“FARG‘ONA HETK” AJ
4.83K subscribers
29.6K photos
4.1K videos
4 files
11.6K links
Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali

🔧 Elektr ta’minoti
🛠 Ta’mirlash ishlari
📢 Rejalashtirilgan uzilishlar
📰 Yangiliklar

📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Download Telegram
“YAKKAMULLA” MAHALLASIDAGI ISTE'MOLCHILARNING TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

Uchko’prik tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Yakkamulla” mahalla fuqarolar yig’ini hududida elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari boshlab yuborildi.

Mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi mavjud 22–sonli transformator punktiga yangi elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun temir–beton tayanchlari o’rnatilmoqda.

Joylarda, tegishli dastur asosida elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari bosqichma–bosqich olib borilmoqda.

“Fargʼona HETK” АJ
matbuot xizmati
BOGʻISTONDA ISHLAR AVJIDA...

Rishton tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi–xodimlari tomonidan past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizasiya qilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Jumladan, tumanning “Bog‘iston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi iste’molchilarni sifatli elektr energiya bilan ta’minlash, mahalla hududidagi 608–sonli transformator punktini yukini yengillatish maqsadida ushbu hududga loyiha asosida amaliy ishlar bajarilmoqda.

Hududga 1 dona quvvati 100 kVA bo‘lgan yangi zamonaviy transformator punkti o‘rnatilib montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, 2,1 km uzunlikdagi 0,4–10 kVli elektr uzatish tarmoqlarini qurish va kabel tortish ishlari rejalashtirilgan.

Ayni vaqtda, yangi tarmoq uchun temir–beton tayanchlari o‘rnatilmoqda.

«Farg‘ona HETK» AJ
matbuot xizmati.
MUROJAATLAR YECHIMIDAN XALQ MANFAATDOR:
TA’MINOT YAXSHILANMOQDA

O‘zbekiston tumanining “Kichik Oqmasjid” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqarolarning elektr tarmoqlarini yaxshilash borasida qilgan murojaatlari bugun o‘z yechimini topmoqda.

Mazkur mahallaga 2 dona turli quvvatdagi yangi transformator punktlari o‘rnatildi.

Yangi elektr uzatish tarmog‘i uchun umumiy hisobda yuzga yaqin temir-beton tayanchlari olib kelib loyiha asosida o‘rnatilib, 0,6 km uzunlikda 10 kVli, 3,1 km uzunlikda 0,4 kVli yangi elektr uzatish tarmoqlari tortildi.

BATAFSIL

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
FARGʻONADA JORIY YILNING DASTLABKI BIR OYIDA 4,7 MLRDDAN ORTIQ ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATLARI ANIQLANDI

Joriy yilning dastlabki bir oyi davomida viloyat boʻyicha 1040 dona elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan boʻlib, mazkur qoidabuzarliklar yuzasidan 4,7 mlrd soʻm miqdorida qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirildi.

Aniqlangan qoidabuzarliklarning 623 tasi yoki 60,0 foizi aholi isteʼmolchilariga toʻgʻri kelsa, 417 tasi yaʼni 40,0 foizi ishlab chiqarish tarmoqlari, ijtimoiy soha, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari ulushiga toʻgʻri keladi.

BATAFSIL

“Fargʻona HETK” AJ
matbuot xizmati.
OFTOBRUDA KABEL TORTILMOQDA

So’x tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Oftobru” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga loyiha bo’yicha yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish ishlari yakuniga yetkazilib, kabel tarmog’ini tortish ihlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.