“FARG‘ONA HETK” AJ
3.24K subscribers
30K photos
4.19K videos
4 files
11.8K links
Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali

🔧 Elektr ta’minoti
🛠 Ta’mirlash ishlari
📢 Rejalashtirilgan uzilishlar
📰 Yangiliklar

📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Download Telegram
#Gʻalaba

“Neftchi” — O‘zbekiston Superkubogi–2026 g‘olibi!


Bugun Andijon shahridagi “Bobur Arena” o‘yingohida mamlakatimizning ikki grand jamoasi — Farg‘onaning “Neftchi” hamda Toshkentning “Paxtakor” klublari maydonga tushdi.

Uchrashuv boshlanishidanoq stadionda haqiqiy futbol bayrami hukm surdi. Minglab ishqibozlar tribunalarni to‘ldirib, jamoalarni qizg‘in qo‘llab-quvvatlashdi. Ayniqsa, “Neftchi” muxlislarining faolligi va sadoqati alohida ko‘zga tashlandi — ular o‘yin davomida jamoani tinimsiz ruhlantirib turishdi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida Ferreira Ratinyo aniq zarba bilan raqib darvozasini ishg‘ol etib, “Neftchi”ni hisobda oldinga olib chiqdi — 1:0.

Ikkinchi bo‘lim ham juda shiddatli va kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Har ikki jamoa ham raqib darvozasi oldida qator xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Biroq “Neftchi” ustunlikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, murakkab va shiddatli bahsda sevimli “Neftchi” jamoamiz “Paxtakor”ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi–2026 g‘olibi bo‘ldi.

Superliganing amaldagi chempioni "Neftchi" mavsumni muhim sovrin bilan boshlab, o‘z muxlislariga unutilmas quvonchlarni taqdim etdi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
#tezkor
#16_03_2025

HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI

📌 MARG‘ILON SHAHRI

Bugun, 09:00dan 13:00ga qadar Marg‘ilon shahrining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Farg‘ona" podstansiyasidan chiquvchi "Xo‘jamag‘iz" elektr uzatish tarmog‘ida taʼmirlash ishlari bajariladi;

📌 TOSHLOQ TUMANI

Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Toshloq tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Toshloq" elektr uzatish tarmog‘ida nosoz izolyatorlarni yangilash va taʼmirlash ishlari bajariladi;

📌 BAG‘DOD TUMANI

Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Bag‘dod tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Markaz" podstansiyasida taʼmirlash ishlari bajariladi;

📌 O‘ZBEKISTON TUMANI

Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar O‘zbekiston tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Xotamtoy" podstansiyasida mukammal taʼmirlash ishlari bajariladi;

Hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!

"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
🤔ELEKTR TA’MINOTI SAMARADORLIGI – NAZORAT VA AMALIY ISHLAR MARKAZIDA

Farg‘ona viloyatida elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini oshirish, tarmoqlardagi texnologik yo‘qotishlarni kamaytirish hamda iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar doimiy nazoratda. Shu doirada Toshloq tumanida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi elektr tarmoqlarida yuklamalarni maqbul taqsimlash, iste’molchilarning fazalararo yuklamalarini tenglashtirish orqali tarmoq barqarorligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, elektr energiyasi hisobini yanada aniq yuritish maqsadida elektr hisoblagichlarni mansublik chegarasiga olib chiqish hamda transformator punktlari (TP) balansini shakllantirish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi.

Mutasaddi tashkilotlar va soha mutaxassislari bilan o‘tkazilgan muhokamalar davomida elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, yo‘qotishlarni qisqartirish va iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasining sifatini yanada oshirish yuzasidan zarur tavsiyalar hamda tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar hududlarda elektr ta’minotini yanada takomillashtirish, tizim samaradorligini oshirish hamda energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#radio

🎙 FM_90.8 “Farg'ona” radiosi
🎙“Yangiliklar” informatsion dasturi

“Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ avtoparkiga zamonaviy elektromobillar olib kelindi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉1
⚡️ ENERGETIKLAR XIZMATIDA ZAMONAVIY ELEKTROMOBILLAR

👉 Batafsil: https://uza.uz/uz/posts/831383

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Tarixiy g'alaba! Betakror lahzalar!

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32👏1
🟢“ZARKENT” PODSTANSIYASIDA AMALGA OSHIRILGAN TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI

Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida joylashgan “Zarkent” podstansiyasida elektr energiyasi tarmoqlarida texnologik yo‘qotishlarni qisqartirish hamda tizim samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida podstansiyada olib borilgan ta’mirlash va texnik yangilash ishlari bosqichma-bosqich tahlil qilindi. Mutaxassislar tomonidan elektr energiyasini iste’molchilarga uzluksiz va sifatli yetkazib berish, shuningdek elektr energiyasi hisobini aniq yuritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar alohida ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda texnologik yo‘qotishlarni yanada kamaytirish masalalari yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#respublika_ishchi_guruhi

⚡️ ELEKTR ENERGIYASI YO‘QOTISHLARINI KAMAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda elektr energiyasi ta’minoti tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, soha samaradorligini oshirish hamda tarmoqlardagi texnik va tijoriy yo‘qotishlarni kamaytirishga bag‘ishlangan kengaytirilgan profilaktik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda Bosh prokuratura hamda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning mas’ul vakillari ishtirok etib, Farg‘ona viloyatida elektr energiyasi ta’minoti jarayonida uchrayotgan kamchiliklar, ularning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, elektr tarmoqlarida yuzaga kelayotgan texnik hamda tijoriy yo‘qotishlarni qisqartirish, elektr energiyasidan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, noqonuniy ulanishlar hamda qarzdorlik holatlarining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada nazorat mexanizmlarini yanada kuchaytirish, hududlarda tizimli o‘rganishlar olib borish hamda muammolarni joyida hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida ishchi guruh mas’ullariga tegishli topshiriqlar berilib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, ijro intizomini mustahkamlash hamda elektr ta’minoti tizimida samaradorlikni oshirish bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar berildi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1