“FARG‘ONA HETK” AJ
4.83K subscribers
29.6K photos
4.1K videos
4 files
11.6K links
Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali

🔧 Elektr ta’minoti
🛠 Ta’mirlash ishlari
📢 Rejalashtirilgan uzilishlar
📰 Yangiliklar

📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Download Telegram
YOMG’IRGA QARAMAY O’ZBEKISTON TUMANIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA…..

O’zbekiston tuman elektr ta'minoti korxonasi tomonidan tumannining “Qul Elash” mahalla fuqarolar yig‘inidagi elektr uzatish tarmoqlarini yangilash ishlari olib borilmoqda.

Hududga 0,4 hamda 10 kVli elektr uzatish tarmoqlarini yangida qurish uchun olib borilgan temir–beton tayanchlari loyiha asosida o’rnatilib, kabel tortish ishlari boshlab yuborildi.

“Farg’ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
“TO’DA” QISHLOG’IGA YANGI TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

Rishton tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “To’da” qishlog’I hududida joylashgan 91–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish ishlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
OROL QISHLOG‘IGA YANGI TAYANCHLAR OLIB BORILDI
BARCHASI INSON QADRI UCHUN:
"Orol" qishlog‘iga tayanchlar yetib bordi.

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani "Orol" qishlog‘ining elektr ta'minotini yaxshilash maqsadida "Obod qishloq" dasturi asosida hududga yangi temir-beton tayanchlari yetkazildi.

Mazkur qishloqning elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish maqsadida mutaxassislar tomonidan fuqarolar ishtirokida to‘liq qaytadan o‘rganib chiqildi.

Loyihaga ko‘ra, hududga 1 dona yangi transformator punkti o‘rnatish, 0,2 km uzunlikda 10 kVli, 2,2 km uzunlikda 0,4 kVli yangi elektr uzatish tarmog‘i qurilishi rejalashtirilgan.

- Erta tongda yumush bilan tuman markaziga borgandim. Uyga qaytsam, qishloqda montyorlar yuribdi. Keyin bilsam yangi stolbalar olib kelib, yangi liniya qurishni qishloqdoshlarim bilan maslahat qilishayotgan ekan. Biz ham mutaxassislarga takliflarimizni aytdik. Yangi tarmoqni xavfsiz, sifatli bo‘lishini bildik. Eng asosiysi ish boshlandi. Hammamiz xursandmiz. Murojaatimizni bee'tibor qoldirmagan barcha rahbarlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz", - deydi qishloq faoli Nazirali Rustamov.

Ma'lumot o‘rnida, boshlangan loyiha yakuni bilan qishloqning barcha hududida elektr uzatish tarmoqlari yaxshilanadi.

"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
YUZAGA KELGAN NOSOZLIKLAR OʼZ VАQTIDА BАRTАRАF ETILMOQDA

Qo'qon shahar elektr taʼminoti korxonasi tomonidan joylarda yuzaga kelgan avariyali uzilishlar, nosozliklarni bartaraf etish boʼyicha oʼz vaqtida, tezkorlik bilan xavfsiz ish tashkil etgan holda tegishli choralar koʼrib kelinmoqda.

Kelib tushgan murojaatlarning har biri to’liq nazoratga olinib yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish choralari koʼrilmoqda.

"Farg'ona HETK" AJ
matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
14 февраль — Заҳириддин Муҳаммад Бобур таваллуд топган кун

———
«…У турли фазилатлар билан безанган ва мақтовли хислатларга эга бўлган бир подшоҳ эди. Ушбу барча фазилатларидан шижоат ва муруввати устун турарди. Туркий шеърни Амир Алишердан кейин ҳеч ким Бобур ёзган даражада ёзган эмас».

Мирзо Муҳаммад Ҳайдар. «Тарихи Рашидий»дан.

———
«Бобур дилбар шахс эди. Уйғониш даврининг ажойиб султони, кучли, тадбиркор киши бўлиб, санъатни, адабиётни, гўзалликни севарди».

Жавоҳарлаъл Неру. «Ҳиндистоннинг кашф этилиши» китобидан.

———
«Бобур феълига кўра Цезарга қараганда севишга арзигуликдир. Унинг манглайига юксак фазилатли инсон деб битиб қўйилган».

Эдуард Холден, инглиз тарихчиси.

———
«Саховати ва мардлиги, истеъдоди, илм-фан, санъатга муҳаббати ва улар билан муваффақиятли шуғулланиши жиҳатидан Осиёдаги подшоҳлар орасида Бобурга тенг келадиган бирорта подшоҳ топилмайди».

Уильям Эрскин, «Бобурнома» таржимони.

▶️@minenergy_uz
▶️
@aoka_uz