“FARG‘ONA HETK” AJ
4.81K subscribers
29.7K photos
4.12K videos
4 files
11.6K links
Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali

🔧 Elektr ta’minoti
🛠 Ta’mirlash ishlari
📢 Rejalashtirilgan uzilishlar
📰 Yangiliklar

📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Download Telegram
🤔QO‘QON TEXNOPARKIDA ZAMONAVIY PODSTANSIYA QURILMOQDA

Batafsil:
https://uza.uz/posts/818608

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#tezkor
#13_02_2025

HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI

📌 MARG‘ILON SHAHRI

Bugun, 09:00dan 11:00ga qadar Marg‘ilon shahrining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Atlas" podstansiyasida qisqa muddatli taʼmirlash ishlari bajariladi;

📌 QUVA TUMANI

Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Quva tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Sharqiy-Arsif" elektr uzatish tarmog‘ida va "Tinchlik" podstansiyasida taʼmirlash ishlari bajariladi;

Hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!

"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#6_son

HURMATLI DAVLAT XIZMATCHILARI, SIYOSIY MA'RIFAT SOATINING NAVBATDAGI SONINI TAQDIM ETMOQDAMIZ.


Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#tezkor

HUDUDLARDA TEZKOR CHIQISH BRIGADALARI FAVQULODDA YUZAGA KELGAN NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISHMOQDA

Ayni vaqtda, viloyatimizning ayrim hududlarida kuzatilayotgan kuchli yomg‘ir natijasida yuzaga kelgan elektr tarmoqlaridagi favqulodda uzilishlarni tegishliligi bo‘yicha bartaraf etishmoqda.

Korxonaga kelib tushayotgan elektr ta'minotiga oid barcha murojaatlar rahbariyat tomonidan to‘liq nazorat qilib borilmoqda.

Tezkor chiqish brigadalari barcha hududlarda ta'minot tiklangunga qadar o‘z ish faoliyatlarini olib borishadi.

Favqulodda yuzaga kelgan avariyali uzilishlar uchun uzr so‘raymiz!

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bobur_543_yil

O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, Boburiylar sulolasi asoschisi, harbiy sarkarda, kuchli notiq, Temuriy shahzoda — Zahiriddin Muhammad Bobur haqida eng qiziqarli faktlar!

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💜💜💜

Birgina qo‘ng‘iroqqa javob berish hisobingizdagi pullarni yo‘qotishga sabab bo‘ladi.


🔷Notanish raqamlar, bank yoki davlat organlari nomidan kelgan soxta qo‘ng‘iroqlardan ogoh bo‘ling!

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlarda

Bir xonadonda — uch yo‘nalishdagi biznes
.

Farg‘ona shahridagi “Yormozor” MFY Temuriylar ko‘chasida istiqomat qiluvchi Umaraliyevlar oilasi tom ma’noda tadbirkorlikni oilaviy qadriyatga aylantirgan xonadonlardan biri hisoblanadi.

Birgina uy sharoitida yo‘lga qo‘yilgan uchta mustaqil yo‘nalish nafaqat oila daromadini oshirishga, balki yangi ish o‘rinlari yaratishga ham xizmat qilmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#tezkor_axborot

Ayni vaqtda viloyatimiz bo‘yicha barcha hududlarda isteʼmolchilarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida tarmoqlarda favqulodda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Mutaxassislar tomonidan 6-10 kVli barcha elektr uzatish tarmoqlaridagi nosozliklar to‘liq bartaraf etildi.

Hududlarda belgilangan tartibda amaliy ishlar davom etmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🤔TEXNOPARK HUDUDIDA ELEKTR INFRASTRUKTURASI BOSQICHMA-BOSQICH SHAKLLANTIRILMOQDA

Qo‘qon shahrida barpo etilayotgan zamonaviy texnopark hududida muhim infratuzilma loyihalari izchil amalga oshirilmoqda. Hududni barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida yangi elektr podstansiyasi qurish ishlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda.

Texnopark hududi ilmiy-tadqiqot institutlari, sanoat obyektlari, biznes va xizmat ko‘rsatish markazlarini o‘zida mujassam etgan kompleks tizim bo‘lib, uning samarali faoliyati mustahkam va ishonchli elektr infratuzilmasini talab etadi.

Mazkur loyiha doirasida hozirgi kunda yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini tortish uchun tayanchlarni o‘rnatish ishlari jadal sur’atlarda bajarilmoqda.

O‘rnatilayotgan tayanchlar kelgusida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash, podstansiyani tarmoqqa ulash hamda texnopark hududining uzluksiz energiya bilan ta’minlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_energetika

📈 2026-yil boshidan buyon quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 1 mlrd kVt⋅soatga yetdi

👨‍👩‍👧‍👦🔌Bugun soat 12:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2026-yil boshidan beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 1 mlrd kVt⋅soatni tashkil qildi.

Aytish joizki, bugungi kunda yurtimizda umumiy quvvati 5 582 megavatt boʻlgan 15 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 5 ta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.

Maʼlumki, mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanila boshlangan 2022-yili Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalari tomonidan 434 mln kVt⋅soat, 2023-yilda esa 576,9 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi.

2024-yili 9 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan jami elektr energiyasi hajmi 4 mlrd 860 mln kVt·soatni tashkil qilgan bo‘lsa, 2025-yilda barcha quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 10,5 mlrd kVt⋅soatga yetdi.

Aytish joizki, 2026-yil boshidan 13-fevral kuni soat 12:30 holatiga qadar quyosh fotoelektr stansiyalari tomonidan 396 mln kVt⋅soat, shamol elektr stansiyalari tomonidan esa 604 mln kVt⋅soat, jami 1 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Ma’lumot uchun: 2026-yilning boshidan bugungi kungacha quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 2025-yilning mos davridagiga nisbatan 400 mln kVt·soat yoki 40 foizga ko‘p elektr energiyasiishlab chiqarildi.

Buning natijasida:

267 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;

atmosferaga 575 ming tonnadan ortiq zararli moddalar chiqishining oldi olindi.

👨‍👩‍👧‍👦🔌 👨‍👩‍👧‍👦 Qolaversa, joriy yil boshidan bugun, 13-fevral soat 12:30 ga qadar Oʻzbekistondagi barcha gidroelektr stansiyalar va quyosh hamda shamol elektr stansiyalari tomonidan 1 mlrd 570 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Buning natijasida:

400 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;

atmosferaga 863 ming tonnadan ortiq zararli moddalar chiqishining oldi olindi.

👨‍👩‍👧‍👦Maʼlumot uchun: mazkur hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 5 millionta xonadonning 1,5 oylik yoki 625 mingta xonadonning bir yillik meʼyoriy bazasini tashkil qiladi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Prezidentimiz Ohangarondagi yuqori kuchlanishli kabellar korxonasi bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqaruvchi
korxona faoliyati bilan tanishdi.

Prezidentimiz Ohangarondagi texnoparkda mis mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari bilan
tanishdi.

Prezidentimiz Ohangaronda maishiy texnika ishlab chiqarayotgan
zamonaviy korxonada bo‘ldi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
✍️ Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.

✍️ Davlatimiz rahbari har bir vazir, hokim, tarmoq rahbari sohasi, tizimi, korxonalariga yangicha boshqaruv olib kirib, bor resurslardan samarali foydalansa, an’anaviy eksport bozorlari va mahsulotlariga bog‘lanib qolmasdan, yangi yo‘nalishlarni topib, tadbirkorlarga yo‘l ochib bersa, sun’iy intellekt, raqamlashtirish bo‘yicha mutaxassislarni jamlab, innovatsiyalar qilsa, salohiyatli yoshlarni topib, “startap klub”lar tashkil etsa, ularning ishlanmalarini korxonalarda qo‘llasa, yanada yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga barcha imkoniyatlar borligini ta’kidladi.

✍️ Yurtimizda yiliga 650 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega 4 ta yirik korxona bor.

✍️ Tarmoq rahbarlari o‘zimizdagi xomashyodan tayyor mahsulot yaratish haqida doim bosh qotirishi kerakligi qayd etildi.

✍️ Elektrotexnika korxonalari o‘tgan yili 27 milliard so‘mlik imtiyozdan foydalanib, eksportni 83 million dollarga, budjetga tushumni 46 milliard so‘mga oshirgan. Ular o‘zimizda bo‘lmagan alyumin katankani import boji bo‘yicha imtiyoz muddatini uzaytirishni so‘ragan.

✍️ O‘tgan yilda Milliy investitsiya jamg‘armasi tashkil qilinib, dunyodagi nufuzli “Franklin Templeton” kompaniyasi boshqaruviga berildi.

✍️ Hududiy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha viloyat, tuman hokimlariga ham savollar ko‘pligi qayd etildi.

✍️ Joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit resurslari ko‘payib bormoqda. Lekin hokimlar buning iqtisodiy o‘sishga, ish o‘rni va budjetga ta’sirini hisob-kitob qilmayapti.

✍️ Poyabzal ishlab chiqarishda moda va dizayn tez o‘zgarmoqda. Korxonalarimiz hozirdan zamon talabiga mos holda ishlamasa, nafaqat tashqi, balki ichki bozorda ham raqobat qila olmasligi ta’kidlandi.

✍️ Bu yil 50 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilish bo‘yicha reja qilingan.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1