Iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror hamda sifatli ta’minlash, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga 30 ta, “Energosavdo” Farg’ona bo’limiga esa 4 ta zamonaviy elektromobillar topshirildi.
Mazkur transport vositalari energetika tizimida xizmat ko‘rsatish tezkorligini oshirish, mutaxassislarning elektr ta’minoti obyektlariga qisqa vaqt ichida yetib borishini ta’minlash hamda ishlab chiqarish jarayonlarini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Bu esa hududlarda elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalarga tezkor munosabat bildirish imkonini yaratadi.
Ayniqsa, elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish, profilaktik ko‘rik va texnik xizmat ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirishda ushbu elektromobillar muhim ahamiyat kasb etadi.
Transport vositalarining yana bir afzalligi shundaki, ular brigada a’zolari bilan bir qatorda zarur elektr jihozlari va uskunalarni ham bir vaqtning o‘zida manzilga yetkazish imkonini beradi. Bu esa avariya holatlariga tezkor javob qaytarish va ish jarayonini samarali tashkil etishda muhim omil hisoblanadi.
Shuningdek, ekologik toza transport vositalaridan foydalanish atmosferaga chiqariladigan zararli chiqindilarni kamaytirishga xizmat qilib, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini qo‘llab-quvvatlashga munosib hissa qo‘shadi.
Bugungi kunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sohada zamonaviy texnika va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ish jarayonlarini takomillashtirish hamda xodimlar faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Mazkur sa’y-harakatlar esa hududlarda elektr ta’minoti barqarorligini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏9❤1👍1🔥1
#tezkor
YUZAGA KELISHI MUMKIN BO‘LGAN NOSOZLIKNI OLDINI OLISH CHORALARI KO‘RILADI
Yozyovon tumanining asosiy qismini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi "Xonobod" podstansiyasida bugun soat 23:00 dan 00:30 ga qadar kechiktirib bo‘lmaydigan qisqa muddatli taʼmirlash ishlari bajariladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida tuman hududlarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi.
Qisqa muddatli taʼmirlash ishlari vaqtida taʼminotdagi uzilish uchun uzr so‘raymiz!
⚡️ t.me/farhetk_admin

👍2🔥1
#tezkor
#12_03_2025
HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI
📌 MARG‘ILON SHAHRI, FARG‘ONA HAMDA QO‘SHTEPA TUMANLARI
Bugun, 09:00dan 12:00ga qadar Marg‘ilon shahri, Farg‘ona hamda Qo‘shtepa tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Atlas" elektr uzatish tarmog‘ida nosoz izolyatorlarni yangilash va taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 FARG‘ONA, QO‘SHTEPA, TOSHLOQ HAMDA YOZYOVON TUMANLARI
Bugun, 13:00dan 16:00ga qadar Farg‘ona, Qo‘shtepa, Toshloq hamda Yozyovon tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Oqava" elektr uzatish tarmog‘ida nosoz izolyatorlarni yangilash va taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 FURQAT TUMANI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Furqat tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Qo‘rg‘oncha" podstansiyasida taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 BUVAYDA TUMANI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Buvayda tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Charos" va "L-Sanobod" elektr uzatish tarmoqlarida joriy va mukammal taʼmirlash ishlari bajariladi;
Hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.
Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!
"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.

❤1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Qonun (O'RQ–1121-son, 11.03.2026-y.) bilan aJinoyat kodeksi hamda Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
🔰 Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o'zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish,
➖ fuqarolarga BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 25 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'lishi belgilandi.
📌 Amaldagi tahrirda fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 20 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.
🗒 Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o'zboshimchalik bilan ulanish,
➖ BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'lishi belgilandi.
📌 Amaldagi tahrirda jarima miqdori BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda belgilangan.
📙 Jinoyat kodeksiga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o'zboshimchalik bilan ulanish, shunday harakat uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etganlik, –
➖ BHMning 30 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilandi.
📌 Amaldagi tahrirda jarimaning eng kam miqdori BHMning 25 baravari etib belgilangan.
👉 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.
⚡️ t.me/farhetk_admin
❗️ Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi

❤1👍1
#live
"QAQIR" PODSTANSIYASINING QUVVATI OSHIRILMOQDA
"Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan hududlarda isteʼmolchilarni elektr taʼminotini yaxshilash borasida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Uchko‘prik tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi "Qaqir" podstansiyasi quvvati oshirilmoqda.
Podstansiyada joylashgan quvvati 6 300 kVA kuch transformatori 10 000 kVA quvvatdagi kuch transformatoriga almashtirilmoqda.
Maʼlumot o‘rnida mazkur podstansiyasida orqali elektr energiyasi bilan taʼminlanuvchi hududlarning elektr taʼminotida bugun 18:00ga qadar uzilishlar kuzatiladi.

👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz farg‘onaliklar, “Neftchi” jamoasining qadrli muxlislari!
6 karra O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan “Neftchi” jamoasi bu gal O‘zbekiston Superkubogi uchun maydonga chiqadi va 15-mart kuni soat 19:30 da Andijondagi Bobur arenasida Toshkentning “Paxtakor” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Har bir uchrashuvda yangicha taktikalar va bir-birini takrorlamaydigan gollari bilan muxlislarni xursand qilib kelayotgan sevimli jamoamiz O‘zbekiston Superkubogidagi uchrashuvida ham super g‘alabaga erishadi.
Barchamizning faxrimiz bo‘lgan amaldagi chempion “Neftchi” jamoasini qo‘llab-quvvatlaylik!
G‘alaba bizniki!
Olg‘a “Neftchi”! Olg‘a Farg‘ona!

👏6👍3
O‘ZBEKISTONDA MART OYIDA ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLI BO‘YICHA YANGI REKORD QAYD ETILDI
2026-yil 11-mart kuni yurtimiz energetika tizimida mart oyi uchun elektr energiyasi iste’moli va yuklama bo‘yicha yangi rekord qayd etildi.
Xususan, 11-mart kuni Respublika bo‘yicha sutkalik elektr energiyasi iste’moli 267 mln kVt·soatni tashkil etib, bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 14 mln kVt·soatga ko‘pni tashkil qildi.
Shuningdek, kechki yuqori iste’mol soatlarida energetika tizimidagi eng katta yuklama soat 18:12 da 12 680 MVtga yetdi, bu esa avvalgi mart oyi ko‘rsatkichidan 480 MVtga yuqori bo‘ldi.
Bu kunda elektr stansiyalarda jami 272 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi, ya’ni o‘tgan yil mart oyidagi ishlab chiqarishga nisbatan 12 mln kVt·soatga ko‘p.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasi oshib bormoqda.
Kun davomida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 20,9 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Shundan:
quyosh va shamol elektr stansiyalari ulushi 14,3 foizni tashkil qildi.
Ayniqsa, kunduzgi soatlarda elektr energiyasi balansini ta’minlashda quyosh va shamol stansiyalarining hissasi 35 foizgacha yetdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
NOMA’LUM KONKURSLAR YOKI OVOZ BERISH HAVOLALARINI BOSISH ORTIDAN JABRLANIB QOLMANG!
Firibgarlar tomonidan fuqarolarning Telegram profilini (hisoblar) turli usullar orqali ruxsatsiz egallab olish holatlari ko‘payib bormoqda.
Markazning Uzcert xizmati ma’lumotiga ko‘ra, firibgarlar egallab olingan Telegram akkaunti orqali foydalanuvchining kontaktlaridagi shaxslarni turli noqonuniy Telegram guruhlariga ruxsatsiz qo‘shmoqda. Shuningdek, foydalanuvchi nomidan turli zararli .apk fayllar va zararli havolalarni tarqatish va foydalanuvchi nomidan “shoshilinch pul kerak” degan bahona bilan yaqinlari va tanishlaridan qarz so‘ramoqda.
Bugungi kunda “Open Budget” loyihasi doirasidagi ovoz berish jarayonlari ham boshlangan. Ushbu jarayondan ham ayrim firibgarlar foydalanib, fuqarolardan telefon raqamiga kelgan tasdiqlash kodlarini so‘rash orqali ularning Telegram hisoblarini egallashga urinmoqda.
Bunday holatlarning oldini olish maqsadida quyidagi xavfsizlik tavsiyalariga amal qilishingizni so‘raymiz:
• Noma’lum konkurslar yoki ovoz berish jarayonlarida ishtirok etmang.
• Noma’lum havolalarni bosmang va shubhali saytlarga kirmang.
• Internetdan yuklab olingan noma’lum .apk fayllarni o‘rnatmang.
• Telegram hisobingizda Two-Step Verification (ikki bosqichli himoya) funksiyasini yoqing.
• Agar tanishingiz nomidan Telegram orqali pul so‘ralsa, pul yuborishdan oldin albatta telefon orqali aniqlik kiriting.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
Ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, Telegram messenjerida ochilgan feyk akkauntlar orqali yuqori turuvchi idoralar rahbarlari nomidan quyi bo‘g‘in muassasalari mas’ullariga soxta xabarlar yuborish holatlari ko‘paymoqda.
Xususan, bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi nomidan yaratilgan shunday soxta profil orqali tizimda faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlarga turli yolg‘on ma’lumotlar va topshiriqlar yuborilmoqda.
Shu munosabat bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha rahbar va mas’ul xodimlarni ogohlikka chaqirib, bunday feyk xabarlarga ishonmasliklarini hamda axborot xavfsizligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratishlarini so‘raydi.
Hozirda Telegram akkauntlarini o‘g‘irlash, soxta akkauntlar orqali yaqinlaringiz nomidan qarz so‘rash hamda boshqa noqonuniy xatti-harakatlar ko‘paymoqda.
Shu bois, shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilishga alohida e’tibor qarating, shubhali xabarlar va noma’lum akkauntlarga ishonmang.
Shuni ma’lum qilamizki, sohaga oid barcha xabar va bayonotlar faqatgina “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning rasmiy axborot resurslari orqali e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu soxta profillarni aniqlashning bir necha usuli bo‘lib, ulardagi barcha ma’lumotlar yopiq va yozishmalar yangidan boshlanadi. Shuningdek, mazkur akkauntlarga video va audio qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirib bo‘lmaydi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz

YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
Bugun mamlakatimizda Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va mustaqil hayotga qadam qo‘yishiga ko‘maklashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ham tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Toshloq tumanida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan hamda ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida korxona bosh direktori Azizbek Saydaliyev tomonidan 16 nafar yosh homiylikka olingan. Ushbu tashabbus doirasida yoshlar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning muammolari, ehtiyojlari hamda kelajakdagi rejalari o‘rganib kelinmoqda.
Ko‘rsatilgan amaliy yordam natijasida ushbu yoshlarning 5 nafari ish bilan ta’minlandi. Natijada ular doimiy daromad manbaiga ega bo‘lib, o‘z hayotini barqaror yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Shuningdek, bugungi kunda qolgan 11 nafar yoshning qiziqishi, ehtiyoji hamda qaysi sohada faoliyat yuritish salohiyatidan kelib chiqib, ularga turli texnik jihozlar xayriya tariqasida topshirildi. Mazkur jihozlar yoshlarning o‘z kasbini yo‘lga qo‘yishi, daromad manbai yaratishi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga xizmat qiladi.
Tadbir davomida yoshlar o‘zlariga qaratilayotgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorlik bildirib, yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishlarini ta’kidladilar.
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va kelajakda mustahkam o‘rin egallashiga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

👍3❤1🔥1👏1
ENERGOTEJAMKORLIK — BUGUNNING USTUVOR VAZIFASI
Buvayda tumanidagi “Xilolko‘l” fermer xo‘jaligida tasarrufida transformator punktlari hamda elektr uzatish tramoqlari mavjud bo'lgan fermer xo'jaliklariga "Energiya samaradorligini oshirish hamda elektr energiyasidan oqilona foydalanish masalalari"ga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.
Bugungi kunda Buvayda tumanida 320 dan ortiq fermer xo‘jaliklari faoliyat yuritmoqda. Shundan 211 tasining tasarrufida transformator punktlari hamda elektr uzatish tarmoqlari mavjud bo‘lib, ularning ekin maydonlari asosan suv nasoslari orqali sug‘oriladi. Bu esa elektr energiyasidan samarali va tejamkor foydalanish masalasini yanada dolzarb etmoqda. Shu bois energiya resurslarini tejash, mavjud elektr tarmoqlaridan oqilona foydalanish hamda texnik yo‘qotishlarni kamaytirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mutaxassislari tomonidan transformator punktlari va elektr uzatish tarmoqlariga ega fermer xo‘jaliklarining elektr ta’minoti hamda energiya samaradorligi o‘rganilganda, ularning 114 tasida elektr energiyasidan foydalanishda belgilangan me’yorlardan ortiqcha yo‘qotishlar mavjudligi aniqlangan.
Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida o‘tkazilgan seminar davomida energiya yo‘qotishlarini kamaytirish, elektr tarmoqlaridan samarali foydalanish hamda energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha aniq amaliy tavsiyalar berildi. Bu boradagi ishlar “Xilolko‘l” fermer xo‘jaligi misolida amaliy tarzda namoyish etildi. Unda elektr uzatish tarmoqlarini to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish, transformator punktlarini muntazam texnik ko‘rikdan o‘tkazish hamda nasos uskunalarining samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Seminar davomida tasarrufida transformator punktlari hamda elektr uzatish tarmoqlari mavjud bo‘lgan fermer xo‘jaliklariga mavjud elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarini mukammal joriy ta’mirlash, ularning texnik holatini yaxshilash hamda energiya yo‘qotishlarini keskin kamaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Seminar yakunida fermer xo‘jaliklari rahbarlari tomonidan berilgan savollarga soha mutasaddilari tomonidan batafsil javoblar berildi.
Mazkur amaliy seminar nafaqat elektr energiyasidan samarali foydalanish madaniyatini oshirishga, balki fermer xo‘jaliklarining barqaror rivojlanishi, ishlab chiqarish samaradorligining ortishi hamda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

❤4