“FARG‘ONA HETK” AJ
4.86K subscribers
29.3K photos
4.03K videos
4 files
11.4K links
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Elektr ta’minoti, ta’mirlash ishlari, rejalashtirilgan uzilishlar va yangiliklar

instagram https://www.instagram.com/fargona_hetk_aj?igsh=MWVxbmZ3eDBjaDU5NA==
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"OLTIARIQ " PODSTANSIYA QUVVATI OSHIRILDI.

Oltiariq, Qo‘shtepa hamda Farg‘ona tumanlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Oltiariq" podstansiyasida quvvati 15 000 kVA bo‘lgan kuch transformatori quvvati 40 000 bo‘lgan kuch transformatoriga almashtirildi.

Bu haqida, “Zo’r" tv telekanalining "Bu kun" yangiliklar dasturi orqali efirga uzatilgan lavha orqali tanishishingiz mumkin.

t.me/farhetk_admin
#fargona_shahar

Farg’ona shahar elektr taʼminoti korxonasi tomonidan shaharning “1-Beshbola” mahalla fuqarolar yigʼini hududiga yangi 0,4 kVli elektr uzatish tarmog’iga kabel tortish ishlari bajarilmoqda.

Loyiha asosida elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

“Fargʼona HETK” АJ
matbuot xizmati.
MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI

Muxbir Daliyev telegram kanali hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Navoiy ko‘chasidagi yo‘lning o‘rta qismiga to‘g‘ri kelib qolgan, avvaldan mavjud bo‘lgan elektr uzatish tarmog’ining tayanchi tasvirlangan videomurojaat, “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan nazoratga olinib, ushbu tayanch yo’lning xavfsiz qismiga ko’chirildi.

Hududda yashovchi fuqarolar uchun noqulaylik tug’dirgan, ularnng haqli etirozlariga sabab bo’lgan mazkur murojaatdagi muammo ijobiy hal etildi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SIFATLI ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA’MINLASH YO‘LIDA...

Markaziy Farg‘ona cho‘llarida Buvayda tuman elektr ta’minoti korxonasiga qarashli “Uch-uy” ta’mirlash bo‘limi tomonidan, ushbu hududga tutash bo‘lgan 7 ta tumanga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Bu haqida, “Zo’r" tv telekanalining "Bu kun" yangiliklar dasturi orqali efirga uzatilgan lavha orqali tanishishingiz mumkin.

t.me/farhetk_admin
RISHTON TUMANIDA JORIY HAMDA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI BAJARILMOQDA

Rishton tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi–xodimlari tomonidan joylarda elektr uzatish tarmoqlarini joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

“Uchariq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr uzatish tarmoqlari va elektr qurilmalarini joriy ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

Xususan, mutaxassislar tomonidan elektr uzatish tarmoqlarini daraxt shohlaridan tozalash, salqi simlar tarangligini tortish, tayanchlarni tik va soz holatga keltirish hamda nosoz elektr qurilmalarini sozlash ishlari olib borilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
“BESH OG’A” MAHALLASIGA YANGI TEMIR–BETON TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

Furqat tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Besh og’a” mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan 209–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish ishlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
“YAXSHILIK” KO’CHASIDA AMALIY ISHLAR BOSHLAB YUBORILDI

Farg’ona shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan shaharning “Yaxshilik” ko’chasidagi xonadonlarni elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari boshlandi.

Loyiha asosida mazkur ko’chaga tayanchlar o’rnatilishi yakuniga yetkazilgandan so’ng, kabel tarmog’ini tortish ishlari bajariladi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
“NOIB KO’PRIGI” MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

Qo’qon shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanining “Noib ko’prigi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida elektr ta’minotini yangilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan mavjud yangi temir–beton tayanchlariga kabel tortish ishlari ham jadallik bilan bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
.