“FARG‘ONA HETK” AJ
4.8K subscribers
29.7K photos
4.12K videos
4 files
11.6K links
Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali

🔧 Elektr ta’minoti
🛠 Ta’mirlash ishlari
📢 Rejalashtirilgan uzilishlar
📰 Yangiliklar

📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Download Telegram
✍️ Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.

✍️ Davlatimiz rahbari har bir vazir, hokim, tarmoq rahbari sohasi, tizimi, korxonalariga yangicha boshqaruv olib kirib, bor resurslardan samarali foydalansa, an’anaviy eksport bozorlari va mahsulotlariga bog‘lanib qolmasdan, yangi yo‘nalishlarni topib, tadbirkorlarga yo‘l ochib bersa, sun’iy intellekt, raqamlashtirish bo‘yicha mutaxassislarni jamlab, innovatsiyalar qilsa, salohiyatli yoshlarni topib, “startap klub”lar tashkil etsa, ularning ishlanmalarini korxonalarda qo‘llasa, yanada yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga barcha imkoniyatlar borligini ta’kidladi.

✍️ Yurtimizda yiliga 650 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega 4 ta yirik korxona bor.

✍️ Tarmoq rahbarlari o‘zimizdagi xomashyodan tayyor mahsulot yaratish haqida doim bosh qotirishi kerakligi qayd etildi.

✍️ Elektrotexnika korxonalari o‘tgan yili 27 milliard so‘mlik imtiyozdan foydalanib, eksportni 83 million dollarga, budjetga tushumni 46 milliard so‘mga oshirgan. Ular o‘zimizda bo‘lmagan alyumin katankani import boji bo‘yicha imtiyoz muddatini uzaytirishni so‘ragan.

✍️ O‘tgan yilda Milliy investitsiya jamg‘armasi tashkil qilinib, dunyodagi nufuzli “Franklin Templeton” kompaniyasi boshqaruviga berildi.

✍️ Hududiy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha viloyat, tuman hokimlariga ham savollar ko‘pligi qayd etildi.

✍️ Joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit resurslari ko‘payib bormoqda. Lekin hokimlar buning iqtisodiy o‘sishga, ish o‘rni va budjetga ta’sirini hisob-kitob qilmayapti.

✍️ Poyabzal ishlab chiqarishda moda va dizayn tez o‘zgarmoqda. Korxonalarimiz hozirdan zamon talabiga mos holda ishlamasa, nafaqat tashqi, balki ichki bozorda ham raqobat qila olmasligi ta’kidlandi.

✍️ Bu yil 50 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilish bo‘yicha reja qilingan.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
📌📌📌📌📌📌

MILLIY TAFAKKUR VA MA’NAVIYATIMIZNING IKKI BUYUK USTUNI

Bugun, 13-fevral kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda ikki buyuk siymo – Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda shoh va shoir, sarkarda, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning 543 yilligi munosabati bilan “Navoiy va Bobur – milliy tafakkur va ma’naviyatimizning ikki buyuk ustuni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Elimizning ardoqli san’atkori, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, Xalqaro Bobur mukofoti sovrindori, professor Muxammadali Abduqunduzov, O‘zbekiston xalq artistlari Furqat Ashuraliyev va Elmurod Ahmedov, “Nazm va navo” sozandalari tomonidan Navoiy va Bobur g‘azallari jonli ijro orqali talqin qilinib, sahna ko‘rinishlari, yuksak ijodiy mahorat yig‘ilganlarning olqishiga sazovor bo‘ldi hamda tadbirga o‘zgacha fayz va shukuh bag‘ishladi.

Tadbir doirasida Jamiyat xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan ijodiy viktorina esa ularning buyuk ajdodlarimiz merosiga, ma’naviyat va adabiyotga bo‘lgan mehrlarini yana bir bor namoyon etdi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from MINENERGY.UZ
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, Telegram messenjerida ochilgan feyk akkauntlar orqali yuqori turuvchi idoralar rahbarlari nomidan quyi bo‘g‘in muassasalari mas’ullariga soxta xabarlar yuborish holatlari ko‘paymoqda.

Xususan, oxirgi kunlarda Energetika vaziri nomidan yaratilgan shunday soxta profil orqali yoqilg‘i-energetika tizimida faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlarga turli yolg‘on ma’lumotlar va topshiriqlar yuborilmoqda.

Shu munosabat bilan Energetika vazirligi barcha rahbar va mas’ul xodimlarni ogohlikka chaqirib, bunday feyk xabarlarga ishonmasliklarini hamda axborot xavfsizligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratishlarini so‘raydi.

Hozirda Telegram akkauntlarini o‘g‘irlash, soxta akkauntlar orqali yaqinlaringiz nomidan qarz so‘rash hamda boshqa noqonuniy xatti-harakatlar ko‘paymoqda.

Shu bois, shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilishga alohida e’tibor qarating, shubhali xabarlar va noma’lum akkauntlarga ishonmang.

Shuni ma’lum qilamizki, yoqilg‘i-energetika sohasiga oid barcha xabar va bayonotlar faqatgina Energetika vazirligining rasmiy axborot resurslari orqali e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu soxta profillarni aniqlashning bir necha usuli bo‘lib, ulardagi barcha ma’lumotlar yopiq va yozishmalar yangidan boshlanadi. Shuningdek, mazkur akkauntlarga video va audio qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirib bo‘lmaydi.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
👍1
✍️ Umuman, investitsiya loyihalari bilan ishlash bo‘yicha yangi tizimga o‘tilishi belgilandi.

✍️ O‘tgan yili xorijiy tashriflar doirasida 135 milliard dollarlik kelishuvlarga erishildi.

✍️ Kichik va o‘rta korxonalar yiliga 5 milliard kub metr gaz va 20 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi iste’mol qilmoqda.

✍️ O‘tgan yili xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi 2,5 milliard dollarlik shartnomalarda mahalliy kompaniyalarning ulushi bor-yo‘g‘i 15 foizni tashkil qilgan.

✍️ Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi qaysi korxona nima chiqarayotgani, quvvati, texnik parametri, sertifikati ko‘rinib turadigan platformani ishga tushiradi.

✍️ Iqtisodiyot yuqori sur’atda o‘sishi uchun transport-logistika tizimi ham shunga mos bo‘lishi kerak.

✍️ “Takror aytaman: ichki bozordagi talabni o‘zi bilan yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlab bo‘lmaydi. Shu bois, bu yil vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlarning asosiy vazifasi yangi mahsulotlar bilan yangi bozorlarga kirib borish bo‘ladi”,

dedi Prezidentimiz.

✍️ Endilikda tarmoq rahbarlari va hokimlardan eksportda faqat hajm bo‘yicha emas, balki yangi mahsulot va yangi bozorlar bo‘yicha ham so‘rov bo‘lishi aytildi.

✍️ Yanvar oyida yillik inflyatsiya darajasi 7,2 foizni tashkil etdi. Inflyatsiyaning 45 foizi oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa, 13 foizi go‘sht hisobidan bo‘lgan.

✍️ Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va mehnat unumdorligi markazi inflyatsiya bo‘yicha ichki va tashqi xatarlarni oldindan aniqlab, ularga amaliy yechim topish masalasi bilan shug‘ullanishi belgilandi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1