“FARG‘ONA HETK” AJ
4.86K subscribers
29.3K photos
4.05K videos
4 files
11.5K links
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Elektr ta’minoti, ta’mirlash ishlari, rejalashtirilgan uzilishlar va yangiliklar

instagram https://www.instagram.com/fargona_hetk_aj?igsh=MWVxbmZ3eDBjaDU5NA==
Download Telegram
QUVA TUMANIDAGI 3 TA MAHALLA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA

Quva tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan bugungi kunda iste’molchilarni elektr tarmoqlarini yangilash va ularga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish borasida tumanning “Jalayer”, “Kattadehqonobod” hamda “Qashqar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda tumannnig “Jalayer” mahallasi hududida joylashgan 854–sonli transformator punkti orqali elektr enregiyasi bilan ta’minlanuvchi iste’molchilar hududga yangi qurilgan elektr tarmoqlariga ulash ishlari bajarilmoqda.

“Kattadehqonobod” mahallasi hududi yangidan qurilayotgan 10 kVli elektr uzatish tarmog‘i uchun o‘rnatilgan temir–beton tayanchlarga butlovchi qismlarni o‘rnatish ishlari, “Qashqar” mahalla fuqarolar yig‘inida esa yangi temir–beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Bu kabi amaliy ishlar natijasida hududlardagi iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanadi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
.
“NOIB KO’PRIGI” MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

Qo’qon shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanining “Noib ko’prigi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida elektr ta’minotini yangilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan mavjud yangi temir–beton tayanchlariga kabel tortish ishlari ham jadallik bilan bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
.
Forwarded from MINENERGY.UZ
2016 — 2021 йиллар давомида республикамизда ишлаб чиқарилган электр энергиясининг ўсиб бориш кўрсаткичлари

▪️
2016 йилда 59,0 млрд кВт.соат;

▪️2017 йилда 60,7 млрд кВт.соат;

▪️2018 йилда 62,8 млрд кВт.соат;

▪️2019 йилда 63,6 млрд кВт.соат;

▪️2020 йилда 66,4 млрд кВт.соат;

▪️2021 йилда 71,3 млрд кВт.соат.

Ўсиш кўрсаткичи 121 фоизни ташкил қилди.

—————

Темпы роста выработки электроэнергии в стране в 2016 — 2021 гг.

▪️59,0 млрд кВт⋅ч в 2016 году;

▪️60,7 млрд кВт⋅ч в 2017 году;

▪️62,8 млрд кВт⋅ч в 2018 году;

▪️63,6 млрд кВт⋅ч в 2019 году;

▪️66,4 млрд кВт⋅ч в 2020 году;

▪️71,3 млрд кВт⋅ч в 2021 году

Темп роста составил 121%.

▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
RISHTON TUMANIDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Rishton tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan bugungi kunda iste’molchilarning elektr tarmoqlarini yangilash va ularga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish borasida tumanning “Yuqori Avazboy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 226–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanuvchi iste’molchilarni hududga yangi qurilgan elektr tarmoqlariga ulash ishlari bajarilmoqda.

Bundan tashqari, “So‘xobod” mahallasida ham yangidan qurilayotgan 0,4 kVli elektr uzatish tarmog‘i uchun kabel tortish ishlari olib borilmoqda.

Bu kabi amaliy ishlar natijasida hududlardagi iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
SO’X TUMANIDA YANGI TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

So’x tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Sharqobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Hududda amalga oshirilayotgan barcha sa'y–harakatlar, barcha turdagi iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
“CHIMBOY” MAHALLASIGA YANGI TEMIR–BETON TAYANCHLAR O’RNATILIB, KABEL TARMOG’I TORTILMOQDA

Beshariq tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Chimboy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 557–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur hududga yangi temir–beton tayanchlari o’rnatilib, kabel tarmog‘ini tortish ishlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
1959 йилда қурилган Олтиариқдаги подстанция янгисига алмаштирилди. Унинг қуввати қарийб уч баробарга оширилди

Батафсил👉https://vodiy24.uz/oz/blog/3092