Forwarded from "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
MILLIY TAFAKKUR VA MA’NAVIYATIMIZNING IKKI BUYUK USTUNI
Bugun, 13-fevral kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda ikki buyuk siymo – Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda shoh va shoir, sarkarda, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning 543 yilligi munosabati bilan “Navoiy va Bobur – milliy tafakkur va ma’naviyatimizning ikki buyuk ustuni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Elimizning ardoqli san’atkori, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, Xalqaro Bobur mukofoti sovrindori, professor Muxammadali Abduqunduzov, O‘zbekiston xalq artistlari Furqat Ashuraliyev va Elmurod Ahmedov, “Nazm va navo” sozandalari tomonidan Navoiy va Bobur g‘azallari jonli ijro orqali talqin qilinib, sahna ko‘rinishlari, yuksak ijodiy mahorat yig‘ilganlarning olqishiga sazovor bo‘ldi hamda tadbirga o‘zgacha fayz va shukuh bag‘ishladi.
Tadbir doirasida Jamiyat xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan ijodiy viktorina esa ularning buyuk ajdodlarimiz merosiga, ma’naviyat va adabiyotga bo‘lgan mehrlarini yana bir bor namoyon etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from MINENERGY.UZ
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, Telegram messenjerida ochilgan feyk akkauntlar orqali yuqori turuvchi idoralar rahbarlari nomidan quyi bo‘g‘in muassasalari mas’ullariga soxta xabarlar yuborish holatlari ko‘paymoqda.
Xususan, oxirgi kunlarda Energetika vaziri nomidan yaratilgan shunday soxta profil orqali yoqilg‘i-energetika tizimida faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlarga turli yolg‘on ma’lumotlar va topshiriqlar yuborilmoqda.
Shu munosabat bilan Energetika vazirligi barcha rahbar va mas’ul xodimlarni ogohlikka chaqirib, bunday feyk xabarlarga ishonmasliklarini hamda axborot xavfsizligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratishlarini so‘raydi.
Hozirda Telegram akkauntlarini o‘g‘irlash, soxta akkauntlar orqali yaqinlaringiz nomidan qarz so‘rash hamda boshqa noqonuniy xatti-harakatlar ko‘paymoqda.
Shu bois, shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilishga alohida e’tibor qarating, shubhali xabarlar va noma’lum akkauntlarga ishonmang.
Shuni ma’lum qilamizki, yoqilg‘i-energetika sohasiga oid barcha xabar va bayonotlar faqatgina Energetika vazirligining rasmiy axborot resurslari orqali e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu soxta profillarni aniqlashning bir necha usuli bo‘lib, ulardagi barcha ma’lumotlar yopiq va yozishmalar yangidan boshlanadi. Shuningdek, mazkur akkauntlarga video va audio qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz

✍️ “Takror aytaman: ichki bozordagi talabni o‘zi bilan yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlab bo‘lmaydi. Shu bois, bu yil vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlarning asosiy vazifasi yangi mahsulotlar bilan yangi bozorlarga kirib borish bo‘ladi”,
– dedi Prezidentimiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
#tezkor_axborot
Ijtimoiy tarmoqlar Farg‘ona shahrining 8-mart hududidan elektr taʼminotiga oid kelib tushgan murojaat tegishliligi bo‘yicha mutaxassislarga yuborildi.
Tez orada mazkur nosozlik to‘liq bartaraf etilishi taʼminlanadi.
⚡️ t.me/farhetk_admin

#tezkor
#14_02_2025
HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI
📌 MARG‘ILON SHAHRI
Bugun, 09:00dan 11:00ga qadar Marg‘ilon shahrining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Atlas" podstansiyasida qisqa muddatli taʼmirlash ishlari bajariladi;
Hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.
Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!
"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.

❤2
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR — JASORAT VA TAFAKKUR SOHIBI
Bugun — 14-fevral. Bu sana nafaqat tarix sahifalarida, balki millatimiz qalbida jasorat, zakovat va buyuklik ramzi sifatida muhrlangan. Zero, aynan shu kunda buyuk sarkarda, shoir, davlat arbobi va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan.
1483-yil 14-fevral kuni Andijon shahrida dunyoga kelgan Bobur Mirzo yoshligidanoq ilmga chanqoq, qalbi orzu va maqsadlarga boy inson edi. U og‘ir sinovlar, murakkab janglar va hayotning keskin burilishlariga qaramay, o‘zining matonati, aql-zakovati va qat’iyati bilan tarix sahnasida o‘chmas iz qoldirdi.
Bobur nafaqat yengilmas sarkarda, balki nozik qalb egasi — shoir edi. Uning Boburnoma asari nafaqat tarixiy manba, balki inson qalbi, davr ruhi va hayot haqiqatlarini aks ettirgan bebaho durdonadir. Bu asarda tabiat tasviri, insoniy kechinmalar, vatan sog‘inchi va hayot falsafasi uyg‘unlashgan.
Buyuk sarkarda o‘z jasorati bilan Boburiylar imperiyasiga asos solib, Hindiston zaminida qudratli davlat barpo etdi. Uning nomi Kobul va Agra kabi shaharlarda ham buyuklik va bunyodkorlik timsoli sifatida e’zozlanadi. Bobur o‘z davrida adolat, ilm va bunyodkorlikni davlat boshqaruvining asosiy mezoni sifatida belgiladi.
Bobur ijodi — bu jasorat va latofat uyg‘unligi. Uning she’rlarida inson qalbining nozik kechinmalari, vatan muhabbati va hayotga chuqur nazar mujassam. U har qanday vaziyatda ham insoniylik, sabr va umidni ulug‘lagan.
Asrlar o‘tsa-da, Bobur nomi va merosi barhayot. Chunki u nafaqat tarix yaratgan sarkarda, balki qalblarni tarbiyalaydigan buyuk siymodir. Bugun biz Bobur merosiga yuzlanar ekanmiz, jasorat, qat’iyat va vatanparvarlikning haqiqiy ma’nosini anglaymiz.
Zahiriddin Muhammad Bobur — faqat o‘tmish qahramoni emas. Uning ruhi, so‘zi va jasorati bugun ham bizga kuch, ilhom va g‘urur bag‘ishlab yashamoqda.