“FARĞONA HETK” AJ
5.07K subscribers
33.4K photos
5K videos
4 files
13.7K links
⚡️ Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali

🔧 Elektr ta’minoti
🛠 Ta’mirlash ishlari
📢 Rejalashtirilgan uzilishlar
📰 Yangiliklar

📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Download Telegram
#tezkor
#26_06_2026

HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI

📌 QUVASOY SHAHRI

Bugun, soat 08:00dan 12:00ga qadar Quvasoy shahrining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-KP" elektr uzatish tarmog‘ida taʼmirlash ishlari bajariladi;

📌 BUVAYDA TUMANI

Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Buvayda tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Buvayda" podstansiyasida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi;

📌 MARG‘ILON SHAHRI HAMDA TOSHLOQ TUMANI

Bugun, 09:00dan 11:00ga qadar Marg‘ilon shahri hamda Toshloq tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Marg‘ilon" podstansiyasida qisqa muddatli taʼmirlash ishlari bajariladi;

📌 QUVA TUMANI

Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Quva tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Navro‘z" podstansiyasida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi;

Yuqoridagi hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!

"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
26-IYUN – XALQARO GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH KUNI

Bugun dunyo hamjamiyati insoniyat kelajagiga jiddiy tahdid solayotgan eng xavfli illatlardan biri bo‘lmish giyohvandlikka qarshi murosasiz ekanligini yana bir bor namoyon qilmoqda.

26-iyun – nafaqat sana, balki har birimizni ogohlikka, mas’uliyatga va befarq bo‘lmaslikka chaqiruvchi kundir.

Kelajagimiz, farzandlarimiz va jamiyatimiz farovonligi uchun asr vabosiga qarshi kurashda birlashaylik. Zero, sog‘lom jamiyat – sog‘lom kelajak poydevoridir.

Giyohvandlikka qarshi kurash esa har birimizdan boshlanadi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Avval xabar berilganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri hamda Taxtako‘pir tumanidagi “Qarateren” etno-turistik majmuasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Yoshlar forumi o‘tkazildi.

Tafsilotlar "O‘zbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" yangiliklar dasturi lavhasida.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
📌📌📌📌📌📌

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigi

Qadrli doʻstlar!

Siz, azizlarni – mamlakatimizning bosma va internet nashrlari, teleradiokanallar, axborot va media xizmatlarida, nashriyot va matbaa korxonalarida sidqidildan mehnat qilayotgan ijodiy va texnik xodimlarni, zahmatkash jurnalistlar, muhtaram faxriylarni kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Men sizlarni – yuksak bilim va salohiyatga ega, vatanparvar barcha jurnalistlarni oʻzim uchun doimiy maslakdosh, jonkuyar doʻst deb bilishimni yana bir bor izhor etaman.


Batafsil

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
#tezkor
#27_06_2026

HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI

📌 BESHARIQ TUMANI

Bugun, soat 09:00dan 11:00ga qadar Beshariq tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-YaKB" elektr uzatish tarmog‘ida qisqa muddatli taʼmirlash ishlari bajariladi;

Yuqoridagi hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!

"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
#bayram_tabrigi

27-IYUN – MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI MUBORAK!

Hurmatli jurnalistlar, matbuot kotiblari, blogerlar hamda ommaviy axborot vositalari sohasining fidoyi vakillari!

Sizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Jamiyatda ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, islohotlar mazmunini xalqimizga xolis va tezkor yetkazish, odamlar bilan davlat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz yuksak e'tirofga loyiq.

Sizlarning kasbiy mahoratingiz, xolis so‘zingizy va mas'uliyatli faoliyatingiz yurtimiz taraqqiyoti hamda xalq manfaatlariga xizmat qilishda muhim o‘rin tutadi.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, ijodiy ilhom, kasbiy yutuqlar, oilaviy baxt va farovonlik tilayman. Yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi sharafli faoliyatingiz bardavom bo‘lsin!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Azizbek Rasuljonovich Saydaliyev

"Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ bosh direktori
👏2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
FINALCHILAR ANIQ BO‘LDI!

10-iyundan 10-iyulga qadar o‘tkazilayotgan "Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi" doirasida “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan tashkil etilgan “Kasb mahorati” tanlovining finalchilari aniq bo‘ldi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤1
#tezkor
#29_06_2026

HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI

📌 BUVAYDA TUMANI

Bugun, soat 09:00dan 17:00ga qadar Buvayda tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "G‘alaba" podstansiyasida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi;

Yuqoridagi hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!

"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
KASB MAHORATI SINOVDAN O‘TDI: ENG KUCHLI ANIQLANDI

“Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan "Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi" doirasida Bag‘dod tuman elektr ta’minoti korxonasida elektromontyorlar o‘rtasida "Kasb mahorati" musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.

Unda viloyatimizning Qo‘qon shahri, Oltiariq, Rishton, Uchko‘prik, Dang‘ara, Furqat, O‘zbekiston, Beshariq, Buvayda hamda mezbon Bag‘dod tuman elektr ta’minoti korxonalaridan tuzilgan jamoalar o‘zaro kuch sinashdi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar bir nechta muhim yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

Xususan, jamoalar texnik tayyorgarlik, jarohatlangan xodimga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda elektr qurilmalarida yuzaga kelgan yong‘inlarni tezkor va to‘g‘ri bartaraf etish shartlari bo‘yicha bellashdilar. Har bir bosqichda ishtirokchilarning kasbiy mahorati, xavfsizlik texnikasi talablariga qat’iy rioya etishi, tezkorligi va jamoaviy hamkorligi hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi.

Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad elektromontyorlarning kasbiy salohiyatini yanada oshirish, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish madaniyatini mustahkamlash, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirishdan iborat bo‘ldi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Bag‘dod tuman elektr ta’minoti korxonasi jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Oltiariq tuman elektr ta’minoti korxonasi jamoasi 2-o‘rin, Uchko‘prik tuman elektr ta’minoti korxonasi jamoasi esa 3-o‘rinni egalladi.

G‘olib jamoalar musobaqaning keyingi bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.

Mazkur musobaqa elektr ta’minoti tizimida mehnat qilayotgan xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish, xavfsiz mehnat madaniyatini mustahkamlash va iste’molchilarga sifatli hamda uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishda xizmat qilayotgan mutaxassislarning bilim va tajribasini yanada boyitishga xizmat qilmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ENERGIYA SAMARADORLIGI VA QONUNIYLIK MASALALARI TANQIDIY TAHLIL QILINDI

Prezident Administratsiyasining topshirig‘iga asosan Respublika ishchi guruhi tomonidan "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJda tegishli tashkilotlar mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda energiya samaradorligini oshirish, elektr energiyasi va tabiiy gaz resurslarini tejash, ulardan oqilona foydalanish, noqonuniy iste'mol holatlarining oldini olish, debitor qarzdorlikni qisqartirish hamda tarmoqlarda yo‘qotishlarni kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–70-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 242-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi tanqidiy tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan ko‘rsatkichlarga o‘z vaqtida erishish yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida energiya resurslarini asrash, iste'mol madaniyatini oshirish, qonunbuzilishlarning oldini olish hamda belgilangan vazifalarning sifatli ijrosini ta'minlash bo‘yicha nazoratni yanada kuchaytirish zarurligi alohida ta'kidlandi.
 
⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1