“FARG‘ONA HETK” AJ
4.81K subscribers
29.6K photos
4.11K videos
4 files
11.6K links
Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali

🔧 Elektr ta’minoti
🛠 Ta’mirlash ishlari
📢 Rejalashtirilgan uzilishlar
📰 Yangiliklar

📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
9-fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Farg‘onada ulug‘ shoir va mutafakkir bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi keng nishonlanmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
“SVETIMIZ O‘CHIB QOLDI”, DEGAN GAPLAR ENDI BO‘LMAYDI

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini yillar davomida qiynab kelgan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Qo‘qon shahridagi “Abu-Toyib Huqandiy” mavzesida joylashgan ko‘p qavatli uylarning elektr ta’minotini yangilash ishlari olib borilmoqda. Mazkur hududda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish orqali aholining barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanishi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ayni paytda tortalayotgan yangi elektr uzatish kabel tarmoqlari kelgusida elektr ta’minoti bilan bog‘liq uzoq yillik muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Bu esa nafaqat mavjud nosozliklarning oldini olish, balki hududda yashovchi aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Amalga oshirilayotgan bu kabi infratuzilmaviy loyihalar aholining turmush sifatini oshirish, hududlarni obod qilish va kelajak avlod uchun ishonchli muhandislik tarmoqlarini barpo etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✍️ELEKTR TA'MINOTI YAXSHILANMOQDA

Yozyovon tumani “Yozyovon” mahalla fuqarolar yig'ini Ahillik ko’chasidagi 14-sonli ko‘p qavatli uylarning elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr qutisi (shit) mutaxassislar tomonidan ta’mirlanmoqda.

Mazkur ta’mirlash ishlari ayni mavsumda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda avariyali uzilish holatlarini oldini olishga qaratilgan.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✍️YUKLAMALAR QAYTADAN TENG TAQSIMLANMOQDA

Farg'ona tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumandagi “Boy” mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan 137-sonli transformator punktidan chiquvchi tarmoqlar ko'rikdan o'tkazilib, yuklamalarni teng taqsimlash ishlari bajarilmoqda.

O’z navbatida olib borilgan ushbu texnik tadbir ishlari mavsumda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda avariyali uzilish holatlarni oldini olishga xizmat qiladi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
TARAQQIYOT VA MAS’ULIYAT

Prezident Murojaatnomasi, yoshlar nigohida...


Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati raisi topshiriqlariga muvofiq, tizimda samarali faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar ishtirokida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi. Mazkur tadbir mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga singdirish, ularning kasbiy va intellektual salohiyatini yanada yuksaltirishga qaratildi.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, shuningdek, 2026 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan asosiy yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning mazmuni yoshlar nigohida tahlil qilinib, ularning energetika sohasi rivojidagi o‘rni va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir doirasida yosh xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni zamonaviy fikrlashga, mas’uliyat va tashabbuskorlik ruhida ishlashga undash masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. O‘quv mashg‘ulotlari interaktiv tarzda o‘tkazilib, ishtirokchilarning faol ishtiroki ta’minlandi.

Shu bilan birga, seminar-trening ochiq muloqot ruhida davom etib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan o‘rtoqlashdilar.

Ularning fikr-mulohazalari tinglanib, ilgari surilgan g‘oyalar kelgusida tizim faoliyatida qo‘llash uchun muhim takliflar sifatida e’tirof etildi.

Mazkur seminar-trening yosh xodimlarning davlat siyosati va islohotlar jarayonidagi faol ishtirokini ta’minlash, ularni Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar sifatida shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
#24_soat_ish_faoliyati
#foto_fakt

🟢YANGI TAYANCHLAR YETKAZILDI

“Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash hamda modernizatsiya qilish ishlari tun-u, kun davom etmoqda.

Jamiyat tomonidan Rishton tumanining “Saroy” mahalla fuqarolar yig’iniga yangi elektr uzatish tarmoqlari uchun zarur bo’lgan temir–beton tayanchlari yetkazildi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor
#10_02_2025

HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI

📌 FARG‘ONA SHAHRI HAMDA FARG‘ONA TUMANI

Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Farg‘ona shahri hamda Farg‘ona tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Poulg‘on" elektr uzatish tarmog‘idagi 3, 4 va 15 tayanchlaridagi nosoz izolyatorlarni yangilash, taʼmirlash ishlari bajariladi;

📌 QIRGULI MAVZESI

Bugun, 09:00dan 12:00ga qadar Qirguli mavzesining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Vatan" podstansiyasidan chiquvchi "Bunyodkor" elektr uzatish tarmog‘ida bir qismini xavfsiz hududga ko‘chirish va taʼmirlash ishlari bajariladi;

📌 TOSHLOQ HAMDA QUVA TUMANLARI

Bugun, 09:00dan 13:00ga qadar Toshloq hamda Quva tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Arsif" podstansiyasidagi qurilmalarni yangilash va taʼmirlash ishlari bajariladi;

📌 QUVA TUMANI

Bugun, 13:00dan 17:00ga qadar Quva tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Baxor" podstansiyasidagi qurilmalarni yangilash va taʼmirlash ishlari bajariladi;

📌 BUVAYDA TUMANI

Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Buvayda tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Buvayda" podstansiyasida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi;

Hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!

"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
O‘zbekistondagi “og‘ir” mahallalarda kichik quyosh elektr stansiyalari qurish uchun 110 mln dollar ajratiladi

Bu kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan 903 ta mahallada amalga oshiriladi. Yana mingta mahallada kichik quyosh elektr stansiyalari lizing asosida foydalanishga topshiriladi.

Batafsil — https://daryo.uz/7IHf0nvDR

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Kuchli shamol va yomg‘ir vaqtlarida ehtiyot choralariga qat’iy amal qiling


Noqulay ob-havo sharoitlari — kuchli shamol va yomg‘ir kuzatilayotgan vaqtlarda, fuqarolardan shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilishlarini so‘raymiz:

Yerga uzilib tushgan elektr simlariga aslo yaqinlashmang va ularga tegmang;

Elektr tayanchlari (ustunlari), transformator punktlari hamda elektr uzatish tarmoqlari ostida turmang;

Avtomobillarni elektr uzatish tarmoqlari va daraxtlar yaqinida qoldirmang;

Kuchli shamol va yomg‘ir vaqtida ochiq maydonlarda uzoq vaqt bo‘lishdan saqlaning;

Bolalarni elektr inshootlari va ochiq elektr jihozlari yaqinida yolg‘iz qoldirmang.


Agar elektr tarmoqlarida uzilishlar, simlarning uzilishi yoki boshqa favqulodda holatlar aniqlansa, bu haqda zudlik bilan hududiy elektr tarmoqlarining 1154 qisqa raqamiga yoki dispetcherlik xizmatlariga xabar berishingizni so‘raymiz.

Eslatma: O‘z vaqtida berilgan murojaat nosozliklarni tezkor bartaraf etish hamda aholi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT

Joriy yilning 10-14 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga nam havo massalari kirib kelishi sababli viloyatimiz hududlarida vaqti-vaqti bilan, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.

10-11 fevral kunlari shamolning tezligi 13-18 m/s gacha, ayrim joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. 10-16 fevral kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli viloyatimizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan: Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona (Shohimardon), Beshariq tumanlari va Quvasoy shaxri hududida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.

Farg’ona viloyat Gidrometeorologiya markazi

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
✍️#jarayon

"Farg'ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan Marg'ilon shahrida bunyod etilayotgan "Yangi O'zbekiston" shaharchasida yuqori elektr uzatish tarmoqlarini qurish ishlari davom etmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔TEXNOPARK HUDUDIDA ELEKTR INFRASTRUKTURASI BOSQICHMA-BOSQICH SHAKLLANTIRILMOQDA

Qo‘qon shahrida barpo etilayotgan zamonaviy texnopark hududida muhim infratuzilma loyihalari izchil amalga oshirilmoqda. Hududni barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida yangi elektr podstansiyasi qurish ishlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda.

Texnopark hududi ilmiy-tadqiqot institutlari, sanoat obyektlari, biznes va xizmat ko‘rsatish markazlarini o‘zida mujassam etgan kompleks tizim bo‘lib, uning samarali faoliyati mustahkam va ishonchli elektr infratuzilmasini talab etadi.

Mazkur loyiha doirasida hozirgi kunda yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini tortish uchun tayanchlarni o‘rnatish ishlari jadal sur’atlarda bajarilmoqda.

O‘rnatilayotgan tayanchlar kelgusida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash, podstansiyani tarmoqqa ulash hamda texnopark hududining uzluksiz energiya bilan ta’minlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM