“FARG‘ONA HETK” AJ
4.84K subscribers
29.6K photos
4.09K videos
4 files
11.6K links
Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali

🔧 Elektr ta’minoti
🛠 Ta’mirlash ishlari
📢 Rejalashtirilgan uzilishlar
📰 Yangiliklar

📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Download Telegram
OROL QISHLOG‘IGA YANGI TAYANCHLAR OLIB BORILDI
BARCHASI INSON QADRI UCHUN:
"Orol" qishlog‘iga tayanchlar yetib bordi.

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani "Orol" qishlog‘ining elektr ta'minotini yaxshilash maqsadida "Obod qishloq" dasturi asosida hududga yangi temir-beton tayanchlari yetkazildi.

Mazkur qishloqning elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish maqsadida mutaxassislar tomonidan fuqarolar ishtirokida to‘liq qaytadan o‘rganib chiqildi.

Loyihaga ko‘ra, hududga 1 dona yangi transformator punkti o‘rnatish, 0,2 km uzunlikda 10 kVli, 2,2 km uzunlikda 0,4 kVli yangi elektr uzatish tarmog‘i qurilishi rejalashtirilgan.

- Erta tongda yumush bilan tuman markaziga borgandim. Uyga qaytsam, qishloqda montyorlar yuribdi. Keyin bilsam yangi stolbalar olib kelib, yangi liniya qurishni qishloqdoshlarim bilan maslahat qilishayotgan ekan. Biz ham mutaxassislarga takliflarimizni aytdik. Yangi tarmoqni xavfsiz, sifatli bo‘lishini bildik. Eng asosiysi ish boshlandi. Hammamiz xursandmiz. Murojaatimizni bee'tibor qoldirmagan barcha rahbarlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz", - deydi qishloq faoli Nazirali Rustamov.

Ma'lumot o‘rnida, boshlangan loyiha yakuni bilan qishloqning barcha hududida elektr uzatish tarmoqlari yaxshilanadi.

"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
YUZAGA KELGAN NOSOZLIKLAR OʼZ VАQTIDА BАRTАRАF ETILMOQDA

Qo'qon shahar elektr taʼminoti korxonasi tomonidan joylarda yuzaga kelgan avariyali uzilishlar, nosozliklarni bartaraf etish boʼyicha oʼz vaqtida, tezkorlik bilan xavfsiz ish tashkil etgan holda tegishli choralar koʼrib kelinmoqda.

Kelib tushgan murojaatlarning har biri to’liq nazoratga olinib yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish choralari koʼrilmoqda.

"Farg'ona HETK" AJ
matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
14 февраль — Заҳириддин Муҳаммад Бобур таваллуд топган кун

———
«…У турли фазилатлар билан безанган ва мақтовли хислатларга эга бўлган бир подшоҳ эди. Ушбу барча фазилатларидан шижоат ва муруввати устун турарди. Туркий шеърни Амир Алишердан кейин ҳеч ким Бобур ёзган даражада ёзган эмас».

Мирзо Муҳаммад Ҳайдар. «Тарихи Рашидий»дан.

———
«Бобур дилбар шахс эди. Уйғониш даврининг ажойиб султони, кучли, тадбиркор киши бўлиб, санъатни, адабиётни, гўзалликни севарди».

Жавоҳарлаъл Неру. «Ҳиндистоннинг кашф этилиши» китобидан.

———
«Бобур феълига кўра Цезарга қараганда севишга арзигуликдир. Унинг манглайига юксак фазилатли инсон деб битиб қўйилган».

Эдуард Холден, инглиз тарихчиси.

———
«Саховати ва мардлиги, истеъдоди, илм-фан, санъатга муҳаббати ва улар билан муваффақиятли шуғулланиши жиҳатидан Осиёдаги подшоҳлар орасида Бобурга тенг келадиган бирорта подшоҳ топилмайди».

Уильям Эрскин, «Бобурнома» таржимони.

▶️@minenergy_uz
▶️
@aoka_uz
Forwarded from MINENERGY.UZ
Сўнгги 5 йилда республика бўйича электр энергиясининг бир кунлик истеъмоли 44,3 фоизга ошди:

▪️2016 йилда республика бўйича электр энергиясининг ўртача кунлик истеъмол кўрсаткичи 142,1 миллион киловатт-соатни ташкил этган.

▪️2021 йилда эса бу кўрсаткич 205,1 миллион киловатт-соатга ёки 44,3 фоизга ошган.

Энергетика вазирлиги Матбуот хизмати

—————

За последние 5 лет суточное потребление электроэнергии в стране увеличилось на 44,3%:

▪️В 2016 году
среднесуточное потребление электроэнергии в стране составило 142,1 млн киловатт-часов;

▪️В 2021 году этот показатель вырос до 205,1 млн киловатт-часов или увеличился на 44,3%

Пресс-служба Министерства энергетики

▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
RISHTONDA DASTURLAR IJROSI TA’MINLANMOQDA

Rishton tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Bog‘iston” hamda “Yangi Bo‘jay” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizasiya qilish ishlari bajarilmoqda.

Jumladan, “Yangi Bo‘jay” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yangi temir–beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari bajarilmoqda.

Bundan tashqari, tumanning “Bog‘iston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida esa yangi o‘rnatilgan tayanchlarga kabel tortish ishlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
YANGI O'ZBEKISTONNI BIRGALIKDA BUNYOD ETAMIZ:
TARAQQIYOT STRATEGIYASI - ULUG' MAQSADLAR SARI YO'L

“Farg‘ona HETK” AJda “Yuksalish” umummilliy harakati Farg‘ona hududiy bo‘linmasi tomonidan “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan YANGI O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI” yuzasidan taqdimot o'tkazildi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jamiyat ishchi–xodimlariga “Yuksalish” umummilliy harakati mutaxassislari tomonidan taraqqiyot strategiyasining 7 ta ustuvor yo‘nalishlari hamda 100 ta maqsadlarning birma-bir mazmun mohiyati tushuntirib berildi.

Yangi O'zbekistonning mustahkam kelajagini yaratishda taraqqiyot strategiyasi muhim dasturilamal bo'lib xizmat qilishi shubhasiz. Uchrashuvda xodimlar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga yuzlanishdi.

E'tirof etish o'rinliki, yurtimizning yanada gullab-yashnashi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy yuksalishi uchun har birimiz mas'ulmiz.

"Farg'ona HETK" AJ
matbuot xizmati
.