“FARG‘ONA HETK” AJ
4.81K subscribers
29.6K photos
4.11K videos
4 files
11.6K links
Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali

🔧 Elektr ta’minoti
🛠 Ta’mirlash ishlari
📢 Rejalashtirilgan uzilishlar
📰 Yangiliklar

📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Download Telegram
NAVOIYGA EHTIROM — MA’NAVIYATGA SADOQAT

Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkiri, davlat va jamoat arbobi, o‘zbek adabiy tilining asoschisi hazrat Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab, xususan, Farg‘ona viloyatida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu tadbirlar buyuk bobokalonimiz merosiga bo‘lgan yuksak ehtirom va chuqur hurmatning yana bir yorqin ifodasidir.


Bugun erta tongda Farg‘ona shahridagi Alisher Navoiy xiyoboni ana shunday ulug‘ ma’naviy anjumanlarga guvoh bo‘ldi. Xiyobonda o‘tkazilgan tantanali ehtirom tadbirida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, adabiyotshunos olimlar, ziyolilar, talaba-yoshlar hamda she’riyat ixlosmandlari jam bo‘lib, buyuk mutafakkir xotirasini chuqur ehtirom bilan yod etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov yig‘ilganlarni hazrat Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi bilan samimiy tabrikladi. O‘z nutqida bobokalonimizning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi beqiyos o‘rni, davlat va xalq manfaatlari yo‘lidagi xizmatlari, asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, adolat, ma’rifat va ezgulik g‘oyalari haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Ushbu yuksak g‘oyalar bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati bilan hamohang ekani alohida ta’kidlandi.

Ehtirom tadbiri davomida ishtirokchilar buyuk mutafakkir haykali poyiga gulchambar va gullar qo‘yib, uning betakror merosiga bo‘lgan hurmat va sadoqatlarini ifoda etdilar. Mazkur marosimda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” rahbariyati, kasaba uyushma qo‘mitasi hamda bir guruh ishchi-xodimlarning ishtiroki tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.

Alisher Navoiy siymosi asrlar osha xalqni ma’naviy yuksaklikka chorlab kelmoqda. Uning so‘zlari qalblarda ezgulik urug‘ini qadab, tafakkur va ma’rifat yo‘lida mustahkam tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi ehtirom tadbiri ham ana shu bebaho merosga bo‘lgan sadoqatning yana bir ifodasi bo‘ldi.

Asrlar osha barhayot bo‘lib kelayotgan Navoiy siymosi bugun yana bir bor xalqni birlashtirdi, qalblarni ma’naviyat atrofida jamladi. Chunki Alisher Navoiy — o‘tmish faxri emas, balki bugunimiz va kelajagimizni yoritib turuvchi ma’naviy yo‘ldir.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
KELAJAK SANOATI UCHUN ISHONCHLI TA’MINOT

Qo‘qon texnoparkida yirik energetik loyiha, yangi podstansiya qurilmoqda.


Bugungi kunda bunyod etilayotgan “Qo‘qon texnoparki” maxsus sanoat zonasi mamlakatimizda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, zamonaviy ishlab chiqarishni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish borasida muhim strategik yirik loyihalardan biri ekanligi bilan ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur hududga umumiy qiymati 166,5 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 11 ta yirik investitsiya loyihasi ishga tushiriladi. Natijada qo‘shimcha 1200 ta doimiy ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyihalarning samarali va barqaror faoliyatini ta’minlash, texnopark hududida ish boshlaydigan korxonalar, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining uzluksiz ishlab chiqarish jarayonlarini quvvat bilan ta’minlash maqsadida katta kuchlanishdagi zamonaviy podstansiya qurilishi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu muhim infratuzilma obyektini barpo etish ishlari “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tasdiqlangan loyiha asosida jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.

Podstansiyani texnik jihatdan to‘liq jihozlash maqsadida quvvati 40 MVA bo‘lgan ikkita zamonaviy transformator Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelingan bo‘lib, ayni paytda ularni o‘rnatish, sozlash va montaj ishlari mahalliy mutaxassislar tomonidan xalqaro standartlar talablariga muvofiq ravishda olib borilmoqda. Bu jarayon yurtimizda energetika sohasida yetuk mutaxassislar salohiyati tobora yuksalib borayotganini yaqqol namoyon etmoqda.
Keltirilgan texnik uskuna va jihozlarni o‘rnatish hamda montaj ishlari to‘liq yakunlangach, loyihaning keyingi bosqichida podstansiyadan “Qo‘qon texnoparki” hududiga elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida temir-beton tayanchlar o‘rnatish, yangi elektr tarmoqlarini tortish va tashqi infratuzilmani mustahkamlash ishlari amalga oshiriladi. Bu esa texnopark rezidentlarini ishonchli, barqaror va uzluksiz elektr ta’minoti bilan ta’minlash imkonini beradi.

Qurilish va montaj ishlarining barcha bosqichlari belgilangan tartib, tasdiqlangan loyiha hujjatlari hamda amaldagi texnik me’yorlar asosida olib borilishi qat’iy nazoratga olingan bo‘lib, sifat va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Aytish joizki, “Qo‘qon texnoparki” hududida barpo etilayotgan mazkur energetik infratuzilma obyekti sanoat taraqqiyotini quvvat bilan ta’minlovchi, investitsiya jozibadorligini oshiruvchi hamda minglab insonlar bandligini kafolatlaydigan mustahkam poydevor sifatida mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
9-fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Farg‘onada ulug‘ shoir va mutafakkir bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi keng nishonlanmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
“SVETIMIZ O‘CHIB QOLDI”, DEGAN GAPLAR ENDI BO‘LMAYDI

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini yillar davomida qiynab kelgan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Qo‘qon shahridagi “Abu-Toyib Huqandiy” mavzesida joylashgan ko‘p qavatli uylarning elektr ta’minotini yangilash ishlari olib borilmoqda. Mazkur hududda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish orqali aholining barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanishi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ayni paytda tortalayotgan yangi elektr uzatish kabel tarmoqlari kelgusida elektr ta’minoti bilan bog‘liq uzoq yillik muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Bu esa nafaqat mavjud nosozliklarning oldini olish, balki hududda yashovchi aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Amalga oshirilayotgan bu kabi infratuzilmaviy loyihalar aholining turmush sifatini oshirish, hududlarni obod qilish va kelajak avlod uchun ishonchli muhandislik tarmoqlarini barpo etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✍️ELEKTR TA'MINOTI YAXSHILANMOQDA

Yozyovon tumani “Yozyovon” mahalla fuqarolar yig'ini Ahillik ko’chasidagi 14-sonli ko‘p qavatli uylarning elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr qutisi (shit) mutaxassislar tomonidan ta’mirlanmoqda.

Mazkur ta’mirlash ishlari ayni mavsumda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda avariyali uzilish holatlarini oldini olishga qaratilgan.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✍️YUKLAMALAR QAYTADAN TENG TAQSIMLANMOQDA

Farg'ona tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumandagi “Boy” mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan 137-sonli transformator punktidan chiquvchi tarmoqlar ko'rikdan o'tkazilib, yuklamalarni teng taqsimlash ishlari bajarilmoqda.

O’z navbatida olib borilgan ushbu texnik tadbir ishlari mavsumda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda avariyali uzilish holatlarni oldini olishga xizmat qiladi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
TARAQQIYOT VA MAS’ULIYAT

Prezident Murojaatnomasi, yoshlar nigohida...


Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati raisi topshiriqlariga muvofiq, tizimda samarali faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar ishtirokida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi. Mazkur tadbir mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga singdirish, ularning kasbiy va intellektual salohiyatini yanada yuksaltirishga qaratildi.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, shuningdek, 2026 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan asosiy yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning mazmuni yoshlar nigohida tahlil qilinib, ularning energetika sohasi rivojidagi o‘rni va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir doirasida yosh xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni zamonaviy fikrlashga, mas’uliyat va tashabbuskorlik ruhida ishlashga undash masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. O‘quv mashg‘ulotlari interaktiv tarzda o‘tkazilib, ishtirokchilarning faol ishtiroki ta’minlandi.

Shu bilan birga, seminar-trening ochiq muloqot ruhida davom etib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan o‘rtoqlashdilar.

Ularning fikr-mulohazalari tinglanib, ilgari surilgan g‘oyalar kelgusida tizim faoliyatida qo‘llash uchun muhim takliflar sifatida e’tirof etildi.

Mazkur seminar-trening yosh xodimlarning davlat siyosati va islohotlar jarayonidagi faol ishtirokini ta’minlash, ularni Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar sifatida shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1