“FARG‘ONA HETK” AJ
4.83K subscribers
29.6K photos
4.1K videos
4 files
11.6K links
Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali

🔧 Elektr ta’minoti
🛠 Ta’mirlash ishlari
📢 Rejalashtirilgan uzilishlar
📰 Yangiliklar

📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Download Telegram
MUROJAATLAR YECHIMIDAN XALQ MANFAATDOR:
TA’MINOT YAXSHILANMOQDA

O‘zbekiston tumanining “Kichik Oqmasjid” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqarolarning elektr tarmoqlarini yaxshilash borasida qilgan murojaatlari bugun o‘z yechimini topmoqda.

Mazkur mahallaga 2 dona turli quvvatdagi yangi transformator punktlari o‘rnatildi.

Yangi elektr uzatish tarmog‘i uchun umumiy hisobda yuzga yaqin temir-beton tayanchlari olib kelib loyiha asosida o‘rnatilib, 0,6 km uzunlikda 10 kVli, 3,1 km uzunlikda 0,4 kVli yangi elektr uzatish tarmoqlari tortildi.

BATAFSIL

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
FARGʻONADA JORIY YILNING DASTLABKI BIR OYIDA 4,7 MLRDDAN ORTIQ ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATLARI ANIQLANDI

Joriy yilning dastlabki bir oyi davomida viloyat boʻyicha 1040 dona elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan boʻlib, mazkur qoidabuzarliklar yuzasidan 4,7 mlrd soʻm miqdorida qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirildi.

Aniqlangan qoidabuzarliklarning 623 tasi yoki 60,0 foizi aholi isteʼmolchilariga toʻgʻri kelsa, 417 tasi yaʼni 40,0 foizi ishlab chiqarish tarmoqlari, ijtimoiy soha, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari ulushiga toʻgʻri keladi.

BATAFSIL

“Fargʻona HETK” AJ
matbuot xizmati.
OFTOBRUDA KABEL TORTILMOQDA

So’x tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Oftobru” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga loyiha bo’yicha yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish ishlari yakuniga yetkazilib, kabel tarmog’ini tortish ihlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
Forwarded from MINENERGY.UZ
Водий вилоятлари истеъмолчиларининг электр энергияси таъминоти барқарорлиги янада оширилади

Баҳор мавсумидаги кучли шамоллар таъсирида юқори кучланишли электр узатиш тармоқларида фавқулодда узилишларни олдини олиш мақсадида, 500 кВли электр узатиш тармоқларида таъмирлаш ишлари амалга оширилиши режалаштирилган.

Хусусан, бугун Фарғона водийсини электр энергияси билан таъминловчи 500 кВли тармоқлардан бирида таъмирлаш ишлари якунланди. Ушбу электр тармоқларидан иккинчисида 11 февралга ўтар кечаси, тунда соат 00:00 дан 04:00 гача бўлган вақт оралиғида таъмирлаш олиб борилади.

Шу муносабат билан айрим ҳудудларда электр энергияси таъминотида қисқа муддатли (1 соатгача) узилишлар кузатилиши мумкин.

Келтирилган ноқулайликлар учун истеъмолчилардан узр сўраймиз.

Энергетика вазирлиги Матбуот хизмати

▶️@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
QALACHAGA YANGI TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

So’x tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Qalacha” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 10 kVli elektr uzatish tarmog’ini yangidan qirish uchun hududga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Hududda amalga oshirilayotgan barcha sa'y–harakatlar, barcha turdagi iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев раислигида "Хавфсиз ва равон йўл" тамойили асосида йўлларда инсон хавфсизлигини таъминлаш борасидаги ишларни янги босқичга олиб чиқиш чора-тадбирларига бағишланган видеоселектор йиғилиши ўтказилади.
Унда тизимни тубдан ўзгартиришга қаратилган бир қатор муҳим вазифалар белгилаб берилиши кутилмоқда.

Сегодня под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоится видеоселекторное совещание по вопросам выведения на новый уровень работы по обеспечению безопасности дорожного движения на основе принципа "Безопасная и ровная дорога".
Ожидается, что на нем будут определены важные задачи, направленные на коренное совершенствование этой сферы.
BESHARIQNING “BESHSARI” MAHALLASIGA KABEL TARMOQ TORTILMOQDA

Beshariq tumanining “Beshsari” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida elektr uzatish tarmoqlari yangilanmoqda.

Hududda ayni vaqtda 0,4 kVli yangi elektr uzatish kabel tarmoqlari tortilmoqda.

Tez orada mazkur loyiha yakuniga yetkazilib, hududdagi iste’molchilarga foydalanish uchun topshiriladi.

“Farg’ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
BUTLOVCHI ELEKTR QURILMALAR O’RNATILMOQDA

Qo’qon shahrining “Charxini ko’prigi” mahallalarini hududida joylashgan 111–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish hamda butlovchi elektr qurilmalarni o’rnatish ishlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
Forwarded from Farg’ona | Kun.uz
Joriy yilning dastlabki bir oyida 4,7 mlrddan ortiq elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan

Bu haqda “Fargʻona HETK” AJ matbuot xizmati Kun.uz’ga ma‘lum qildi. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning dastlabki bir oyi davomida viloyat boʻyicha 1 040 dona elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan boʻlib, mazkur qoidabuzarliklar yuzasidan 4,7 mlrd soʻm miqdorida qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.

Aniqlangan qoidabuzarliklarning 623 tasi yoki 60,0 foizi aholi isteʼmolchilariga toʻgʻri kelsa, 417 tasi, yaʼni 40,0 foizi ishlab chiqarish tarmoqlari, ijtimoiy soha, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari ulushiga toʻgʻri keladi.

➡️ Farg‘ona xabarlari