“FARG‘ONA HETK” AJ
4.86K subscribers
29.3K photos
4.03K videos
4 files
11.4K links
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Elektr ta’minoti, ta’mirlash ishlari, rejalashtirilgan uzilishlar va yangiliklar

instagram https://www.instagram.com/fargona_hetk_aj?igsh=MWVxbmZ3eDBjaDU5NA==
Download Telegram
CHARXIY KO‘PRIGI MAHALLASIGA YANGI TAYANCHLAR O‘RNATILMOQDA

Qo’qon shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanining “Чарҳий кўприги” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi mavjud elektr tarmoqlarini yangilash ishlari boshlab yuborildi.

Xususan, bugungi kunda mutaxassislar tomonidan mahalla hududiga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlarini o’rnatish ishlari olib borilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
“BESHSARI” QISHLOG’IGA YANGI TEMIR–BETON TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

Beshariq tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Beshsari” qishlog’I hududida joylashgan 558–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish ishlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
ISTE’MOLCHILAR YANGI TARMOQQA ULANMOQDA

Marg’ilon shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan bugungi kunda iste’molchilarning elektr tarmoqlarini yangilash va ularga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish borasida shaharning “Bobodehqon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 379–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanuvchi iste’molchilarni hududga yangi qurilgan elektr tarmoqlariga ulash ishlari bajarilmoqda.

Bu kabi amaliy ishlar natijasida hududlardagi 200 ga yaqin iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanadi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
CHASHMAGA YANGI TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

So’x tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Chashma” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Hududda amalga oshirilayotgan barcha sa'y–harakatlar, barcha turdagi iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
“TAROVAT” KO’CHASIDA AMALIY ISHLAR BOSHLAB YUBORILDI

Farg’ona shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan shaharning “Oqariq” mahalla fuqarolar yig‘ini “Tarovat” ko’chasidagi xonadonlarni elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari boshlandi.

Loyiha asosida mazkur ko’chaga tayanchlar o’rnatilishi yakuniga yetkazilgandan so’ng, kabel tarmog’ini tortish ishlari bajariladi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
#Фарғона_тумани

"Лоғон", "Чимён", "Майдон" маҳалла фуқаролар йиғинлари ҳудудларида электр таъминоти яхшиланди.

Каналга уланиш:👇
@RegionF
MUAMMO TEZ ORADA IJOBIY HAL ETILADI

Muxbir Daliyev telegram kanali hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Navoiy ko‘chasidagi yo‘lning o‘rta qismiga to‘g‘ri kelib qolgan, avvaldan mavjud bo‘lgan elektr uzatish tayanchi tasvirlangan videomurojaat, “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan nazoratga olindi.

Mazkur videomurojaatdagi muammoni ijobiy hal etish choralari ko‘rilishini ma'lum qilamiz.

Murojaat yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma'lumot beriladi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"OLTIARIQ " PODSTANSIYA QUVVATI OSHIRILDI.

Oltiariq, Qo‘shtepa hamda Farg‘ona tumanlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Oltiariq" podstansiyasida quvvati 15 000 kVA bo‘lgan kuch transformatori quvvati 40 000 bo‘lgan kuch transformatoriga almashtirildi.

Bu haqida, “Zo’r" tv telekanalining "Bu kun" yangiliklar dasturi orqali efirga uzatilgan lavha orqali tanishishingiz mumkin.

t.me/farhetk_admin
#fargona_shahar

Farg’ona shahar elektr taʼminoti korxonasi tomonidan shaharning “1-Beshbola” mahalla fuqarolar yigʼini hududiga yangi 0,4 kVli elektr uzatish tarmog’iga kabel tortish ishlari bajarilmoqda.

Loyiha asosida elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

“Fargʼona HETK” АJ
matbuot xizmati.
MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI

Muxbir Daliyev telegram kanali hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Navoiy ko‘chasidagi yo‘lning o‘rta qismiga to‘g‘ri kelib qolgan, avvaldan mavjud bo‘lgan elektr uzatish tarmog’ining tayanchi tasvirlangan videomurojaat, “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan nazoratga olinib, ushbu tayanch yo’lning xavfsiz qismiga ko’chirildi.

Hududda yashovchi fuqarolar uchun noqulaylik tug’dirgan, ularnng haqli etirozlariga sabab bo’lgan mazkur murojaatdagi muammo ijobiy hal etildi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati