“FARG‘ONA HETK” AJ
4.82K subscribers
29.6K photos
4.1K videos
4 files
11.6K links
Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali

🔧 Elektr ta’minoti
🛠 Ta’mirlash ishlari
📢 Rejalashtirilgan uzilishlar
📰 Yangiliklar

📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Download Telegram
“TASHABBUS” KO’CHASIGA YANGI KABEL TORTILMOQDA

Farg’ona shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan shaharning “Nafosat” mahalla fuqarolar yig‘ini “Tashabbus” ko’chasidagi iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari yakuniga yetkazilib, kabel tortish ishlari boshlab yuborildi.

Hududda amalga oshirilayotgan barcha sa'y–harakatlar, barcha turdagi iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
10 KVLI YANGI TARMOQ TORTILMOQDA

Furqat tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Chilgijiyda” mahalla fuqarolar yigʼini hududida joylashgan 56–sonli transformator punktiga qo’shimcha yangi o’rnatilgan transformator puntiga 10 kVli yangi elektr uzatish tarmogʼi tortilmoqda.

Tez orada mazkur loyiha yakuniga yetkazilib, hududdagi iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanadi.

“Farg’ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
QO’QONDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Qo’qon shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan shaharning “Noib ko’prigi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 111–sonli transformator punkti hududida kabel tortish ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan “Yangi Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ham temir–beton tayanchlarini ko’chirish ishlari ham bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
BUVAYDA TUMANIDA MUKAMMAL HAMDA JORIY TA’MIRLASH ISHLARI BAJARILMOQDA

Buvayda tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan joriy yil uchun belgilangan elektr uzatish tarmoqlarini joriy hamda mukammal ta’mirlash rejasiga asosan, amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Hususan, 269–sonli transformator punktidan chiquvchi 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmog‘ini daraxt shohlaridan tozalash, salqi simlar tarangligini tortish, tayanchlarni tik va soz holatga keltirish hamda nosoz elektr qurilmalarini yangisiga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bu bilan, tumanning “Qo‘ng‘irot” MFY hududidagi iste’molchilarning elektr ta’minoti sifati yaxshilashga erishiladi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
ISTE’MOLCHILAR YANGI TARMOQQA ULANMOQDA

Rishton tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan bugungi kunda iste’molchilarning elektr tarmoqlarini yangilash va ularga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish borasida tumanning “Qayrag’och” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 33–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanuvchi iste’molchilarni hududga yangi qurilgan elektr tarmoqlariga ulash ishlari bajarilmoqda.

Bu kabi amaliy ishlar natijasida hududlardagi 100 dan ortiq iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanadi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
YANGI TARMOQ FOYDALANISHGA TOPSHIRILMOQDA

O’zbekiston tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Dahanaqaqir” mahalla fuqarolar yigʼini hududida joylashgan 64–sonli transformator punktida yangi tortilgan 10 kVli elektr uzatish tarmog’ini yakuniy montaj qilish ishlari bajarilmoqda.

Tez orada mazkur loyiha yakuniga yetkazilib, hududdagi iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanadi.

“Farg’ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
OROL QISHLOG‘IGA TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

Avvalroq Dang‘ara tumanining "Orol" qishlog‘iga "Obod qishloq" dasturi asosida yangi temir-beton tayanchlari yetkazilganligi tog’risida xabar bergan edik.

Ayni kunlarda Dang’ara tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan hududga yetkazilgan tayanchlarni o’rnatish ishlari boshlab yuborildi.

Loyihaga ko‘ra, hududga 1 dona yangi transformator punkti o‘rnatish, 0,2 km uzunlikda 10 kVli, 2,2 km uzunlikda 0,4 kVli yangi elektr uzatish tarmog‘i qurilishi rejalashtirilgan.

“Farg’ona HETK” AJ
matbuot xizmati