“FARG‘ONA HETK” AJ
4.86K subscribers
29.3K photos
4.03K videos
4 files
11.4K links
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Elektr ta’minoti, ta’mirlash ishlari, rejalashtirilgan uzilishlar va yangiliklar

instagram https://www.instagram.com/fargona_hetk_aj?igsh=MWVxbmZ3eDBjaDU5NA==
Download Telegram
“OXUNQAYNAR” QISHLOG’IDA ELEKTR UZATISH TARMOQLARI YANGILANMOQDA

O’zbekiston tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Qaynar” mahallasi fuqarolar yig’iniga qarashli “Oxunqaynar” qishlog’idagi iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish ishlari olib borilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
Президент раислигида видеоселектор йиғилиши бошланди.

Давлатимиз раҳбари давлат активларини хусусийлаштириш бўйича амалга оширилаётган ишлар суръати қониқарсиз эканини таъкидлади.

Жорий йилда давлат активларини хусусийлаштиришдан тушиши прогноз қилинаётган маблағлар кўрсаткичи жуда камлиги, тармоқ ва ҳудудларда ҳанузгача 2 мингта самарасиз ишлатилаётган давлат мулки объектлари мавжудлиги кескин танқид қилинди.

Вилоят ҳокимликлари балансида ҳам йиллар давомида 170 га яқин бўш объектлар сотилмасдан турибди.

Шунинг учун Сирдарё вилояти ҳокими Ғ.Мирзаев ва Хоразм вилояти ҳокими Ф.Эрмановга хусусийлаштириш ишларини
суст ташкил этгани учун ҳайфсан эълон қилинди.

Шунингдек, Давлат активлари агентлигининг Сирдарё, Хоразм ва Бухоро вилоятлари бошқарма бошлиқларини ишдан олиш, трансформация ва хусусийлаштириш ишларини ўз ҳолига ташлаб қўйгани учун “Ўзагросервис” жамияти раиси Р.Хайитовга ҳайфсан эълон қилишга кўрсатма берилди.
"Жойларда ерларни аукционга чиқариш орқали жорий йилда бор-йўғи 400 миллиард сўм тушумни таъминлаш режаси мутлақо қониқарсиз.

Биргина мисол: Тошкент вилоятида 14 гектар ер участкаси 3,5 миллион долларга ноқонуний йўллар билан сотилгани ҳамма раҳбарларни ўйлантириши керак. Нимага бу пуллар давлатга эмас, кимларнингдир чўнтагига тушмоқда?

Тасаввур қилинг, давлат қанчадан-қанча пулларни йўқотмоқда! Бу пулга қанча мактаб, қанча боғча ва йўл қуриш мумкин эди. Нега шуни ҳокимлар ўйламайди?

Ваҳоланки, ушбу вилоятда ўтган йил давомида ер участкаларини сотишдан атиги 18 миллиард сўм маблағ тушган. Бу бозор нархида нари борса 5-10 гектар ернинг нархи", деди давлатимиз раҳбари йиғилишда.
MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Farg‘ona viloyati So‘x tumanidagi ko‘cha o‘rtasiga to‘g‘ri kelib qolgan avvaldan mavjud bo‘lgan elektr uzatish tayanchi tasvirlangan videomurojaatga asosan, “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi.

Farg‘ona viloyati So‘x tumani “Oftobru” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi avvaldan mavjud bo‘lgan elektr uzatish tarmog‘ining tayanchi yillar davomida ushbu mahallada ko‘chalarning joylashishi o‘zgarganligi sababli, ko‘cha o‘rtasiga to‘g‘ri kelib qoladi.

Murojaatga asosan, ushbu tarmoq tayanchi bugun So‘x tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan xavfsiz joyga ko‘chirilib murojaat ijobiy etilganligini bildiramiz.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
“ZARKENT” MAHALLASIGA YANGI TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

Toshloq tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Zarkent” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 6–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga loyiha bo’yicha yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish ishlari boshlandi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
QO’QONDA YANGI KABEL TARMOG’I TORTILMOQDA

Qo’qon shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanining “Noib ko’prigi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 180–sonli transformator punkti hamda 420–sonli transformator punktlarini o’zaro bog’lovchi 6 kVli yangi kabel tarmog’ini tortish ishlari boshlandi.

Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan “Noib ko’prigi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, yangi temir–beton tayanchlar o’rnatish va tarmoq tortish ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
CHARXIY KO‘PRIGI MAHALLASIGA YANGI TAYANCHLAR O‘RNATILMOQDA

Qo’qon shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanining “Чарҳий кўприги” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi mavjud elektr tarmoqlarini yangilash ishlari boshlab yuborildi.

Xususan, bugungi kunda mutaxassislar tomonidan mahalla hududiga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlarini o’rnatish ishlari olib borilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
“BESHSARI” QISHLOG’IGA YANGI TEMIR–BETON TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

Beshariq tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Beshsari” qishlog’I hududida joylashgan 558–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish ishlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.