“FARG‘ONA HETK” AJ
4.86K subscribers
29.3K photos
4.05K videos
4 files
11.5K links
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Elektr ta’minoti, ta’mirlash ishlari, rejalashtirilgan uzilishlar va yangiliklar

instagram https://www.instagram.com/fargona_hetk_aj?igsh=MWVxbmZ3eDBjaDU5NA==
Download Telegram
SO’X TUMANIDA YANGI TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

So’x tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Sharqobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Hududda amalga oshirilayotgan barcha sa'y–harakatlar, barcha turdagi iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
“CHIMBOY” MAHALLASIGA YANGI TEMIR–BETON TAYANCHLAR O’RNATILIB, KABEL TARMOG’I TORTILMOQDA

Beshariq tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Chimboy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 557–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga yangi temir–beton tayanchlari o’rnatilib, kabel tarmog‘ini tortish ishlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
1959 йилда қурилган Олтиариқдаги подстанция янгисига алмаштирилди. Унинг қуввати қарийб уч баробарга оширилди

Батафсил👉https://vodiy24.uz/oz/blog/3092
QUVA TUMANIDA ELEKTR QURILMALAR MUKAMMAL TA’MIRDAN CHIQARILMOQDA

Quva tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan bugungi kunda hududlardagi mavjud elektr qurilmalarni mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ayni shunday tadbir bugun tumanning “Muydin Xasanov” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 449–sonli transformator punktida ham olib borilmoqda.

Jumladan, elektr qurilmalarni soz holatga keltirish, estetik holatini yaxshilash va moy sathini me’yor darajaga yetkazish ishlari bajarilmoqda.

Bu o‘z navbatida mavjud tarmoqlarni hamda elektr qurilmalarini o‘zoq vaqt sifatli xizmat qilishiga erishiladi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
#jarayon

NOSOZLIKLAR OʼZ VАQTIDА BАRTАRАF ETILMOQDА

Farg'ona shahar elektr taʼminoti korxonasi tomonidan joylarda yuzaga kelgan avariyali uzilishlar, nosozliklarni bartaraf etish boʼyicha oʼz vaqtida, tezkorlik bilan xavfsiz ish tashkil etgan holda tegishli choralar koʼrib kelinmoqda.

Kelib tushgan murojaatlarning har biri to’liq nazoratga olinib, yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish choralari koʼrilmoqda.

Maʼlumot oʼrnida, “Fargʼona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ tomonidan barcha tuman, shahar elektr taʼminoti korxonalarida maxsus brigadalar tashkil etilgan boʼlib, ularning asosiy faoliyati yuzaga kelgan avariyali uzilishlarni qisqa vaqtda xavfsiz ish tashkil etgan holda bartaraf etish hamda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan avariyali uzilishlarning oldini olishga qaratilgan.

“Fargʼona HETK” АJ
matbuot xizmati.
#jarayon

KASB MASHAQQATI

(Farg’ona shahar elektr ta’minoti korxonasi 7– ta’mirlash bo’limi elektromontyorlari. Yangi tayanch uchun chuqur qazish jarayoni)

t.me/farhetk_admin
QASHQAR QISHLOG’IGA YANGI TAYANCHLAR O‘RNATILMOQDA

Quva tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanining “Qashqar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 385-sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanuvchi xonadonlar elektr ta’minoti yangilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Bu kabi ishlar elektr ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlarda davom etmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati