“FARG‘ONA HETK” AJ
4.82K subscribers
29.6K photos
4.1K videos
4 files
11.6K links
Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali

🔧 Elektr ta’minoti
🛠 Ta’mirlash ishlari
📢 Rejalashtirilgan uzilishlar
📰 Yangiliklar

📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Download Telegram
“FARGʻONA HETK” AJDAGI XIZMAT AVTOMASHINALARI TEXNIK KO’RIKDAN O’TKAZILDI

Bugungi kunda sohada amalga oshirilayotgan barcha islohotlarda, elektr ta’minotida avariyali holatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish jarayonlarida maxsus avtotransport vositalarining o‘rni beqiyos!

Ularni uzoq vaqt va sifatli xizmat ko‘rsatishi bilan ish samadorligining ortishi erishiladi.

Bugungi kunda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda viloyat bo‘yicha 200 dan ortiq mahsus avtotransport vositalari mavjud bo‘lib, ularning texnik holati doimiy belgilangan chora–tadbirlarga asosan, nazoratdan o‘tkazilib kelinmoqda.

Eng avvalo, xaydovchilar sog‘lig‘i ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Xar bir avtotransport vositalarining ko‘rik jarayonida aniqlangan kamchiliklarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Ko‘rik jarayonida barcha xaydovchilarga yo‘l xarakati qoidalariga so‘zsiz amal qilishlari tushuntirib o‘tildi.

Bu kabi tadbirlar jamiyat tomonidan doimiy o‘tkazilib kelinmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
YANGI TARMOQ UCHUN BUTLOVCHI QISMLAR O‘RNATILMOQDA

O’zbekiston tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanining “Qaynar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida loyiha asosida yangi elektr uzatish tarmog‘ini tortish ishlari bajarilmoqda.

Ayni kunlarda hududda mutahassislar tomonidan zarur tayanchlar o‘rnatilib, loyihaning ikkinchi bosqichi butlovchi qismlarni o‘rnatish hamda kabel tortish ishlari olib borilmoqda.

Yangi qurilayotgan elektr uzatish tarmog‘ini foydalanishga topshirili bilan mazkur tarmoqdan elektr energiyasi bilan ta’minlanuvchi hudud ta’minoti yaxshilanadi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
“QORASOQOL” MAHALLASIGA YANGI ELEKTR TARMOGʻI TORTILMOQDA

Yozyovon tumaning “Qorasoqol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 110–sonli transformator punkti hududida yangi qurilgan elektr uzatish kabel tarmog‘i tortilib, iste’molchilarni yangi tarmoqqa ulash ishlari bajarilmoqda.

Tez orada ushbu hududdagi 100 ga yaqin xonadonlarning elektr ta’minoti yangi elektr uzatish tarmog‘i orqali yetkazib beriladi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
NAFOSAT MAHALLASIGA YANGI KABEL TARMOQ TORTILMOQDA

Farg’ona shahrining “Nafosat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida elektr uzatish tarmoqlari yangilanmoqda.

Hududda ayni vaqtda 0,4 kVli yangi elektr uzatish kabel tarmoqlari tortilmoqda.

Tez orada mazkur loyiha yakuniga yetkazilib, hududdagi iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanadi.

“Farg’ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
YANGI TEMIR–BETON TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

Qo’qon shahrining “Noibko’prigi” hamda “Charxini ko’prigi” mahallalarini hududida joylashgan 269–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish ishlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
BOGʻISTONDA ISHLAR AVJIDA...

Rishton tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi–xodimlari tomonidan past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizasiya qilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Jumladan, tumanning “Bog‘iston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi iste’molchilarni sifatli elektr energiya bilan ta’minlash, mahalla hududidagi 608–sonli transformator punktini yukini yengillatish maqsadida ushbu hududga loyiha asosida amaliy ishlar bajarilmoqda.

Hududga 1 dona quvvati 100 kVA bo‘lgan yangi zamonaviy transformator punkti o‘rnatilib montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, 2,1 km uzunlikdagi 0,4–10 kVli elektr uzatish tarmoqlarini qurish va kabel tortish ishlari rejalashtirilgan.

Ayni vaqtda, yangi tarmoq uchun temir–beton tayanchlari o‘rnatilmoqda.

«Farg‘ona HETK» AJ
matbuot xizmati.
BESHARIQNING “BESHSARI” MAHALLASIGA KABEL TARMOQ TORTILMOQDA

Beshariq tumanining “Beshsari” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida elektr uzatish tarmoqlari yangilanmoqda.

Hududda ayni vaqtda 0,4 kVli yangi elektr uzatish kabel tarmoqlari tortilmoqda.

Tez orada mazkur loyiha yakuniga yetkazilib, hududdagi iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanadi.

“Farg’ona HETK” AJ
matbuot xizmati.