‘ona shahrining “Shakarqishloq”, “Sh.Rashidov”, “Oqariq”, “Farg‘ona”, “Parvoz”, “Nafosat”, “Nodirabegim”, “Sohibkor”, “A.Navoiy”, “Yoshlik”, “Ma'rifat”, “O‘rmonchilar”, “Ma’shal” hamda “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlari hamda Farg‘ona tumanining “Afrosiyob”, “O‘rmonchilar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarida vaqtincha elektr energiyasini yetkazib berish to‘xtatilgan.

Ayni vaqtda yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilayotganligini ma'lum qilamiz.

Avariyali uzilish vaqtida keltirilgan noqulaylik uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz.

"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
NOSOZLIK BАRTАRАF ETILMOQDA

Qo'qon shahar elektr taʼminoti korxonasi tomonidan joylarda yuzaga kelgan avariyali uzilishlar, nosozliklarni bartaraf etish boʼyicha oʼz vaqtida, tezkorlik bilan xavfsiz ish tashkil etgan holda tegishli choralar koʼrib kelinmoqda.

Kelib tushgan murojaatlarning har biri to’liq nazoratga olinib yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish choralari koʼrilmoqda.

Ayni vaqtda shaharning “Isfara guzari” mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 420 hamda 342–sonli transformator punktlari orasidagi 6 kVli kabel tarmog’ida yuza kelgan nosozlik bataraf etish ishlari bajarilmoqda.

"Farg'ona HETK" AJ
matbuot xizmati
BO’STONGA YANGI TARMOQ TORTILMOQDA

Quvasoy shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan shaharning “Bo’ston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlarini o‘rnatish, kabel tortish ishlari olib borilmoqda.

Hududda amalga oshirilayotgan barcha sa'y–harakatlar barcha turdagi iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
.
QUVA TUMANIDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH VA MODERNIZATSIYA QILISH ISHLARI BAJARILMOQDA

Quva tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Guliston” hamda “Bolalik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarida joylashgan 95 hamda 145–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga loyiha bo’yicha yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish, 0,4 kVli yangi elektr uzatish tarmoqlari uchun kabel tortish ishlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
FARG'ONA SHAHRI HAMDA QISMAN FARG'ONA TUMANLARINI ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA'MINLOVCHI "OYBEK" PODSTANSIYASIDAGI NOSOZLIKNI BARTARAF ETISH JARAYONI!