“FARG‘ONA HETK” AJ
4.83K subscribers
29.6K photos
4.1K videos
4 files
11.6K links
Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali

🔧 Elektr ta’minoti
🛠 Ta’mirlash ishlari
📢 Rejalashtirilgan uzilishlar
📰 Yangiliklar

📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Download Telegram
YANGI 6 KVLI KABEL TARMOG’I QURILMOQDA

Qo'qon shahrining “Rayhon” mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 251–sonli transformator punktidan 276–sonli yangi o’rnatilgan transformator punkti oralig’iga 6 kVli yangi kabel tarmog’ini qurish ishlari bajarilmoqda.

Ma'lumot o‘rnida, boshlangan loyiha yakuni bilan mahalla hududining elektr ta’minoti yaxshilanadi.

"Farg'ona HETK" AJ
matbuot xizmati
ISTE’MOLCHILAR YANGI TARMOQQA ULANMOQDA

Marg’ilon shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan bugungi kunda iste’molchilarning elektr tarmoqlarini yangilash va ularga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish borasida shaharning “Navro’z” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 125–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanuvchi iste’molchilarni hududga yangi qurilgan elektr tarmoqlariga ulash ishlari bajarilmoqda.

Bu kabi amaliy ishlar natijasida hududlardagi 100 dan ortiq iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanadi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
YANGI TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

Farg’ona tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Oq oltin” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududdagi 418–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanuvchi iste’molchilar uchun yangi elektr uzatish tarmog’ini qurish ishlari bajarilmoqda.

Loyiha bo’yicha yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish ishlari boshlandi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
BOG‘ISTONDA YAKUNIY MONTAJ ISHLARI BAJARILMOQDA

Rishton tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Bog‘iston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizasiya qilish ishlari bajarilmoqda.

Jumladan, “Bog‘iston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 608–sonli transformatorga qo’shimcha o’rnatilgan yangi transformator punktini yakuniy montaj qilish ishlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
#jarayon

“ESKI YAYPAN” MAHALLASIGA YANGI TAYANCHLAR YETIB BORDI

O’zbekiston tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Eski Yaypan” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizasiya qilish ishlari boshlandi.

Jumladan, mahalla hududdidagi 473–sonli transformator punkti hududiga 10 kVli yangi elektr uzatish tarmoqlari uchun yangi temir–beton tayanchlari olib borildi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
BESHARIQNING “BESHSARI” MAHALLASIGA KABEL TARMOQ TORTILMOQDA

Beshariq tumanining “Beshsari” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida elektr uzatish tarmoqlari yangilanmoqda.

Hududda ayni vaqtda 0,4 kVli yangi elektr uzatish kabel tarmoqlari tortilmoqda.

Tez orada mazkur loyiha yakuniga yetkazilib, hududdagi iste’molchilarga foydalanish uchun topshiriladi.

“Farg’ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fargʼona viloyati Buvayda tumanida elektr taʼminotiga oid murojaatlar ijobiy hal etilmoqda.

Bu haqida “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi orqali efirga uzatilgan lavhadan tanishishingiz mumkin.

t.me/farhetk_admin