“FARG‘ONA HETK” AJ
4.85K subscribers
29.3K photos
4.04K videos
4 files
11.5K links
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Elektr ta’minoti, ta’mirlash ishlari, rejalashtirilgan uzilishlar va yangiliklar

instagram https://www.instagram.com/fargona_hetk_aj?igsh=MWVxbmZ3eDBjaDU5NA==
Download Telegram
KENG KO‘LAMLI AVARIYALI UZILISHLAR OLDI OLINMOQDA

Qo‘qon shahri hamda Uchko‘prik hududlarini asosiy qismini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110 kVli yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyali uzilishlarni oldini olish maqsadida mazkur tarmoqlarda bugungi kunda joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mutahassislar tomonidan nosoz izolyatorlarni soz holatga keltirish, salqi simlar tarangligini rostlash, mavjud elektr qurilmalar hamda butlovchi qismlarni mustahkamlash ishlari bajarilmoqda.

Bu bilan, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan va o‘z navbatida uzoq vaqt talab etiladigan avariyalar oldi olinishiga erishilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
“CHIMBOY” MAHALLASIGA YANGI KABEL TARMOG’I TORTILMOQDA

Beshariq tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Chimboy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 557–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga loyiha bo’yicha yangi temir–beton tayanchlari o’rnatilib, kabel tarmog‘ini tortish ishlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
“BO’JAY” QISHLOG’IGA YANGI TEMIR–BETON TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

Rishton tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Bo’jay” qishlog’I hududida joylashgan 434–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish ishlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
“YANGI ARIQ” KO”CHASIDA AMALIY ISHLAR BOSHLANDI

Marg’ilon shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan shaharning “Chorchinor” mahallasi hududidagi Yangi ariq ko’chasidagi iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish ishlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
“OXUNQAYNAR” QISHLOG’IDA ELEKTR UZATISH TARMOQLARI YANGILANMOQDA

O’zbekiston tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Qaynar” mahallasi fuqarolar yig’iniga qarashli “Oxunqaynar” qishlog’idagi iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlari o’rnatish ishlari olib borilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
Президент раислигида видеоселектор йиғилиши бошланди.

Давлатимиз раҳбари давлат активларини хусусийлаштириш бўйича амалга оширилаётган ишлар суръати қониқарсиз эканини таъкидлади.

Жорий йилда давлат активларини хусусийлаштиришдан тушиши прогноз қилинаётган маблағлар кўрсаткичи жуда камлиги, тармоқ ва ҳудудларда ҳанузгача 2 мингта самарасиз ишлатилаётган давлат мулки объектлари мавжудлиги кескин танқид қилинди.

Вилоят ҳокимликлари балансида ҳам йиллар давомида 170 га яқин бўш объектлар сотилмасдан турибди.

Шунинг учун Сирдарё вилояти ҳокими Ғ.Мирзаев ва Хоразм вилояти ҳокими Ф.Эрмановга хусусийлаштириш ишларини
суст ташкил этгани учун ҳайфсан эълон қилинди.

Шунингдек, Давлат активлари агентлигининг Сирдарё, Хоразм ва Бухоро вилоятлари бошқарма бошлиқларини ишдан олиш, трансформация ва хусусийлаштириш ишларини ўз ҳолига ташлаб қўйгани учун “Ўзагросервис” жамияти раиси Р.Хайитовга ҳайфсан эълон қилишга кўрсатма берилди.