“FARG‘ONA HETK” AJ
3.24K subscribers
29.9K photos
4.19K videos
4 files
11.8K links
Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali

🔧 Elektr ta’minoti
🛠 Ta’mirlash ishlari
📢 Rejalashtirilgan uzilishlar
📰 Yangiliklar

📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Download Telegram
🤔 ZAMONAVIY ELEKTROMOBILLAR – ENERGETIKLAR ISH SAMARADORLIGI YO‘LIDA

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1
🤔 ZAMONAVIY ELEKTROMOBILLAR – ENERGETIKLAR ISH SAMARADORLIGI YO‘LIDA

Iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror hamda sifatli ta’minlash, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga 30 ta, “Energosavdo” Farg’ona bo’limiga esa 4 ta zamonaviy elektromobillar topshirildi.

Mazkur transport vositalari energetika tizimida xizmat ko‘rsatish tezkorligini oshirish, mutaxassislarning elektr ta’minoti obyektlariga qisqa vaqt ichida yetib borishini ta’minlash hamda ishlab chiqarish jarayonlarini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Bu esa hududlarda elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalarga tezkor munosabat bildirish imkonini yaratadi.

Ayniqsa, elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish, profilaktik ko‘rik va texnik xizmat ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirishda ushbu elektromobillar muhim ahamiyat kasb etadi.

Transport vositalarining yana bir afzalligi shundaki, ular brigada a’zolari bilan bir qatorda zarur elektr jihozlari va uskunalarni ham bir vaqtning o‘zida manzilga yetkazish imkonini beradi. Bu esa avariya holatlariga tezkor javob qaytarish va ish jarayonini samarali tashkil etishda muhim omil hisoblanadi.

Shuningdek, ekologik toza transport vositalaridan foydalanish atmosferaga chiqariladigan zararli chiqindilarni kamaytirishga xizmat qilib, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini qo‘llab-quvvatlashga munosib hissa qo‘shadi.

Bugungi kunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sohada zamonaviy texnika va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ish jarayonlarini takomillashtirish hamda xodimlar faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Mazkur sa’y-harakatlar esa hududlarda elektr ta’minoti barqarorligini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏91👍1🔥1
#tezkor

YUZAGA KELISHI MUMKIN BO‘LGAN NOSOZLIKNI OLDINI OLISH CHORALARI KO‘RILADI

Yozyovon tumanining asosiy qismini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi "Xonobod" podstansiyasida bugun soat 23:00 dan 00:30 ga qadar kechiktirib bo‘lmaydigan qisqa muddatli taʼmirlash ishlari bajariladi.

Yuqorida ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida tuman hududlarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi.

Qisqa muddatli taʼmirlash ishlari vaqtida taʼminotdagi uzilish uchun uzr so‘raymiz!

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
#tezkor
#12_03_2025

HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI

📌 MARG‘ILON SHAHRI, FARG‘ONA HAMDA QO‘SHTEPA TUMANLARI

Bugun, 09:00dan 12:00ga qadar Marg‘ilon shahri, Farg‘ona hamda Qo‘shtepa tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Atlas" elektr uzatish tarmog‘ida nosoz izolyatorlarni yangilash va taʼmirlash ishlari bajariladi;

📌 FARG‘ONA, QO‘SHTEPA, TOSHLOQ HAMDA YOZYOVON TUMANLARI

Bugun, 13:00dan 16:00ga qadar Farg‘ona, Qo‘shtepa, Toshloq hamda Yozyovon tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Oqava" elektr uzatish tarmog‘ida nosoz izolyatorlarni yangilash va taʼmirlash ishlari bajariladi;

📌 FURQAT TUMANI

Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Furqat tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Qo‘rg‘oncha" podstansiyasida taʼmirlash ishlari bajariladi;

📌 BUVAYDA TUMANI

Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Buvayda tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Charos" va "L-Sanobod" elektr uzatish tarmoqlarida joriy va mukammal taʼmirlash ishlari bajariladi;

Hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!

"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi

Qonun (O'RQ–1121-son, 11.03.2026-y.) bilan aJinoyat kodeksi hamda Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

🔰 Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o'zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish,

fuqarolarga BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 25 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'lishi belgilandi.

📌 Amaldagi tahrirda fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 20 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

🗒 Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o'zboshimchalik bilan ulanish,

BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'lishi belgilandi.

📌 Amaldagi tahrirda jarima miqdori BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda belgilangan.

📙 Jinoyat kodeksiga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o'zboshimchalik bilan ulanish, shunday harakat uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etganlik, –

BHMning 30 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilandi.

📌 Amaldagi tahrirda jarimaning eng kam miqdori BHMning 25 baravari etib belgilangan.

👉 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
#live

"QAQIR" PODSTANSIYASINING QUVVATI OSHIRILMOQDA


"Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan hududlarda isteʼmolchilarni elektr taʼminotini yaxshilash borasida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Uchko‘prik tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi "Qaqir" podstansiyasi quvvati oshirilmoqda.

Podstansiyada joylashgan quvvati 6 300 kVA kuch transformatori 10 000 kVA quvvatdagi kuch transformatoriga almashtirilmoqda.

Maʼlumot o‘rnida mazkur podstansiyasida orqali elektr energiyasi bilan taʼminlanuvchi hududlarning elektr taʼminotida bugun 18:00ga qadar uzilishlar kuzatiladi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz farg‘onaliklar, “Neftchi” jamoasining qadrli muxlislari!

6 karra O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan “Neftchi” jamoasi bu gal O‘zbekiston Superkubogi uchun maydonga chiqadi va 15-mart kuni soat 19:30 da Andijondagi Bobur arenasida Toshkentning “Paxtakor” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Har bir uchrashuvda yangicha taktikalar va bir-birini takrorlamaydigan gollari bilan muxlislarni xursand qilib kelayotgan sevimli jamoamiz O‘zbekiston Superkubogidagi uchrashuvida ham super g‘alabaga erishadi.

Barchamizning faxrimiz bo‘lgan amaldagi chempion “Neftchi” jamoasini qo‘llab-quvvatlaylik!

G‘alaba bizniki!

Olg‘a “Neftchi”! Olg‘a Farg‘ona!

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏6👍3
📌📌📌📌📌📌

O‘ZBEKISTONDA MART OYIDA ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLI BO‘YICHA YANGI REKORD QAYD ETILDI

2026-yil 11-mart kuni yurtimiz energetika tizimida mart oyi uchun elektr energiyasi iste’moli va yuklama bo‘yicha yangi rekord qayd etildi.

Xususan, 11-mart kuni Respublika bo‘yicha sutkalik elektr energiyasi iste’moli 267 mln kVt·soatni tashkil etib, bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 14 mln kVt·soatga ko‘pni tashkil qildi.

Shuningdek, kechki yuqori iste’mol soatlarida energetika tizimidagi eng katta yuklama soat 18:12 da 12 680 MVtga yetdi, bu esa avvalgi mart oyi ko‘rsatkichidan 480 MVtga yuqori bo‘ldi.

Bu kunda elektr stansiyalarda jami 272 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi, ya’ni o‘tgan yil mart oyidagi ishlab chiqarishga nisbatan 12 mln kVt·soatga ko‘p.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasi oshib bormoqda.

Kun davomida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 20,9 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Shundan:
quyosh va shamol elektr stansiyalari ulushi 14,3 foizni tashkil qildi.

Ayniqsa, kunduzgi soatlarda elektr energiyasi balansini ta’minlashda quyosh va shamol stansiyalarining hissasi 35 foizgacha yetdi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1