“FARG‘ONA HETK” AJ
4.82K subscribers
29.6K photos
4.1K videos
4 files
11.6K links
Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali

🔧 Elektr ta’minoti
🛠 Ta’mirlash ishlari
📢 Rejalashtirilgan uzilishlar
📰 Yangiliklar

📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Download Telegram
JORIY HAMDA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI BAJARILMOQDA

Marg’ilon shahar elektr ta’minoti korxonasi ishchi–xodimlari tomonidan joylarda elektr uzatish tarmoqlarini joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Shaharning “Bobur” mahalla fuqarolar yig‘ini hududini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr uzatish tarmoqlari va elektr qurilmalarini joriy ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

Xususan, mutaxassislar tomonidan elektr uzatish tarmoqlarini daraxt shohlaridan tozalash, salqi simlar tarangligini tortish, tayanchlarni tik va soz holatga keltirish hamda nosoz elektr qurilmalarini sozlash ishlari olib borilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
BO’STONGA YANGI TARMOQ TORTILMOQDA

Quvasoy shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan shaharning “Bo’ston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlarini o‘rnatish, kabel tortish ishlari olib borilmoqda.

Hududda amalga oshirilayotgan barcha sa'y–harakatlar barcha turdagi iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmat
SOYBO’YIGA YANGI TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

Farg’ona shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan shaharning “Soybo’yi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 19–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga loyiha bo’yicha yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish ishlari boshlandi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
“TASHABBUS” KO’CHASIGA YANGI KABEL TORTILMOQDA

Farg’ona shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan shaharning “Nafosat” mahalla fuqarolar yig‘ini “Tashabbus” ko’chasidagi iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari yakuniga yetkazilib, kabel tortish ishlari boshlab yuborildi.

Hududda amalga oshirilayotgan barcha sa'y–harakatlar, barcha turdagi iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
10 KVLI YANGI TARMOQ TORTILMOQDA

Furqat tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Chilgijiyda” mahalla fuqarolar yigʼini hududida joylashgan 56–sonli transformator punktiga qo’shimcha yangi o’rnatilgan transformator puntiga 10 kVli yangi elektr uzatish tarmogʼi tortilmoqda.

Tez orada mazkur loyiha yakuniga yetkazilib, hududdagi iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanadi.

“Farg’ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
QO’QONDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Qo’qon shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan shaharning “Noib ko’prigi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 111–sonli transformator punkti hududida kabel tortish ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan “Yangi Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ham temir–beton tayanchlarini ko’chirish ishlari ham bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
BUVAYDA TUMANIDA MUKAMMAL HAMDA JORIY TA’MIRLASH ISHLARI BAJARILMOQDA

Buvayda tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan joriy yil uchun belgilangan elektr uzatish tarmoqlarini joriy hamda mukammal ta’mirlash rejasiga asosan, amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Hususan, 269–sonli transformator punktidan chiquvchi 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmog‘ini daraxt shohlaridan tozalash, salqi simlar tarangligini tortish, tayanchlarni tik va soz holatga keltirish hamda nosoz elektr qurilmalarini yangisiga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bu bilan, tumanning “Qo‘ng‘irot” MFY hududidagi iste’molchilarning elektr ta’minoti sifati yaxshilashga erishiladi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati