“FARG‘ONA HETK” AJ
3.24K subscribers
29.9K photos
4.19K videos
4 files
11.8K links
Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali

🔧 Elektr ta’minoti
🛠 Ta’mirlash ishlari
📢 Rejalashtirilgan uzilishlar
📰 Yangiliklar

📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#energiya_tejamkorlik

Elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarimiz ortib borar ekan, ushbu resurslardan imkon qadar tejamkorlik bilan foydalanish sizning xarajatlaringizni kamayishida yordam beradi va albatta isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi.

Bugun hayotimizni elektr energiyasiz tasavvur qila olmaymiz. Shunday ekan, zarurat bo‘lmagan hollarda elektr qurilmalarini tarmoqdan ajratib qo‘yish maqsadga muofiqdir.


✈️ Unutmang, energiya resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish barchamiz uchun foydalidir.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

2026-yil 1-apreldan ayrim to‘lovlar faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi.

– Davlat va kommunal xizmatlar, tamaki va alkogol mahsulotlari, avtomobillarga yoqilg‘i (benzin, gaz, elektro-quvvat), shuningdek 25 mln so‘mdan ortiq tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar naqdsiz usulda amalga oshiriladi.

– To‘lovni karta, mobil ilova yoki bank orqali amalga oshiring. 1-aprelga qadar o‘zingizga qulay to‘lov usulini tanlang.

Mazkur tartib 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-son Farmonga muvofiq joriy etilmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!

Korrupsiya o‘ziga tamagirlikni qamrab olgan holda jamiyatning ma’naviy ustunlari hamda demokratiyani yemirib, mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy taraqqiy etishi uchun ulkan xavf tug‘diradi. Korrupsiya shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish demakdir.

Korrupsiya jamiyat rivojiga rahna soluvchi xavfli illat hisoblanadi. Bu illatga qarshi kurashishda nafaqat huquq-tartibot idoralari vakillari, balki jamiyatning har bir a’zosi faol bo‘lishi zarur.

Shu maqsadda So‘x tuman elektr ta’minoti korxonasida korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va halollik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot–tushuntirish yig‘ilishlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida tizimda olib borilayotgan islohotlar, korrupsiyaning oldini olish, xizmat faoliyatida shaffoflikni ta’minlash hamda xodimlarning mas’uliyatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, barcha yo‘nalishlar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqilib, mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Hududlarda bu kabi targ‘ibot–tashviqot tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
#Gʻalaba

⚽️ Bugun Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida Superliga bahslarining 3-tur o‘yinlari doirasida sevimli "Neftchi" jamoamiz Andijonning “Andijon” futbol klubiga qarshi maydonga chiqdi.

Vodiy derbisi maqomidagi keskin va murosasiz bahsda “Neftchi” futbolchilari maydonda to‘liq ustunlikni namoyish etib, raqibini yirik hisobda mag‘lub etdi — 3:0.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida tashabbusni qo‘lga olgan mezbonlar 42-daqiqada hisobni ochdi. Alisher Odilov aniq zarba bilan jamoasini oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda “Neftchi” bosimini yanada kuchaytirdi. 50-daqiqada Jamshid Iskandarov hisobni ikkitaga yetkazgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay, 56-daqiqada Anvarjon G‘ofurov uchinchi golni urib, uchrashuv taqdiriga yakuniy nuqta qo‘ydi.

Ishonchli va mazmunli o‘yin ko‘rsatgan “Neftchi” ushbu g‘alaba orqali yana bir bor Superliga chempionligi uchun asosiy da’vogarlardan biri ekanini amalda isbotladi.

Olg‘a “Neftchi”, olg‘a Farg‘ona!

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏1🎉1
#tezkor
#11_03_2025

HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI

📌 FARG‘ONA SHAHRI

Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Farg‘ona shahrining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Uysoz" podstansiyasidan chiquvchi "Beshbola" elektr uzatish tarmog‘ida taʼmirlash ishlari bajariladi;

📌 FARG‘ONA, QO‘SHTEPA, TOSHLOQ HAMDA YOZYOVON TUMANLARI

Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Farg‘ona, Qo‘shtepa, Toshloq hamda Yozyovon tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Oqava" elektr uzatish tarmog‘ida nosoz izolyatorlarni yangilash va taʼmirlash ishlari bajariladi;

📌 FARG‘ONA TUMANI

Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Farg‘ona tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Vodil" podstansiyasida taʼmirlash ishlari bajariladi;

Hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!

"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_rolik

⚡️ Uyingizni kitob bilan nurga to'ldiring...

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🤔 ZAMONAVIY ELEKTROMOBILLAR – ENERGETIKLAR ISH SAMARADORLIGI YO‘LIDA

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1
🤔 ZAMONAVIY ELEKTROMOBILLAR – ENERGETIKLAR ISH SAMARADORLIGI YO‘LIDA

Iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror hamda sifatli ta’minlash, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga 30 ta, “Energosavdo” Farg’ona bo’limiga esa 4 ta zamonaviy elektromobillar topshirildi.

Mazkur transport vositalari energetika tizimida xizmat ko‘rsatish tezkorligini oshirish, mutaxassislarning elektr ta’minoti obyektlariga qisqa vaqt ichida yetib borishini ta’minlash hamda ishlab chiqarish jarayonlarini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Bu esa hududlarda elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalarga tezkor munosabat bildirish imkonini yaratadi.

Ayniqsa, elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish, profilaktik ko‘rik va texnik xizmat ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirishda ushbu elektromobillar muhim ahamiyat kasb etadi.

Transport vositalarining yana bir afzalligi shundaki, ular brigada a’zolari bilan bir qatorda zarur elektr jihozlari va uskunalarni ham bir vaqtning o‘zida manzilga yetkazish imkonini beradi. Bu esa avariya holatlariga tezkor javob qaytarish va ish jarayonini samarali tashkil etishda muhim omil hisoblanadi.

Shuningdek, ekologik toza transport vositalaridan foydalanish atmosferaga chiqariladigan zararli chiqindilarni kamaytirishga xizmat qilib, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini qo‘llab-quvvatlashga munosib hissa qo‘shadi.

Bugungi kunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sohada zamonaviy texnika va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ish jarayonlarini takomillashtirish hamda xodimlar faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Mazkur sa’y-harakatlar esa hududlarda elektr ta’minoti barqarorligini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏91👍1🔥1