O’zbekiston tuman elektr taʼminoti korxonasi mutaxassislari tomonidan tumanning “Mo’yimuborak” mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan 799-sonli transformator punktida joriy taʼmirlash ishlari olib borildi.
Taʼmirlash jarayonida transformator punktining texnik holati atroflicha koʻzdan kechirilib, zarur profilaktik va taʼmirlash ishlari bajarildi.
Mutaxassislar tomonidan elektr uskunalari soz holatga keltirilib, kontakt birikmalari tekshirildi, eskirgan qismlar almashtirildi hamda transformator punktining ishonchli va xavfsiz ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
Bugundan respublikamiz bo‘ylab oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlariga rasman start berildi. Bir necha yuz minglab abituriyentlarning bilim va salohiyati sinovdan o‘tadigan ushbu mas'uliyatli jarayonni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.
Xususan, viloyat hududidagi barcha test sinovlari o‘tkaziladigan binolar va ularga tutash elektr ta'minoti tizimlari mutaxassislar tomonidan to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. Aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilib, elektr tarmoqlarining ishonchli ishlashi ta'minlandi.
Yuklama yuqori bo‘lishi ehtimoli inobatga olinib, ayrim hududlardagi mavjud transformator punktlari yuqori quvvatli transformatorlarga almashtirildi. Shuningdek, favqulodda holatlarda elektr ta'minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida zaxira generator qurilmalari to‘liq texnik ko‘rikdan chiqarilib, ishchi holatga keltirildi hamda doimiy shay holatda saqlanmoqda.
Bundan tashqari, test sinovlari davomida tezkor harakat qilish uchun malakali elektromontyorlar va maxsus texnikalardan iborat navbatchi brigadalar tashkil etilib, barcha hududlarda doimiy navbatchilik yo‘lga qo‘yildi. Har qanday nosozlikni imkon qadar qisqa muddatda bartaraf etish uchun barcha zarur kuch va vositalar safarbar etilgan.
"Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ jamoasi test sinovlari ishtirokchilari uchun qulay va barqaror sharoit yaratishga o‘zining munosib hissasini qo‘shishda davom etadi.
Aziz abituriyentlar! Sizlarga bugungi mas'uliyatli sinovlarda ulkan muvaffaqiyat, yuksak natijalar va orzu qilgan oliy ta'lim muassasasiga talaba bo‘lish baxtini tilaymiz.
Qilgan mehnatingiz va tinimsiz izlanishlaringiz o‘z samarasini bersin.
Omad sizga yor bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda yozgi elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildi
Yurtimizda kuzatilayotgan yuqori issiq havo sharoitida O‘zbekiston yagona energetika tizimida yozgi mavsum uchun elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekordlar qayd etildi.
Xususan, 13-iyul kuni sutkalik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 281,5 million kVt·soatni tashkil etdi.
Respublika bo‘yicha sutkalik elektr energiyasi iste’moli esa 278,6 million kVt·soatga yetdi. Bu o‘tgan yozgi mavsumda qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdan 6 million kVt·soatga yoki 2,2 foizga ko‘p. Ma’lumot uchun, avvalgi yozgi rekord 2025-yil 18-iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda sutkalik iste’mol 272,6 million kVt·soatni tashkil qilgan edi.
Bundan tashqari, havo haroratining oshishi munosabati bilan yaqin kunlarda elektr energiyasi iste’moli va tizim yuklamasi bo‘yicha yangi rekord ko‘rsatkichlar qayd etilishi kutilmoqda.
Yuqori iste’mol davrida elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash maqsadida energetika korxonalari tomonidan kuchaytirilgan ish rejimi joriy etilgan. Hududlarda navbatchilik asosida faoliyat yurituvchi maxsus avariya-ta’mirlash brigadalari elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.
Ayrim hududlarda elektr tarmoqlarida yuzaga kelayotgan texnik nosozliklar sababli elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Shuningdek, barcha iste’molchilardan elektr energiyasidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishlarini so‘raymiz.
Ayniqsa, eng yuqori yuklama soatlarida zarurat bo‘lmagan elektr jihozlarini o‘chirib turish orqali har birimiz elektr tarmoqlariga tushayotgan yuklamani kamaytirish, elektr ta’minoti barqarorligini saqlash hamda uzilishlarning oldini olishga munosib hissa qo‘shishimiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mutolaa_vaqti
📚 “Farg’ona HETK” AJda mutolaa vaqti….
🔴 “TUNGI CHINQIRIQ”
📗 “Bir xatoning ming jafosi” kitobidan.
⚡️ t.me/farhetk_admin
📗 “Bir xatoning ming jafosi” kitobidan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏1
Yozning jazirama kunlari. Harorat tobora ko‘tarilayotganiga qaramay, elektr ta'minoti tizimida mehnat sur'ati bir lahzaga ham pasaygani yo‘q. Aholidan kelib tushayotgan har bir murojaat sinchkovlik bilan o‘rganilib, muammolar amaliy ishlar orqali bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda. Chunki energetiklar uchun eng muhim vazifa — har bir xonadonga sifatli, barqaror va uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berishdir.
Ana shunday ezgu maqsad yo‘lida Farg‘ona shahrining "Yoshlar" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ham navbatdagi muhim loyiha amalga oshirilmoqda.
Mahalla aholisining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish, tarmoqdagi yuklamani me'yorlashtirish hamda elektr ta'minoti sifatini yanada yaxshilash maqsadida quvvati 400 kVA bo‘lgan yangi transformator punkti o‘rnatildi.
Hozirgi kunda Farg‘ona shahar elektr ta'minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan transformator punktini elektr tarmoqlariga ulash, montaj va sozlash ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Issiq havo, yuqori harorat yoki murakkab mehnat sharoiti energetiklarning fidoyiligiga to‘sqinlik qilmayapti. Zero, har bir bajarilayotgan ish ortida minglab xonadonlarning yorug‘ligi, yuzlab tadbirkorlik subyektlarining barqaror faoliyati va aholi farovonligi mujassam.
Mazkur transformator punkti ishga tushirilgach, hududdagi elektr ta'minotining ishonchliligi yanada ortadi, kuchlanish sifati barqarorlashadi hamda iste'molchilarga yanada sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyati kengayadi.
Energetiklar uchun faslning issig‘i yoki sovug‘i muhim emas. Muhimi — xalq ishonchini oqlash, har bir murojaatga amaliy yechim topish va elektr ta'minotining uzluksizligini ta'minlashdir. Shu bois tizimdagi bunyodkorlik va modernizatsiya ishlari kecha-yu kunduz, bir soniya ham to‘xtamasdan davom etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning dasturiy kompleks hamda axborot tizimlari joylashtirilgan server infratuzilmasini yangilash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Elektr energiyasini sotishni avtomatlashtirish markazi” filiali faoliyatida bugun soat 23:55 dan 15-iyul soat 06:00 ga qadar texnik tanaffus eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.
Shu sababli, mazkur vaqt oralig‘ida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning "1154" qisqa raqamli Call-markazi, iste’molchilarning elektr energiyasi balansi hamda qoldiq haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlashda vaqtincha to‘xtatilishlar bo‘lishini ma’lum qilamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
#tezkor
#15_07_2026
HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI
📌 MARG‘ILON SHAHRI HAMDA QO‘SHTEPA TUMANI
Bugun, soat 08:00dan 09:00ga qadar Marg‘ilon shahri hamda Qo‘shtepa tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Atlas" podstansiyasida qisqa muddatli taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 OLTIARIQ, BAG‘DOD HAMDA BUVAYDA TUMANLARI
Bugun, 08:00dan 09:00ga qadar Oltiariq, Bag‘dod hamda Buvayda tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Markaz" podstansiyasida qisqa muddatli taʼmirlash ishlari bajariladi;
Yuqoridagi hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.
Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!
"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.

#16_07_2026
HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI
📌 FARG‘ONA SHAHRI QIRGULI MAVZESI
Bugun, soat 08:00dan 10:30ga qadar Farg‘ona shahri Qirguli mavzesining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Vatan" podstansiyasidan chiquvchi "Barkamol" hamda "Bunyodkor" elektr uzatish tarmog‘ining boshlanish qismida taʼmirlash ishlari bajariladi;

❤5👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vatan_madhi
FARGʻONA TONGI
O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo she’ri.
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Qilichbek Tojiyev ijrosida.
Ko‘ring, vodiylarni yayov kezganda
Ko‘ngilda iftixor shohona bo‘ldi.
Munavvar tong otdi O‘zbekistonda,
Farg‘ona ham endi Farg‘ona bo‘ldi.

“E-DALOLATNOMA” – SHAFFOF NAZORAT VA RAQAMLI BOSHQARUV SARI MUHIM QADAM
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “E-dalolatnoma” axborot tizimi amaliyotga joriy etildi.
Mazkur zamonaviy tizim elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan dalolatnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirish imkonini beradi. Bu esa nazorat tadbirlarini yanada tezkor, aniq va shaffof tashkil etishga xizmat qilmoqda.
“E-dalolatnoma” tizimining joriy etilishi natijasida qog‘oz hujjatlar aylanmasi bosqichma-bosqich qisqartirilib, barcha jarayonlar raqamli platforma orqali yuritiladi.
Shuningdek, dalolatnomalarni rasmiylashtirishdagi inson omili kamayib, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash hamda nazorat samaradorligini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Bugungi kunda energetika sohasida amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiya jarayonlari iste’molchilar bilan ishlash sifatini yangi bosqichga olib chiqmoqda. “E-dalolatnoma” tizimi esa ushbu islohotlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, elektr energiyasidan oqilona va qonuniy foydalanishni ta’minlash, davlat nazoratining ochiqligi va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

👍4❤2👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM