“FARG‘ONA HETK” AJ
4.86K subscribers
29.5K photos
4.08K videos
4 files
11.5K links
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Elektr ta’minoti, ta’mirlash ishlari, rejalashtirilgan uzilishlar va yangiliklar

instagram https://www.instagram.com/fargona_hetk_aj?igsh=MWVxbmZ3eDBjaDU5NA==
Download Telegram
TOSHLOQ TUMANNING “ZARKENT” HAMDA “CHUQUR” MAHALLALARIDAGI 6 TA KO’CHA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA.

Iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash hamda ularga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida joylardagi mavjud elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, birgina Toshloq tumanining “Zarkent” hamda “Chuqur” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida joylashgan jami 6 ta ko‘chaning elektr uzatish tarmoqlari yangilanmoqda.

Bu kabi joylarda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar zamirida hududdagi 200 dan ortiq iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Hududda elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda.

“Fargʼona HETK” АJ
matbuot xizmati.
“8 yanvar—Prokuratura organlari xodimlari kuni”

Qadrli huquqni muhofaza qiluvchi prokuratura xodimlari!

Barchangizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana “8 yanvar—Prokuratura organlari xodimlari kuni” bilan «Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ rahbariyati hamda barcha jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarga, oilaviy baxt, sog‘lik omonlik va albatta ishlaringizga ulkan zafarlar tilab qolamiz.


"Farg‘ona HETK" AJ
jamoasi
QURILMALARNING SOZ HOLATDA ISHLASHI DOIMIY NAZORATDA

Farg‘ona shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan shahar hududidagi mavjud elektr qurilmalar, elektr uzatish kabel, havo tarmoqlari hamda transformator punktilarinng soz holatda ishlashi muntazam nazoratdan o‘tkazilmoqda.

Jumladan, joylardagi mavjud transformator punktlari muntazam ko‘rikdan o‘tkazilib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklar oldi olinmoqda.

Mutaxassislar tomonidan qurilmalarning moy sathi tekshirilib, me’yor darajasiga keltirilmoqda.

Bu bilan, qurilmalarni soz holatda, sifatli ishlashi ta’minlanmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
QUM MAHALLASIDAGI O‘ZGARISHLAR

Buvayda tumanining “Qum” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 76–sonli transformator punkti yillar davomida iste’molchilarning sonini ortishi hamda elektr energiyasiga bo‘lgan talabning ortishi natijasida o‘ta yuklama bilan ishlab kelayotgan edi.

Hududdagi iste’molchilarning murojaatlariga asosan, bugun mazkur hududga yangi elektr uzatish tarmog‘i tortilib, o‘ta zo‘riqish bilan ishlab kelayotgan transformator punktiga qo‘shimcha yangi transformator punkti o‘rnatildi.

Ayni vaqtda mutahassislar tomonidan yakuni ymotaj ishlari olib borilib, iste’molchilarga foydalanish uchun topshirilmoqda.

Bu bilan, mahallaninng 150 dan ortiq xonadonining elektr ta’minoti yaxshilanadi.

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati
“XOSILOT” MAHALLASIDA YANGI TRANSFORMATOR, “NOVKENT” MAHALLASIDA ESA YANGI TARMOQ FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Farg‘ona tumanidagi 57 mingga yaqin elektr energiyasi iste’molchilari 15 dona podstansiya, 1 576 km uzunlikdagi 0,4-6-10 kVli elektr uzatish tarmoqlari hamda 780 dona turli quvvatdagi transformator punktlari orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

Tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning xar bir hududidagi mavjud elektr uzatish tarmoqlari hamda transformator punktlari to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilib, ta’minotidagi o‘ta og‘ir hududlarda elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Batafsil

“Farg‘ona HETK” AJ
matbuot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Сифатли электр таъминоти билан таъминлаш ишлари давом этмоқда

🔷Тошлоқ тумани "Чуқурқишлоқ" маҳалла фуқаролар йиғинида туман электр тармоқлари корхонаси томонидан қурилиш-монтаж ишлари олиб борилмоқда.

🔷Ҳозирги кунга қадар 1 та трансформатор, 50 та бетон таянч устунлар ўрнатилди ва 2500 метр тармоқ тортилди.

🔷Шунингдек, аҳолига сифатли электр таъминотини етказиб бериш мақсадида яна битта трансформатор ва 50 та бетон-таянч устунларини ўрнатиш ҳамда 2500 метр замонавий кабель тортилиши белгиланган.

Тошлоқ тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
Жамоатчилик муҳокамасида фаол бўлинг! Фикр билдиринг!

👉🏻 2022-2026.strategy.uz

Каналимизга обуна бўлинг 👉🏻
https://t.me/dscuzbekistan

https://t.me/YangiTaraqqiyotStrategiyasi

Марказ расмий саҳифалари
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Youtube