Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Alisher Navoiy — nafaqat buyuk shoir, o’z davrining ulkan bunyodkori edi.
⚡️ t.me/farhetk_admin
U ayniqsa, vazir bo‘lgan yillarida bunga alohida e’tibor qaratgan.
Navoiy fuqaro, darvesh, musofir va g‘ariblar uchun masjid, madrasa, xonaqoh, rabot, hammom, ko‘prik va hovuzlar qurdirgan.
Tarixchi Xondamir ma’lumotiga ko‘ra, u 52 ta rabot, 18 ta masjid, 16 ta ko‘prik va o‘nlab jamoat inshootlarini barpo ettirgan.
Uzoq karvon yo‘llarida yo‘lovchilar uchun dam olish va panoh bo‘lgan. Ular mehmonxona, quduq, masjid va hatto yuk hayvonlari uchun hovlilarga ega edi.
Vazirlikdan keyin ham Navoiy bunyodkorlikni to‘xtatmadi. Injil kanali bo‘yida “Ixlosiya” madrasasi va “Xalosiya” xonaqohidan iborat mashhur “qo‘sh uslub” majmuasini yaratdi. Bu uslub shahar muhitida salqinlik va qulaylikni ta’minlagan.
Navoiy qurdirgan binolar faqat chiroyli emas, balki ma’rifat, shifo va poklikka xizmat qilgan. Shifoxona — “Shifoiya”, hammom — “Safoiya” deb atalgan.
Olimlar ta’kidlaganidek, jahon tarixida Alisher Navoiychalik ko‘p bunyodkorlik qilgan shoir deyarli yo‘q.
Uning merosi — so‘zda ham, toshda ham abadiydir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NAVOIYNI ESLAB…
9-fevral — Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun!
Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag’ishlanadi.
“Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Quva tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimasi
Abduvahobova Parizod Alisher qizi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
—
Государственный визит Президента Шавката Мирзиёева в Пакистан стал историческим, придав новый импульс дальнейшему укреплению дружбы и стратегического партнерства между двумя странами.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NAVOIYNI ESLAB….
9-fevral — Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun!
Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag’ishlanadi.
“Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Quvasoy shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimasi
Sotvoldiyeva Dildora Raxmatovna
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NAVOIYGA EHTIROM — MA’NAVIYATGA SADOQAT
Bugun erta tongda Farg‘ona shahridagi Alisher Navoiy xiyoboni ana shunday ulug‘ ma’naviy anjumanlarga guvoh bo‘ldi. Xiyobonda o‘tkazilgan tantanali ehtirom tadbirida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, adabiyotshunos olimlar, ziyolilar, talaba-yoshlar hamda she’riyat ixlosmandlari jam bo‘lib, buyuk mutafakkir xotirasini chuqur ehtirom bilan yod etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov yig‘ilganlarni hazrat Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi bilan samimiy tabrikladi. O‘z nutqida bobokalonimizning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi beqiyos o‘rni, davlat va xalq manfaatlari yo‘lidagi xizmatlari, asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, adolat, ma’rifat va ezgulik g‘oyalari haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Ushbu yuksak g‘oyalar bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati bilan hamohang ekani alohida ta’kidlandi.
Ehtirom tadbiri davomida ishtirokchilar buyuk mutafakkir haykali poyiga gulchambar va gullar qo‘yib, uning betakror merosiga bo‘lgan hurmat va sadoqatlarini ifoda etdilar. Mazkur marosimda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” rahbariyati, kasaba uyushma qo‘mitasi hamda bir guruh ishchi-xodimlarning ishtiroki tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.
Alisher Navoiy siymosi asrlar osha xalqni ma’naviy yuksaklikka chorlab kelmoqda. Uning so‘zlari qalblarda ezgulik urug‘ini qadab, tafakkur va ma’rifat yo‘lida mustahkam tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi ehtirom tadbiri ham ana shu bebaho merosga bo‘lgan sadoqatning yana bir ifodasi bo‘ldi.
Asrlar osha barhayot bo‘lib kelayotgan Navoiy siymosi bugun yana bir bor xalqni birlashtirdi, qalblarni ma’naviyat atrofida jamladi. Chunki Alisher Navoiy — o‘tmish faxri emas, balki bugunimiz va kelajagimizni yoritib turuvchi ma’naviy yo‘ldir.
⚡️ t.me/farhetk_admin
Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkiri, davlat va jamoat arbobi, o‘zbek adabiy tilining asoschisi hazrat Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab, xususan, Farg‘ona viloyatida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu tadbirlar buyuk bobokalonimiz merosiga bo‘lgan yuksak ehtirom va chuqur hurmatning yana bir yorqin ifodasidir.
Bugun erta tongda Farg‘ona shahridagi Alisher Navoiy xiyoboni ana shunday ulug‘ ma’naviy anjumanlarga guvoh bo‘ldi. Xiyobonda o‘tkazilgan tantanali ehtirom tadbirida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, adabiyotshunos olimlar, ziyolilar, talaba-yoshlar hamda she’riyat ixlosmandlari jam bo‘lib, buyuk mutafakkir xotirasini chuqur ehtirom bilan yod etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov yig‘ilganlarni hazrat Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi bilan samimiy tabrikladi. O‘z nutqida bobokalonimizning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi beqiyos o‘rni, davlat va xalq manfaatlari yo‘lidagi xizmatlari, asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, adolat, ma’rifat va ezgulik g‘oyalari haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Ushbu yuksak g‘oyalar bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati bilan hamohang ekani alohida ta’kidlandi.
Ehtirom tadbiri davomida ishtirokchilar buyuk mutafakkir haykali poyiga gulchambar va gullar qo‘yib, uning betakror merosiga bo‘lgan hurmat va sadoqatlarini ifoda etdilar. Mazkur marosimda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” rahbariyati, kasaba uyushma qo‘mitasi hamda bir guruh ishchi-xodimlarning ishtiroki tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.
Alisher Navoiy siymosi asrlar osha xalqni ma’naviy yuksaklikka chorlab kelmoqda. Uning so‘zlari qalblarda ezgulik urug‘ini qadab, tafakkur va ma’rifat yo‘lida mustahkam tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi ehtirom tadbiri ham ana shu bebaho merosga bo‘lgan sadoqatning yana bir ifodasi bo‘ldi.
Asrlar osha barhayot bo‘lib kelayotgan Navoiy siymosi bugun yana bir bor xalqni birlashtirdi, qalblarni ma’naviyat atrofida jamladi. Chunki Alisher Navoiy — o‘tmish faxri emas, balki bugunimiz va kelajagimizni yoritib turuvchi ma’naviy yo‘ldir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1
KELAJAK SANOATI UCHUN ISHONCHLI TA’MINOT
Bugungi kunda bunyod etilayotgan “Qo‘qon texnoparki” maxsus sanoat zonasi mamlakatimizda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, zamonaviy ishlab chiqarishni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish borasida muhim strategik yirik loyihalardan biri ekanligi bilan ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur hududga umumiy qiymati 166,5 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 11 ta yirik investitsiya loyihasi ishga tushiriladi. Natijada qo‘shimcha 1200 ta doimiy ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Mazkur loyihalarning samarali va barqaror faoliyatini ta’minlash, texnopark hududida ish boshlaydigan korxonalar, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining uzluksiz ishlab chiqarish jarayonlarini quvvat bilan ta’minlash maqsadida katta kuchlanishdagi zamonaviy podstansiya qurilishi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu muhim infratuzilma obyektini barpo etish ishlari “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tasdiqlangan loyiha asosida jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.
Podstansiyani texnik jihatdan to‘liq jihozlash maqsadida quvvati 40 MVA bo‘lgan ikkita zamonaviy transformator Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelingan bo‘lib, ayni paytda ularni o‘rnatish, sozlash va montaj ishlari mahalliy mutaxassislar tomonidan xalqaro standartlar talablariga muvofiq ravishda olib borilmoqda. Bu jarayon yurtimizda energetika sohasida yetuk mutaxassislar salohiyati tobora yuksalib borayotganini yaqqol namoyon etmoqda.
Keltirilgan texnik uskuna va jihozlarni o‘rnatish hamda montaj ishlari to‘liq yakunlangach, loyihaning keyingi bosqichida podstansiyadan “Qo‘qon texnoparki” hududiga elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida temir-beton tayanchlar o‘rnatish, yangi elektr tarmoqlarini tortish va tashqi infratuzilmani mustahkamlash ishlari amalga oshiriladi. Bu esa texnopark rezidentlarini ishonchli, barqaror va uzluksiz elektr ta’minoti bilan ta’minlash imkonini beradi.
Qurilish va montaj ishlarining barcha bosqichlari belgilangan tartib, tasdiqlangan loyiha hujjatlari hamda amaldagi texnik me’yorlar asosida olib borilishi qat’iy nazoratga olingan bo‘lib, sifat va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Aytish joizki, “Qo‘qon texnoparki” hududida barpo etilayotgan mazkur energetik infratuzilma obyekti sanoat taraqqiyotini quvvat bilan ta’minlovchi, investitsiya jozibadorligini oshiruvchi hamda minglab insonlar bandligini kafolatlaydigan mustahkam poydevor sifatida mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi.
⚡️ t.me/farhetk_admin
Qo‘qon texnoparkida yirik energetik loyiha, yangi podstansiya qurilmoqda.