“FARG‘ONA HETK” AJ
4.8K subscribers
29.7K photos
4.12K videos
4 files
11.6K links
Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali

🔧 Elektr ta’minoti
🛠 Ta’mirlash ishlari
📢 Rejalashtirilgan uzilishlar
📰 Yangiliklar

📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Download Telegram
SHODLIKDA ISHLAR DAVOM ETADI

O’zbekiston tumani elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Shodlik” mahalla fuqarolar yigʼini hududiga 0,4–10 kVli yangi elektr uzatish tarmogʼini qurish uchun hududga olib kelingan temir–beton tayanchlari loyiha asosida oʼrnatilib, kabel tarmog’ini tortish ishlari boshlandi.

Joylarda, elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

“Fargʼona HETK” АJ
matbuot xizmati
JOYLARDA TEZKOR CHIQISH BRIGADALARI TOMONIDAN AVARIYALI UZILISHLAR BARTARAF ETILMOQDA

Ayni vaqtda viloyatimiz bo‘ylab kuzatilayotgan yog‘ingarchilik tufayli elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr qurilmalarida kuzatilayotgan avariyali uzilishlarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Kelib tushgan murojaatlarning har biri to‘liq nazoratga olingan.

“Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan barcha tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalarida maxsus brigadalar tashkil etilgan bo’lib, ularning asosiy faoliyati yuzaga kelgan avariyali uzilishlarni qisqa vaqtda xavfsiz ish tashkil etgan holda bartaraf etish hamda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlarning oldini olishga qaratilgan.

“Farg’ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида Биринчи Президент Ислом Каримов ҳайкали пойига гулчамбар қўйди.
Қуръон оятлари тиловат қилинди. Ислом Каримовнинг халқимиз манфаати йўлида қилган ишлари, мардлик, одиллик, камтаринлик ҳислатлари ёдга олинди.
Маросимда Олий Мажлис палаталари, Президент Администрацияси ва ҳукумат вакиллари, илм-фан ва маданият намояндалари, зиёлилар, шаҳар жамоатчилиги иштирок этди.

Президент Шавкат Мирзиёев возложил цветы к подножию памятника Первому Президенту Исламу Каримову в городе Ташкенте.
Прочитаны суры из священного Корана. Говорилось о делах Ислама Каримова во благо и в интересах нашего народа, его высоких человеческих качествах - мужестве, справедливости и скромности.
В церемонии приняли участие представители палат Олий Мажлиса, Администрации Президента и правительства, деятели науки и культуры, представители интеллигенции и общественности.

#Mirziyoyev #marosim #BirinchiPrezident #xotira

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент электр энергияси қувватини ошириш бўйича қарор лойиҳасини тайёрлашга кўрсатма берди

Шавкат Мирзиёев ёшлар, спорт, соғлиқни сақлаш, электр энергияси соҳаларидаги лойиҳалар тақдимоти билан танишди.

👉 https://kun.uz/24485376
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YANGI "EKO SHAHARCHA"NING TAMAL TOSHI QO'YILDI

“EKO SHAHARCHA” ishonchli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

Bu haqida “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi orqali efirga uzatilgan lavhadan tanishishingiz mumkin.

t.me/farhetk_admin
QO’QONDA YANGI KABEL TARMOG’I TORTILMOQDA

Qo’qon shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan shaharning “Noib ko’prigi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 180–sonli transformator punkti hamda 420–sonli transformator punktlarini o’zaro bog’lovchi 6 kVli yangi kabel tarmog’ini tortish ishlari boshlandi.

Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan “Noib ko’prigi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangi temir–beton tayanchlar o’rnatish va tarmoq tortish ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
BO’STONGA YANGI TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

Quvasoy shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan shaharning “Bo’ston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Hududda amalga oshirilayotgan barcha sa'y–harakatlar barcha turdagi iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.