“FARG‘ONA HETK” AJ
4.8K subscribers
29.7K photos
4.12K videos
4 files
11.6K links
Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali

🔧 Elektr ta’minoti
🛠 Ta’mirlash ishlari
📢 Rejalashtirilgan uzilishlar
📰 Yangiliklar

📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Download Telegram
NOSOZLIKLAR OʼZ VАQTIDА BАRTАRАF ETILMOQDА

Marg'ilon shahar elektr taʼminoti korxonasi tomonidan joylarda yuzaga kelgan avariyali uzilishlar, nosozliklarni bartaraf etish boʼyicha oʼz vaqtida, tezkorlik bilan xavfsiz ish tashkil etgan holda tegishli choralar koʼrib kelinmoqda.

Kelib tushgan murojaatlarning har biri to’liq nazoratga olinib, yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish choralari koʼrilmoqda.

Maʼlumot oʼrnida, “Fargʼona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ tomonidan barcha tuman, shahar elektr taʼminoti korxonalarida maxsus brigadalar tashkil etilgan boʼlib, ularning asosiy faoliyati yuzaga kelgan avariyali uzilishlarni qisqa vaqtda xavfsiz ish tashkil etgan holda bartaraf etish hamda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan avariyali uzilishlarning oldini olishga qaratilgan.

“Fargʼona HETK” АJ
matbuot xizmati.
Бугун Энергетика вазирлиги ташкил этилганига 3 йил тўлди

Вазирлик Президентимизнинг “Ўзбекистон Республикаси ёқилғи-энергетика тармоғини бошқариш тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” 2019 йил 1 февралдаги ПФ-5646-сон фармони ҳамда “Ўзбекистон Республикаси Энергетика вазирлиги фаолиятини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида” 2019 йил 1 февралдаги ПҚ-4142-сон қарори билан ташкил этилган эди.

▶️@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Сегодня Минэнерго исполнилось 3 года

В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан № УП-5646
1 февраля 2019 года было издано Постановление Президента Республики Узбекистан ПП №-4142 «О мерах по организации деятельности Министерства энергетики Республики Узбекистан».

▶️@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
“TASHABBUS” KO’CHASIGA YANGI TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

Farg’ona shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan shaharning “Nafosat” mahalla fuqarolar yig‘ini “Tashabbus” ko’chasidagi iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Hududda amalga oshirilayotgan barcha sa'y–harakatlar, barcha turdagi iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
YANGI TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

So’x tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Oftobru” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga loyiha bo’yicha yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish ishlari boshlandi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
“BO’JAY” QISHLOG’IGA YANGI TEMIR–BETON TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

Rishton tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Bo’jay” qishlog’I hududida joylashgan 434–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish ishlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
NAVOIYGA YANGI KABEL TARMOQ TORTILMOQDA

Rishton tumanining “Navoiy” mahalla fuqarolar yigʼini hududida elektr taʼminoti yaxshilash borasida, keng koʼlamli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, tumanning “Navoiy” mahalla fuqarolar yigʼini hududiga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlari o’rnatilib, kabel tarmog’ini tortish ishlari boshalb yuborildi.

Hududda elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari jadallik bilan bosqichma–bosqich olib borilmoqda.

“Fargʼona HETK” АJ
matbuot xizmati
BOGʻISTONDA ISHLAR AVJIDA...

Rishton tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi–xodimlari tomonidan past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizasiya qilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Jumladan, tumanning “Bog‘iston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi iste’molchilarni sifatli elektr energiya bilan ta’minlash, mahalla hududidagi 608–sonli transformator punktini yukini yengillatish maqsadida ushbu hududga loyiha asosida amaliy ishlar bajarilmoqda.

Hududga 1 dona quvvati 100 kVA bo‘lgan yangi zamonaviy transformator punkti o‘rnatilib montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, 2,1 km uzunlikdagi 0,4–10 kVli elektr uzatish tarmoqlarini qurish va kabel tortish ishlari rejalashtirilgan.

Ayni vaqtda, yangi tarmoq uchun temir–beton tayanchlari o‘rnatilmoqda.

«Farg‘ona HETK» AJ
matbuot xizmati.