“FARG‘ONA HETK” AJ
4.87K subscribers
29.5K photos
4.07K videos
4 files
11.5K links
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Elektr ta’minoti, ta’mirlash ishlari, rejalashtirilgan uzilishlar va yangiliklar

instagram https://www.instagram.com/fargona_hetk_aj?igsh=MWVxbmZ3eDBjaDU5NA==
Download Telegram
“NOSIROBOD” MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANDI

Quvasoy shahar “Nosirobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolar tomonidan elektr ta’minotiga oid murojaatga asosan, Quvasoy shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan hududdagi mavjud elektr qurilmalar hamda elektr uzatish tarmog‘i to‘liq ko‘rikdan o‘tkazildi.

Mutahassislar tomonidan elektr uzatish tarmog‘ida salqi simlar tarangligini rostlash, yuklamalarni teng taqsimlash hamda hududdagi transformator punktida aniqlangan nosozliklarni soz holtaga keltirish ishlari amalga oshirilib, kuchlanish me’yor holatga keltirildi.
Bu bilan hududdagi iste’molchilarning elektr ta’minoti sifatini yaxshilanib, murojaat ijobiy yechim topdi.

Ma’lumot o‘rnida hududda joriy yilning 2–choragidan mavjud elektr tarmoqlarni yangilash va modernizatsiya qilish ishlari boshlanadi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
NOSOZLIK BARTARAF ETILDI

Kuni kecha O‘zbekiston, Beshariq hamda Furqat tumanlarining ayrim hududlarining elektr ta’minotida qisqa muddatda uzilishlar kuzatildi.

Sababi, kecha soat 11:57da 110 kVli "Л-Яуз" yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida avariyali uzilish sodir bo‘lgan.

Vujudga kelgan nisozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilib, hududga Tezkor chiqish brigadalari faoliyat olib borib, yuqori kuchlanishli 110 kVli "L-YAUZ" elektr uzatish tarmog‘ining 10–11 tayanchlari o‘rtasida vujudga kelgan nosozlik bataraf etilgan.

Tarmoqqa shu kuni soat 12:54 vaqti bilan kuchlanish berilgan va soz holatda ulangan.

"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
Forwarded from Region | Fergana
#Фарғона_шаҳри

Фарғона шаҳрида 2021 йилда 70,1 км электр тармоқлари реконструкция қилинди

Каналга уланиш:👇
@RegionF
Forwarded from Farg’ona | Kun.uz
Oltiariq, Qo‘shtepa hamda Farg‘ona tumanlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi

Oltiariq tumanida joylashgan 110/35/10 kVli “Oltiariq” nimstansiyasidagi mavjud quvvati 15 000 kVА bo‘lgan kuch transformatori quvvati 40 000 kVА kuch transformatoriga almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan, 11-yanvar kuni Oltiariq, Qo‘shtepa hamda Farg‘ona tumanining ayrim hududlarida vaqtinchalik elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.

➡️ Farg‘ona xabarlari
#jarayon

"Oltiariq" podstantsiyasi quvvati oshirilmoqda.

Ayni vaqtda Oltiariq, Qo‘shtepa hamda Farg‘ona tumanlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Oltiariq" podstantsiyasida quvvati 15 000 kVA bo‘lgan kuch transformatori quvvati 40 000 bo‘lgan kuch transformatoriga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu jarayonga "Farg‘ona hydudiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJning barcha zarur bo‘lim, xizmatlaridan tashkil topgan 70 nafardan ortiq mutaxassislar, 10 ga yaqin maxsus yengil va og‘ir yuk ko‘tarishga mo‘ljallangan transportlar jalb qilingan.

Tez orada yangi kuch transformatorini o‘rnatish ishlari yakuniga yetkazilib, yangi kuch transformatori ishga tushiriladi.

"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali, Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri "Bahrin" mahallasi Mustaqillik ko‘chasi 16-uy oldidagi joylashgan simyog‘och bir tomonga og‘ib qolganligi yuzasidan yo‘llangan murojaat "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan nazoratga olindi.

Mazkur nosoz tayanch 110/35/6 kVli "Joybozor" podstantsiyasidan chiquvchi 6 kVli "Bahrin" elektr uzatish tarmog‘idan ta'minlanuvchi 0,4 kVli elektr uzatish xavo tarmog‘ining tayanchi xusoblanib, elektr simlarining tortilishi natijasida tayanchda og‘ish yuzaga kelgan.

Marg‘ilon shahar elektr ta'minoti korxonasi tomonidan tez orada mazkur tayanch soz xolatga keltirilishini ma'lum qilamiz.

"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati
YANA BIR YANGI ELEKTR UZATISH TARMOQLARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILADI

Rishton tumanining “Yukori Avazboy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 226-sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanuvchi xonadonlar elektr ta’minoti yangilanmoqda.

Shu kunga qadar hududga loyiha asosida yangi temir–beton tayanchlari o‘rnatilib yakuniga yetkazilgan bo‘lsa, ayni vaqtda yangi tarmoq uchun kabel tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

Tez orada, hashar yo‘li qurilgan elektr tarmoqlari o‘rniga yangi zamonaviy elektr tarmoqlari foydalanishga topshiriladi.

Bu bilan hududdagi 100 ga yaqin xonadonlarning elektr ta’minoti sifati ortishiga erishiladi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati