“FARG‘ONA HETK” AJ
4.86K subscribers
29.3K photos
4.05K videos
4 files
11.5K links
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Elektr ta’minoti, ta’mirlash ishlari, rejalashtirilgan uzilishlar va yangiliklar

instagram https://www.instagram.com/fargona_hetk_aj?igsh=MWVxbmZ3eDBjaDU5NA==
Download Telegram
FARGʻONA TUMANIDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH BORASIDA TIZIMLI ISHLAR DAVOM ETMOQDA

Farg‘ona tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Novkent” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 17-sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanuvchi iste’molchilar ta’minoti yaxshilanmoqda.

Mutaxassislar tomonidan ushbu hududda yangi tayanchlarni o‘rnatish va yangi elektr tarmoqlariga kabel tortish ishlari bajarilmoqda.

Bundan tashqari tumanda iste’molchilarni elektr ta’minotiga oid murojaatlari ham o‘z vaqtida ijobiy yechim topishi yo‘lida muntazam sa'y–harakatlar davom etmoqda.

Bunga birgina misol tumanning “Satkak” mahalla fuqarolar yig‘inidan kelib tushgan murojaatga asosan, mahalla hududiga belgilangan tartibda tayanchlar o‘rnatish ishlari olib borildi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
.
YUQORI AVAZBOYDA YANGI TRANSFORMATOR ISHGA TUSHIRILDI

Rishton tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Yuqori Avazboy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 226-sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanuvchi iste’molchilar ta’minotini yaxshilash maqsadida hududdagi yangi transformator punktini montaj ishlari yakuniga yetkazilib, foydalanishga topshirildi.

Bu bilan hududdagi mavjud transformator yuklamasi me'yor holga kelib, iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilandi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
.
"ZOHIDON" MAHALLASIDAGI TARMOQLAR JORIY TA’MIRDAN CHIQARILDI

Rishton tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan hududlardagi mavjud 0,4–10 kVli elektr uzatish tarmoqlarini joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish borasida bugungi kunda ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Хususan, tumanning “Zohidon” MFY hududidagi 0,4–10 kVli elektr uzatish havo tarmoqlari joriy ta’mirdan chiqarilmoqda. Mutaxassislar tomonidan havo tarmoqlarini daraxt shoxlaridan tozalash, salqi simlar tarangligini tortish, avariya holatiga kelib qolgan tayanchlarni soz holatga keltirish ishlari olib borilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
.
QUVA TUMANIDAGI 3 TA MAHALLA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA

Quva tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan bugungi kunda iste’molchilarni elektr tarmoqlarini yangilash va ularga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish borasida tumanning “Jalayer”, “Kattadehqonobod” hamda “Qashqar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda tumannnig “Jalayer” mahallasi hududida joylashgan 854–sonli transformator punkti orqali elektr enregiyasi bilan ta’minlanuvchi iste’molchilar hududga yangi qurilgan elektr tarmoqlariga ulash ishlari bajarilmoqda.

“Kattadehqonobod” mahallasi hududi yangidan qurilayotgan 10 kVli elektr uzatish tarmog‘i uchun o‘rnatilgan temir–beton tayanchlarga butlovchi qismlarni o‘rnatish ishlari, “Qashqar” mahalla fuqarolar yig‘inida esa yangi temir–beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Bu kabi amaliy ishlar natijasida hududlardagi iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanadi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
.
“NOIB KO’PRIGI” MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

Qo’qon shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanining “Noib ko’prigi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida elektr ta’minotini yangilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan mavjud yangi temir–beton tayanchlariga kabel tortish ishlari ham jadallik bilan bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
.
Forwarded from MINENERGY.UZ
2016 — 2021 йиллар давомида республикамизда ишлаб чиқарилган электр энергиясининг ўсиб бориш кўрсаткичлари

▪️
2016 йилда 59,0 млрд кВт.соат;

▪️2017 йилда 60,7 млрд кВт.соат;

▪️2018 йилда 62,8 млрд кВт.соат;

▪️2019 йилда 63,6 млрд кВт.соат;

▪️2020 йилда 66,4 млрд кВт.соат;

▪️2021 йилда 71,3 млрд кВт.соат.

Ўсиш кўрсаткичи 121 фоизни ташкил қилди.

—————

Темпы роста выработки электроэнергии в стране в 2016 — 2021 гг.

▪️59,0 млрд кВт⋅ч в 2016 году;

▪️60,7 млрд кВт⋅ч в 2017 году;

▪️62,8 млрд кВт⋅ч в 2018 году;

▪️63,6 млрд кВт⋅ч в 2019 году;

▪️66,4 млрд кВт⋅ч в 2020 году;

▪️71,3 млрд кВт⋅ч в 2021 году

Темп роста составил 121%.

▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
RISHTON TUMANIDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Rishton tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan bugungi kunda iste’molchilarning elektr tarmoqlarini yangilash va ularga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish borasida tumanning “Yuqori Avazboy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 226–sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanuvchi iste’molchilarni hududga yangi qurilgan elektr tarmoqlariga ulash ishlari bajarilmoqda.

Bundan tashqari, “So‘xobod” mahallasida ham yangidan qurilayotgan 0,4 kVli elektr uzatish tarmog‘i uchun kabel tortish ishlari olib borilmoqda.

Bu kabi amaliy ishlar natijasida hududlardagi iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
SO’X TUMANIDA YANGI TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

So’x tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Sharqobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Hududda amalga oshirilayotgan barcha sa'y–harakatlar, barcha turdagi iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.