Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1
Iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror hamda sifatli ta’minlash, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga 30 ta, “Energosavdo” Farg’ona bo’limiga esa 4 ta zamonaviy elektromobillar topshirildi.
Mazkur transport vositalari energetika tizimida xizmat ko‘rsatish tezkorligini oshirish, mutaxassislarning elektr ta’minoti obyektlariga qisqa vaqt ichida yetib borishini ta’minlash hamda ishlab chiqarish jarayonlarini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Bu esa hududlarda elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalarga tezkor munosabat bildirish imkonini yaratadi.
Ayniqsa, elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish, profilaktik ko‘rik va texnik xizmat ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirishda ushbu elektromobillar muhim ahamiyat kasb etadi.
Transport vositalarining yana bir afzalligi shundaki, ular brigada a’zolari bilan bir qatorda zarur elektr jihozlari va uskunalarni ham bir vaqtning o‘zida manzilga yetkazish imkonini beradi. Bu esa avariya holatlariga tezkor javob qaytarish va ish jarayonini samarali tashkil etishda muhim omil hisoblanadi.
Shuningdek, ekologik toza transport vositalaridan foydalanish atmosferaga chiqariladigan zararli chiqindilarni kamaytirishga xizmat qilib, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini qo‘llab-quvvatlashga munosib hissa qo‘shadi.
Bugungi kunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sohada zamonaviy texnika va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ish jarayonlarini takomillashtirish hamda xodimlar faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Mazkur sa’y-harakatlar esa hududlarda elektr ta’minoti barqarorligini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏9❤1👍1🔥1
#tezkor
YUZAGA KELISHI MUMKIN BO‘LGAN NOSOZLIKNI OLDINI OLISH CHORALARI KO‘RILADI
Yozyovon tumanining asosiy qismini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi "Xonobod" podstansiyasida bugun soat 23:00 dan 00:30 ga qadar kechiktirib bo‘lmaydigan qisqa muddatli taʼmirlash ishlari bajariladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida tuman hududlarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi.
Qisqa muddatli taʼmirlash ishlari vaqtida taʼminotdagi uzilish uchun uzr so‘raymiz!
⚡️ t.me/farhetk_admin
YUZAGA KELISHI MUMKIN BO‘LGAN NOSOZLIKNI OLDINI OLISH CHORALARI KO‘RILADI
Yozyovon tumanining asosiy qismini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi "Xonobod" podstansiyasida bugun soat 23:00 dan 00:30 ga qadar kechiktirib bo‘lmaydigan qisqa muddatli taʼmirlash ishlari bajariladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida tuman hududlarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi.
Qisqa muddatli taʼmirlash ishlari vaqtida taʼminotdagi uzilish uchun uzr so‘raymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1