“FARG‘ONA HETK” AJ
4.84K subscribers
29.6K photos
4.1K videos
4 files
11.6K links
Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali

🔧 Elektr ta’minoti
🛠 Ta’mirlash ishlari
📢 Rejalashtirilgan uzilishlar
📰 Yangiliklar

📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Download Telegram
Forwarded from Farg’ona | Kun.uz
Joriy yilning dastlabki bir oyida 4,7 mlrddan ortiq elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan

Bu haqda “Fargʻona HETK” AJ matbuot xizmati Kun.uz’ga ma‘lum qildi. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning dastlabki bir oyi davomida viloyat boʻyicha 1 040 dona elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan boʻlib, mazkur qoidabuzarliklar yuzasidan 4,7 mlrd soʻm miqdorida qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.

Aniqlangan qoidabuzarliklarning 623 tasi yoki 60,0 foizi aholi isteʼmolchilariga toʻgʻri kelsa, 417 tasi, yaʼni 40,0 foizi ishlab chiqarish tarmoqlari, ijtimoiy soha, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari ulushiga toʻgʻri keladi.

➡️ Farg‘ona xabarlari
MAMLAKATNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH MAQSADIDA

batafsil
YANGI TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

O’zbekiston tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Qushqonoq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 1004–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga loyiha bo’yicha yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish ishlari boshlandi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
“BO’JAY” QISHLOG’IDA KABEL TORTILMOQDA

Rishton tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Bo’jay” qishlog’I hududida joylashgan 434–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish ishlari yakuniga yetkazilib, 0,4 kVli yangi tarmoq uchun kabel tortish ishlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
#jarayon

KASB MASHAQQATI

(Farg’ona shahar elektr ta’minoti korxonasi 5-6– ta’mirlash bo’limi elektromontyorlari. Yangi tayanch uchun chuqur qazish jarayoni)

t.me/farhetk_admin
YUZAGA KELGAN NOSOZLIKLAR OʼZ VАQTIDА BАRTАRАF ETISH CHORALARI KO'RILMOQDA

Farg'ona shahar elektr taʼminoti korxonasi tomonidan joylarda yuzaga kelgan avariyali uzilishlar, nosozliklarni bartaraf etish boʼyicha oʼz vaqtida, tezkorlik bilan xavfsiz ish tashkil etgan holda tegishli choralar koʼrib kelinmoqda.

Kelib tushgan murojaatlarning har biri to’liq nazoratga olinib yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish choralari koʼrilmoqda.

"Farg'ona HETK" AJ
matbuot xizmati
BOLALIKKA TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

Quva tumanining “Bolalik” mahallasi hududida joylashgan 145–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish ishlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.