“FARG‘ONA HETK” AJ
4.83K subscribers
29.6K photos
4.1K videos
4 files
11.6K links
Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali

🔧 Elektr ta’minoti
🛠 Ta’mirlash ishlari
📢 Rejalashtirilgan uzilishlar
📰 Yangiliklar

📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Download Telegram
QUVA TUMANIDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH VA MODERNIZATSIYA QILISH ISHLARI BAJARILMOQDA

Quva tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Guliston” hamda “Bolalik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarida joylashgan 95 hamda 145–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga loyiha bo’yicha yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish, 0,4 kVli yangi elektr uzatish tarmoqlari uchun kabel tortish ishlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
YANGI TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

Farg’ona tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Oqariqobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga yangi elektr uzatish tarmog’ini qurish ishlari bajarilmoqda.

Loyiha bo’yicha yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish ishlari boshlandi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
BESHOG’ADA MODERNIZATSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Furqat tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Beshog’a” mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan 209–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish, yangi elektr uzatish tarmog’i uchun kabel tortish ishlari olib borilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
JORIY HAMDA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI BAJARILMOQDA

Farg’ona shahar elektr ta’minoti korxonasi ishchi–xodimlari tomonidan joylarda elektr uzatish tarmoqlarini joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Shaharning “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr uzatish tarmoqlari va elektr qurilmalarini joriy ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

Xususan, mutaxassislar tomonidan elektr uzatish tarmoqlarini daraxt shohlaridan tozalash, salqi simlar tarangligini tortish, tayanchlarni tik va soz holatga keltirish hamda nosoz elektr qurilmalarini sozlash ishlari olib borilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
OG’IR HUDUDLARNING ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

Farg’ona shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan shaharning “Nafosat” mahalla fuqarolar yig‘ini og’ir hududlar ro’yxatiga kiritilgan bo’lib, mazkur hududdagi iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida shu kunga qadar hududga olib kelingan yangi temir-beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Hududda amalga oshirilayotgan sa'y–harakatlar, barcha turdagi iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
YANA BIR MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI. UZOQ YILLIK MUAMMOGA CHEK QO’YILDI.

Farg‘ona viloyati, So'x tumani "Chumoqcha" mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan 8-sonli umumiy o‘rta maktab yangi qurib foydalanishga topshirilgan bo‘lib, mazkur maktab sport maydonchasi hududda avvaldan mavjud bo‘lgan 10 kVli elektr uzatish tarmoqlari ostida qurilgan edi.

BATAFSIL

“Farg’ona HETK” AJ
matbuot xizmati
ELEKTR QURILMALARNING SOZLIGI DOIM NAZORAT OSTIDA

Joriy yil boshida “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan ishlab chiqilgan chora–tadbirlar yuzasidan hududlarda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini, podstansiyalar hamda maxsus elektr qurilmalar joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan.

Farg‘ona shahar elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan ajratkichlarni sozligini tekshirish, nosoz elektr qismlarni sozlash ishlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
BO’STONGA YANGI TARMOQ TORTILMOQDA

Quvasoy shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan shaharning “Bo’ston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlarini o‘rnatish, kabel tortish ishlari olib borilmoqda.

Hududda amalga oshirilayotgan barcha sa'y–harakatlar barcha turdagi iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
.