“FARG‘ONA HETK” AJ
4.88K subscribers
29.4K photos
4.06K videos
4 files
11.5K links
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Elektr ta’minoti, ta’mirlash ishlari, rejalashtirilgan uzilishlar va yangiliklar

instagram https://www.instagram.com/fargona_hetk_aj?igsh=MWVxbmZ3eDBjaDU5NA==
Download Telegram
МУРОЖААТГА АСОСАН ШЎР МАҲАЛЛАСИДА АМАЛИЙ ИШЛАР БОШЛАНДИ

Қува туманининг Шўр маҳалласидан келиб тушган мурожаатга асосан, Қува туман электр таъминоти корхонаси томонидан мазкур ҳудудга янги темир–бетон таянчлари олиб борилиб, белгиланган лойиҳа асосида ўрнатиш ишлари бошланди.

Бундан ташқари ҳудудга 10 кВли янги тармоқ, 2,0 кмдан ортиқ 0,4 кВли янги электр узатиш кабел тармоғини тортиш ҳамда янги замонавий трансформатор пунктини ўрнатиш ишлари режалаштирилган.

Лойиҳа якуни билан мазкур ҳудуднинг 200 дан ортиқ хонадонларнинг электр таъминотини яхшилашга эришилади.

“Фарғона ҲЭТК” АЖ
матбуот хизмати
.
Farg‘ona shahri ko‘chalari bo‘ylab ulkan bayroq olib o‘tildi

Viloyatimizda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni ko‘tarinkilik bilan bayram qilinmoqda.

Bugun erta tongdan Farg‘ona viloyati hokimligi yonida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligining viloyatdagi harbiy qismlari ofiser, serjant, askarlari va keng jamoatchilik vakillari jam bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan hajmi 1100 kv.m bo‘lgan ulkan bayroq askarlar ko‘magida keng yoyilib, viloyat Tadbirkorlar uyi oldidan Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va konsert saroyigacha bo‘lgan masofaga harbiy orkestr jo‘rligidagi musiqa sadolari ostida olib borildi.

Ushbu jarayonni shahrimiz ko‘chalari bo‘ylab jam bo‘lgan keksa-yu yosh zavq bilan, vatanparvarlik hissi jo‘sh urgan holda kuzatib bordilar.

t.me/fvhokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
no comment | 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 30 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 30-летием образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днем защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!



t.me/farhetk_admin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligiga bag'ishlanadi.

t.me/farhetk_admin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!


t.me/farhetk_admin
#bayram_tabrigi

Qadrli yurtdoshlar! Aziz, yurtimiz posbonlari!

Avvalo, barchangizni O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxona” AJning barcha jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Mamlakatimiz rahbarining oqilona siyosati tufayli yurtimiz xavfsizligini, barqarorligini, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qila oladigan tezkor, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlangan, yuksak tayyorgarlikka ega milliy armiyamiz shakllandi.

Bugun harbiy xizmatni o‘zining kasbi, Vatan oldidagi muqaddas burchi, deb bilgan o‘g‘lonlarimizni sharaflash, ularga ehtirom ko‘rsatish barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Chegaralarimiz daxlsiz, jonajon
Vatanimiz tinch bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

“Farg‘ona HETK” AJ
Bosh direktori A.Saydaliyev
.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!


t.me/farhetk_admin
#jarayon

NOSOZLIKLAR OʼZ VАQTIDА BАRTАRАF ETILMOQDА

Farg'ona shahar elektr taʼminoti korxonasi tomonidan joylarda yuzaga kelgan avariyali uzilishlar, nosozliklarni bartaraf etish boʼyicha oʼz vaqtida, tezkorlik bilan xavfsiz ish tashkil etgan holda tegishli choralar koʼrib kelinmoqda.

Kelib tushgan murojaatlarning har biri to’liq nazoratga olinib, yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish choralari koʼrilmoqda.

Maʼlumot oʼrnida, “Fargʼona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ tomonidan barcha tuman, shahar elektr taʼminoti korxonalarida maxsus brigadalar tashkil etilgan boʼlib, ularning asosiy faoliyati yuzaga kelgan avariyali uzilishlarni qisqa vaqtda xavfsiz ish tashkil etgan holda bartaraf etish hamda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan avariyali uzilishlarning oldini olishga qaratilgan.

“Fargʼona HETK” АJ
matbuot xizmati.
RASMIY MUNOSABAT.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Farg‘ona viloyati Quva tumani markazida joylashgan “Ziyolilar” ko‘chasida yashovchi fuqarolar tomonidan elektr ta’minoti oid yo‘llangan murojaatga asosan, “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi.

Quva tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbariyati hamda mutahassislari ishtirokida murojaatni joyida murojaatchilar ishtirokida o‘rganib chiqib haqiqatdan ham mazkur ko‘cha elektr uzatish tarmoqlari ma’nan eskirgani aniqlandi.

Ushbu muammoni bartaraf etish, yo‘llangan murojaatni ijobiy hal qilish maqsadida “Ziyolilar” ko‘chasiga soz holatda bo‘lgan temir–beton tayanchlari olib kelinib, o‘rnatildi.

Bundan tashqari, elektr uzatish tarmoqlarining fazalar aro yuklamasini teng taqsimlash, salqi simlar tarangligini tortish ishlari ham bajarildi.

Natijada mazkur ko‘chaning elektr ta’minoti yaxshilanib, sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga erishildi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.