Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4🎉2👍1
Bugun, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Farg‘ona shahrining markazida joylashgan “Aziya” tantanalar uyida “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatida mehnat qilayotgan ayollar uchun tantanali bayram dasturi tashkil etildi.
Tadbir avvalida jamiyat bosh direktori Azizbek Saydaliyev so‘zga chiqib, bugungi kunda ayollarning jamiyatdagi, ayniqsa energetika sohasidagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganini alohida ta’kidlab, barcha ayollarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
Bayram tadbiri davomida o‘z kasbiga sadoqat bilan yondashib, mehnati va mahorati bilan korxona rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh ayollarga maxsus tashakkurnomalar hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, yubiley yoshini nishonlayotgan ayollarga korxonaning maxsus soati va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Tadbir davomida jonli qo‘shiqlar, kuy-qo‘shiqlar ijrosi, raqslar va musiqiy chiqishlar bayramga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Ayollar mazmunli dasturdan katta zavq olib, bayramni xush kayfiyatda nishonladilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🎉2👏1
#bayram_tabrigi
Assalomu alaykum!
🌱 Bugun, 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan yurtimizdagi barcha mo‘tabar onaxonlarimizni, qadrli opa-singillarimizni va dilbar qizlarimizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Ayol — hayotimizning ko‘rki, oilaning mustahkam tayanchi, mehr va sadoqat timsolidir.
Sizlarning donishmandligingiz, sabr-bardoshingiz, cheksiz mehringiz tufayli xonadonlarimizda fayz-u baraka, jamiyatimizda esa mehr-oqibat va ezgulik hukm suradi. Farzand tarbiyasidagi ulkan hissangiz, oilaga va jamiyatga bag‘ishlagan fidoyiligingiz har qanday ehtiromga munosibdir.
Bahor faslining ilk bayrami bo‘lgan ushbu qutlug‘ kunda siz aziz onalarimizga, ayollarga, opa-singillarimizga chuqur hurmat va ehtiromimizni izhor etamiz.
Sizlarning borligingiz hayotimizga mazmun, qalblarimizga iliqlik bag‘ishlaydi.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik va fayz-u baraka, qalbingizga esa doimo quvonch va shodlik tilayman. Go‘zallik va nafosat bayrami — 8-mart sizlarga cheksiz baxt va ilhom olib kelsin!
Hurmat bilan,
AZIZBEK SAYDALIYEV
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Bosh direktori

👍5👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Nafosat_va_goʻzallik_bayrami
🌸 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan yurtimizdagi barcha aziz va muhtarama ayollarni samimiy muborakbod etamiz.
Sizlarning mehr-muhabbatingiz, fidoyiligingiz va matonatingiz jamiyatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
⚡️ t.me/farhetk_admin
🌸 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan yurtimizdagi barcha aziz va muhtarama ayollarni samimiy muborakbod etamiz.
Sizlarning mehr-muhabbatingiz, fidoyiligingiz va matonatingiz jamiyatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eng ulug‘ maqsad – Yangi O‘zbekistonni ayollari hayotdan rozi bo‘lib, baxtli-saodatli yashaydigan mamlakatga aylantirish.
⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#farg'ona_24
Kuni kecha “Fargʻona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Xalqaro xotin-qizlar kuni keng tantana qilindi.
⚡️ t.me/farhetk_admin
Kuni kecha “Fargʻona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Xalqaro xotin-qizlar kuni keng tantana qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yurtimizda 13–14-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida bo'lib o'tadigan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etaylik!
⚡️ t.me/farhetk_admin
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida bo'lib o'tadigan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etaylik!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#tezkor
#10_03_2025
HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI
📌 FARG‘ONA SHAHRI HAMDA QIRGULI MAVZESI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Farg‘ona shahri hamda Qirguli mavzesining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Sakkokiy" va "Vatan" podstansiyalaridan chiquvchi elektr uzatish tarmoqlarida taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 UCHKO‘PRIK, BUVAYDA HAMDA DANG‘ARA TUMANLARI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Uchko‘prik, Buvayda hamda Dang‘ara tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Yangiqo‘rg‘on—Buvayda" elektr uzatish tarmog‘ida va "Yangiyo‘l", "Oqjar" podstansiyalarida taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 FURQAT TUMANI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Furqat tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Navbahor" podstansiyasida taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 QUVA TUMANI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Quva tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Bahor" podstansiyasida taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 YOZYOVON TUMANI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Yozyovon tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Qoraqushchi" elektr uzatish tarmog‘ida mukammal taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 BAG‘DOD TUMANI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Bag‘dod tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Markaz" podstansiyasida taʼmirlash ishlari bajariladi;
Bundan tashqari viloyatimizda kuzatilayotgan kuchli yomg‘ir natijasida hududlarda favqulodda yuzaga kelgan nosozliklar bo‘yicha barcha hududlarda tezkorlik bilan kelib tushayotgan murojaatlarga asosan taʼminotni to‘liq tiklash choralari ko‘rilmoqda.
Yuqoridagi hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.
Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!
"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.

❤1👍1
“FARG‘ONA HETK” AJ
#tezkor #10_03_2025 HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI 📌 FARG‘ONA SHAHRI HAMDA QIRGULI MAVZESI Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Farg‘ona shahri hamda Qirguli mavzesining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Sakkokiy" va "Vatan"…
#tezkor
❗️Ayni vaqtda viloyatimizda kuzatilayotgan kuchli yomg‘ir sabab bugunga belgilangan barcha taʼmirlash ishlari boshqa kunga qoldirildi.
⚡️ t.me/farhetk_admin
❗️Ayni vaqtda viloyatimizda kuzatilayotgan kuchli yomg‘ir sabab bugunga belgilangan barcha taʼmirlash ishlari boshqa kunga qoldirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“2026-yilgi Navro'z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida”gi Prezident qarori (82-son, 06.03.2026-y.) qabul qilindi.
🏛 Qaror bilan 2026-yilgi Navro'z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha tashkiliy qo'mita (Tashkiliy qo'mita) tarkibi tasdiqlandi.
🍀 Qarorga ko'ra, Navro'z bayramini munosib nishonlash bo'yicha “Navro'zni ulug'lash – insonni ulug'lashdir!” degan ezgu g'oyani o'zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma'naviy hamda targ'ibot tadbirlari dasturi tasdiqlanadi va uning amalga oshirilishi ta'minlanadi.
✔️ Bu yilgi Navro'z muborak Ramazon hayiti bayrami bilan hamohang tarzda nishonlanishi uning insonparvarlik tamoyillarini yanada kuchaytirishini inobatga olib, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, holidan xabar olish tashkil etiladi.
🌿 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida belgilangan tadbirlar amalga oshiriladi, “Men ham ko'chat ekaman” aksiyalari, umumxalq hasharlari tashkil etiladi.
✨ Toshkent shahridagi “Yangi O'zbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari tashkil etiladi.
⚡️ t.me/farhetk_admin
❗️ Navro'z ayyomi ko'tarinki ruhda nishonlanadi