“FARG‘ONA HETK” AJ
4.87K subscribers
29.4K photos
4.06K videos
4 files
11.5K links
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Elektr ta’minoti, ta’mirlash ishlari, rejalashtirilgan uzilishlar va yangiliklar

instagram https://www.instagram.com/fargona_hetk_aj?igsh=MWVxbmZ3eDBjaDU5NA==
Download Telegram
#jarayon

NOSOZLIKLAR OʼZ VАQTIDА BАRTАRАF ETILMOQDА

Farg'ona shahar elektr taʼminoti korxonasi tomonidan joylarda yuzaga kelgan avariyali uzilishlar, nosozliklarni bartaraf etish boʼyicha oʼz vaqtida, tezkorlik bilan xavfsiz ish tashkil etgan holda tegishli choralar koʼrib kelinmoqda.

Kelib tushgan murojaatlarning har biri to’liq nazoratga olinib, yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish choralari koʼrilmoqda.

Maʼlumot oʼrnida, “Fargʼona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ tomonidan barcha tuman, shahar elektr taʼminoti korxonalarida maxsus brigadalar tashkil etilgan boʼlib, ularning asosiy faoliyati yuzaga kelgan avariyali uzilishlarni qisqa vaqtda xavfsiz ish tashkil etgan holda bartaraf etish hamda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan avariyali uzilishlarning oldini olishga qaratilgan.

“Fargʼona HETK” АJ
matbuot xizmati.
RASMIY MUNOSABAT.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Farg‘ona viloyati Quva tumani markazida joylashgan “Ziyolilar” ko‘chasida yashovchi fuqarolar tomonidan elektr ta’minoti oid yo‘llangan murojaatga asosan, “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi.

Quva tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbariyati hamda mutahassislari ishtirokida murojaatni joyida murojaatchilar ishtirokida o‘rganib chiqib haqiqatdan ham mazkur ko‘cha elektr uzatish tarmoqlari ma’nan eskirgani aniqlandi.

Ushbu muammoni bartaraf etish, yo‘llangan murojaatni ijobiy hal qilish maqsadida “Ziyolilar” ko‘chasiga soz holatda bo‘lgan temir–beton tayanchlari olib kelinib, o‘rnatildi.

Bundan tashqari, elektr uzatish tarmoqlarining fazalar aro yuklamasini teng taqsimlash, salqi simlar tarangligini tortish ishlari ham bajarildi.

Natijada mazkur ko‘chaning elektr ta’minoti yaxshilanib, sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga erishildi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
#jarayon

Joylardagi mavjud elektr qurilmalarni me’yor daraja ishlashi iste’molchilarga sifatli elektr energiyasini yetkazib berishda muhim ahamiyatga ega.

Buning uchun esa belgilangan rejaga asosan elektr qurilmalarni o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tkazish va aniqlangan nosozliklarni o‘z vaqtida soz holatga keltirish lozim.

Quva tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumandagi mavjud elektr qurilmalarni ko‘rikdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

O‘z navbatida mutaxassislar tomonidan elektr qurilmalarni belgilangan me’yor darajada ishlashi, sifatli xizmat ko‘rsatishi ta’minlanmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
.
ACHCHIQKO’L MAHALLASIGA YANGI KABEL TARMOG’I TORTILMOQDA

Qo‘qon shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan shaharning “Achchiqko‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 103–sonli transformator punkti iste’molchilarni elektr energiyasiga bo‘lgan talabi ortishi natijasida o‘ta yuklama bilan ishlab kelayotgan edi.

Ayni vaqtda mazkur transformator punktiga qo‘shimcha yangi zamonaviy transformator punkti o‘rnatilib, mutaxassislar tomonidan 6 kVli kabel tarmog‘ini tortish ishlari olib borilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
.
#jarayon

“OQARIQ” MAHALLASIDAGI XONADONLAR YANGI ELEKTR TARMOGʻIGA ULANMOQDA

Farg‘ona shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan shaharning “Oqariq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 887–sonli transformator punkti hududida yangi qurilgan elektr uzatish kabel tarmog‘iga iste’molchilarni ulash ishlari bajarilmoqda.

Tez orada ushbu hududdagi 100 ga yaqin xonadonlarning elektr ta’minoti yangi elektr uzatish tarmog‘i orqali yetkazib beriladi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
.