“FARG‘ONA HETK” AJ
4.83K subscribers
29.6K photos
4.1K videos
4 files
11.6K links
Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali

🔧 Elektr ta’minoti
🛠 Ta’mirlash ishlari
📢 Rejalashtirilgan uzilishlar
📰 Yangiliklar

📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Download Telegram
FARGʻONADA ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 581 YILLIGI KO‘TARINKILIK BILAN NISHONLANMOQDA
FARGʻONADA ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 581 YILLIGI KO‘TARINKILIK BILAN NISHONLANMOQDA

Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari Farg‘onada ham ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda.

Bugun erta tongdan Farg‘ona shahridagi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimining o‘rinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, adabiyotshunos olimlar, ziyolilar, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Fayzullo Qosimov yig‘ilganlarni hazrat Navoiy tavalludi bayrami bilan qutlab, ulug‘ bobokalonimizning ijtimoiy-siyosiy hayotiga, uning asarlaridagi ma’naviy-tarbiyaviy jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Enaxon Siddiqova, filologiya fanlari doktori, Navoiyshunos olim Xabibullo Jo‘rayev shoir ijodini puxta o‘rganish, asarlarini qayta va qayta o‘qish, ularda ulug‘langan g‘oyalarning yosh avlod tarbiyasi uchun muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.

Shoirga ehtirom tadbiri so‘nggida yig‘ilganlar Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirishdi.

“Farg’ona HETK” AJ
matbuot xizmati
Forwarded from MINENERGY.UZ
​​Ўзбекистон магистрал электр тармоқлари тизими янада ривожлантирилади

Президентимизнинг 2022 йил 3 февралда “Жаҳон банки иштирокида “Электр энергетика секторини трансформация қилиш ва барқарор электр узатиш” лойиҳасини амалга ошириш ҳамда республика магистрал электр тармоқлари тизимини ривожлантириш ва унинг самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-113-сон қарори қабул қилинди.

Ҳужжат республика магистрал электр тармоқлари тизимини ривожлантириш, унинг ишончлилиги ва хавфсизлигини ошириш, тизимли аварияларнинг олдини олиш, шунингдек, иқтисодиёт тармоқлари ва аҳолини электр энергияси билан барқарор таъминлаш мақсадида қабул қилинди.

Қарор билан “Диспетчерлик бошқаруви ва маълумотларни йиғиш дастурий-аппарат комплексини (SCADA) жорий қилиш” ва “Жаҳон банки иштирокида магистрал электр тармоқлари подстанцияларини модернизация ва реконструкция қилиш (II фаза)” инвестиция лойиҳаларининг асосий техник-иқтисодий кўрсаткичлари ҳамда “Ўзбекистон миллий электр тармоқлари” АЖнинг инвестиция лойиҳаларини молиялаштириш учун жалб қилинган ва маблағлар иқтисод қилиниши кутилаётган халқаро молия институтларининг кредитлари рўйхати тасдиқланди.

Шунингдек, электр ускуналарда диспетчерлик бошқаруви тезкорлигини таъминлаш мақсадида “Иссиқлик электр станциялари” АЖ таркибидаги корхоналар ва “Ўзбекгидроэнерго” АЖ тасарруфида бўлган 110-500 кВ кучланишли тақсимловчи қурилмалар “Ўзбекистон миллий электр тармоқлари” АЖ тасарруфига баланс қиймати бўйича штат бирликлари билан бирга ўтказилади.

Ўзбекистон Республикаси
Энергетика вазирлиги Матбуот хизмати

▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
NAVOIYNI ESLAB…

“Farg’ona HETK” AJda buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib, o‘tdi.

Bo‘lib o‘tgan davra suhbatida jamoat arbobi Alisher Navoiyning xayot yo‘li, ijodi hamda biz avlodlarga yozib qoldirgan asarlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan ulug‘ bobokalonimizning g‘azal va ruboiylari aytildi.

Hozirda aholi turmush farovonligini oshirish, insonlarning og‘irini yengil qilish bo‘yicha qo‘yilayotgan talablarni Alisher Navoiy o‘sha davrlarda ham eng yuqori darajada ado eta olganini qayd etilib, bobomizning “Insonlarning eng yaxshisi – insonlarga foydasi tegadiganidir” mazmunidagi
“Xalq aro yaxshiroq, deding, kimdur?
Eshitib, ayla shubha raf’ andin.
Yaxshiroq bil ani ulus arokim,
Yetsa ko‘proq ulusga naf’ andin” misralari tilga olindi.

“Farg’ona HETK” AJ
matbuot xizmati
YANGI TEMIR–BETON TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

Qirguli elektr ta’minoti korxonasi tomonidan Farg’ona shahrining “Beklar” mahallalarini hududida joylashgan 529–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish ishlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
YANGI TEMIR–BETON TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

Qo’qon shahrining “Charxini ko’prigi” mahallalarini hududida joylashgan 111–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish ishlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
“SULTONOBOD” MAHALLASINING ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA

Quva tuman elektr ta'minoti korxonasi tomonidan tumannining “Sultonobod” mahalla fuqarolar yig‘inidagi elektr uzatish tarmoqlari yangilanmoqda.

Jumladan, “Sultonobod” mahallasi hududiga yangi temir–beton tayanchlari o’rnatilmoqda.

Tez orada mazkur loyiha yakuniga yetkazilib, hududdagi 100 dan ortiq xonadonning elektr ta’minoti yaxshilanadi.

“Farg’ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
“YAKKAMULLA” MAHALLASIDAGI ISTE'MOLCHILARNING TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

Uchko’prik tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Yakkamulla” mahalla fuqarolar yig’ini hududida elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari boshlab yuborildi.

Mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi mavjud 22–sonli transformator punktiga yangi elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun temir–beton tayanchlari o’rnatilmoqda.

Joylarda, tegishli dastur asosida elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari bosqichma–bosqich olib borilmoqda.

“Fargʼona HETK” АJ
matbuot xizmati