“FARG‘ONA HETK” AJ
4.83K subscribers
29.6K photos
4.1K videos
4 files
11.6K links
Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali

🔧 Elektr ta’minoti
🛠 Ta’mirlash ishlari
📢 Rejalashtirilgan uzilishlar
📰 Yangiliklar

📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Download Telegram
BESHARIQDA YANGI KABEL TARMOG’I TORTILMOQDA

Beshariq tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Sho’r” hamda “Qiyali” mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarida elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga yangi temir–beton tayanchlari o’rnatilib, kabel tarmog‘ini tortish ishlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
“MA’SHAD” MAHALLASINING ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA

Uchko’prik tuman elektr ta'minoti korxonasi tomonidan tumannining “Ma’shad” mahalla fuqarolar yig‘inidagi elektr uzatish tarmoqlari yangilanmoqda.

Mahalla hududiga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlari o’rnatilmoqda.

Mazkur loyiha bilan, hududdagi 100 dan ortiq xonadonning elektr ta’minoti yaxshilash rejalashtirilgan.

“Farg’ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
YANGI TEMIR–BETON TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

Qirguli elektr ta’minoti korxonasi tomonidan Farg’ona shahrining “Beklar” mahallalarini hududida joylashgan 529–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish ishlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
O‘zbekiston, Beshariq hamda Furqat tumanlarining ayrim hududlarining elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
O‘zbekiston, Beshariq hamda Furqat tumanlari ayrim hududlarining elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

110 kVli "Л-ЯУЗ" yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishning oldini olish maqsadida bugun soat 10:00dan 16:00ga qadar xavfsiz ish tashkil etish sababli vaqtincha elektr ta’minotidan o’chirildi.

Natijada, 35 kVli “Qudash”, “Navbahor”, “Sho’rsuv” yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlaridan ta’minlanuvchi Beshariq hamda Furqat tumanlarining ayrim hududlari, O‘zbekiston tumanining “Pastqo’riq”, “Na’muna”, “Beruniy”, “Elchi”, “Islom”, “Kichik Oqmasjid”, “Katta Oqmasjid”, “Bozor Yaypan”, “Obod qishloq”, “Karimobod”, “Dahanaqaqir”, “Oyimchaqaqir”, “Qayquobod”, “Tuyul”, “Qo’shqo’noq”, “Bo’ston”, “Yangi Yaypan”, “Sho’rsuv”, “Kattatagob”, “Kichiktagob”, “Begobod”, “Nursux”, “Buzuqqo’rg’on”, “Qo’rg’oncha”, “Uchbilak”, “Ziyo Nursux”, “Zinasha” hamda “O’rmonobod” mahalla fuqarolar yig’inlari hududlarida vaqtincha elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

Vujudga kelgan nosozlikning oldini olish, tezkorlik bilan bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilib, hududlarda Tezkor chiqish brigadalari faoliyat olib bormoqda.

Tez orada yuzaga kelgan avariyaning oldini olish, nosozlikni bartaraf etish choralari yakuniga yetkazilib, mazkur hududlarga elektr energiyasi yetkazib berilishi ta'minlanadi.

Avariyaning oldini olish vaqtida keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
DOIMO XAVFSIZ ISH TASHKIL ETISH LOZIM

«Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tomonidan tegishli bo‘lim, xizmatlar hamda shahar, tuman elektr ta’minoti korxonalaridagi barcha brigada a’zolari har kuni, xar bir ish kuni avvalida mahsus yo‘riqnomadan o‘tkaziladi.

O‘tkazilayotgan bu kabi yo‘riqnomalar davomida, eng avvalo ishchi–hodimlarni salomatligi, sog‘lig'i, shu bilan bir qatorda barcha turdagi himoya vositalarining to‘liqligi, butligi va o‘z navbatida ularning amal qilish muddatlari ko‘zdan kechirildi.

Ko‘rik davomida mutahassislar tomonidan ishchi–hodimlarga ish jarayonlarida foydalanishdan oldin har bir himoya vositalarini tekshirishlari hamda doimiy xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etishlari tushuntirib o‘tildi.

Bu kabi o‘tkazilayotgan ko‘rik tadbirlari, ishchi–xodimlarni ish jarayonlarida xavfsiz ish tashkil etishlari, doimiy xushyor ishlarini ta’minlash bilan bir qatorda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarni oldini olishga qaratilgan.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
ELEKTR QURILMALARNING SOZLIGI DOIM NAZORAT OSTIDA

Joriy yil boshida “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan ishlab chiqilgan chora–tadbirlar yuzasidan hududlarda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini, podstansiyalar hamda maxsus elektr qurilmalarni joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan.

Qo'qon shahar elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan ajratkichlarning sozligini tekshirish, nosoz elektr qismlarni sozlash ishlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
.
“YO’LDOSH SOYBO’YI” KICHIK SANOAT ZONASIGA 10 KVLI ELEKTR UZATISH TARMOG’I TORTILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muxandislik kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5101-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida "Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan har bir tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalarining elektr ta’minoti barqarorligi va sifati to’liq o’rganib chiqildi va qurilish ishlariga kirishildi.

Хususan, Marg’ilon shahrida tashkil etilayotgan “Yo’ldosh Soybo’yi” kichik sanoat zonasi hududidagi tadbirkorlarni sifatli elektr energiya bilan ta’minlash maqsadida yangi 10 kVli elektr uzatish tarmog’ini tortish ishlari olib borildi.

Hududga loyiha asosida olib kelingan 2 dona har birining quvvati 630 kVA bo’lgan transformator punktlari o’rnatildi.

"Farg'ona HETK" AJ
matbuot xizmati.