BARQAROR ELEKTR TAʼMINOTI YO‘LIDA TUNU KUNLIK SAʼY-HARAKATLAR
"Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" aksiyadorlik jamiyati tomonidan isteʼmolchilarni uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida hududlarda amaliy ishlar tunu kun davom ettirilmoqda. Aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish korxona faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Bu borada jamiyatga kelib tushayotgan har bir murojaat alohida nazoratga olinib, ularning ijobiy yechim topishi uchun tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Mutaxassislar tomonidan joylarda o‘rganish ishlari olib borilib, muammolarning aniq sabablariga mos texnik yechimlar ishlab chiqilmoqda.
Jumladan, Qo‘shtepa tumanining “G‘ishtmon” hamda “Do‘rmon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan elektr taʼminotiga oid kelib tushgan murojaatlar asosida hududlarga yangi temir-beton tayanchlari yetkazib berildi. Ushbu tayanchlar kelgusida elektr tarmoqlarini yanada mustahkamlash, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda isteʼmolchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi.
Kelgusi bosqichda mutaxassislar tomonidan mazkur tayanchlarni o‘rnatish, shuningdek mavjud elektr tarmoqlarini yangilash va zamonaviy talablarga mos holga keltirish ishlari amalga oshiriladi. Bu esa hudud aholisining elektr taʼminotidagi barqarorlikni taʼminlash bilan birga, energiya uzilishlari bilan bog‘liq muammolarni keskin kamaytirishga xizmat qiladi.
"Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" aksiyadorlik jamiyati kelgusida ham isteʼmolchilar manfaatini ustuvor deb bilgan holda, elektr taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish va xizmatlar sifatini oshirish yo‘lida izchil ishlarni davom ettiradi.
⚡️ t.me/farhetk_admin

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2🤩1
#rasmiy_munosabat
Marg‘ilon shahrining "Yangi Marg‘ilon" shaharchasi "Navbahor" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning kirish qismida favqulodda yuzaga kelgan yong‘in yuzaga kelgan.
Hududga zudlik bilan tezkor chiqish brigadalari yetib borgan va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari bilan birgalikda mazkur yong‘in o‘z vaqtida bartaraf etilgan.
Jabrlangan yo‘q.
Yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilib isteʼmolchilarni elektr taʼminoti to‘liq tiklangan.
Yuzaga kelgan nosozlik bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Energiya resurslaridan samarali va tejamkorlik bilan foydalanish har birimizning vazifamizdir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
ALISHER NAVOIY— SO‘Z MULKINING SULTONI
Bugun — 9-fevral. Bu sana nafaqat tarixiy kun, balki millatimiz qalbida so‘z, tafakkur va ma’naviyat bayramidir. Zero, aynan shu kunda buyuk bobokalonimiz, turkiy adabiyotning tengsiz siymosi, shoir, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan.
1441-yilning 9-fevralida Hirot shahrida dunyoga kelgan Alisher Navoiy o‘zining butun umri va ijodi bilan so‘z qudratini, ilm va tafakkur ulug‘ligini namoyon etdi. U nafaqat she’riyat osmonida porlagan yulduz, balki xalq va davlat manfaatini birdek ko‘zlagan ulkan siymo edi.
Navoiy ijodi — bu ma’naviyat xazinasi, tafakkur ummonidir. Uning «Xamsa»si sharq adabiyotida yangi davrni boshlab berdi. «Xazoyin ul-maoniy» esa shoirning g‘azalnavislikdagi beqiyos mahoratini butun borlig‘i bilan namoyon etadi. «Badoye’ ul-bidoya», «Navodir un-nihoya» devonlari, «Hiloliya», «Tuhfat ul-afkor» qasidalari, «Chixl hadis» («Qirq hadis»), «Nazm ul-javohir», «Tarixi muluki Ajam» kabi asarlar Navoiy tafakkurining naqadar teran va qamrovli ekanidan dalolat beradi.
Buyuk mutafakkir o‘z asarlarida insonni komillikka chorlaydi, adolat, saxovat, vatanparvarlik va ilm-ma’rifatni ulug‘laydi. U ona tilimiz — turkiy tilning imkoniyatlari cheksiz ekanini amalda isbotlab, uni davlat va adabiyot tili darajasiga ko‘tardi. Shu bois Alisher Navoiy nomi milliy o‘zlik, g‘urur va iftixor timsoliga aylandi.
Asrlar o‘tsa-da, Navoiy so‘zi eskirmaydi, hikmati o‘z qadrini yo‘qotmaydi. Chunki u yozgan satrlarda inson qalbi, dardi va orzulari mujassam. Bugun biz Navoiy merosiga murojaat qilar ekanmiz, o‘zimizni anglaymiz, ildizlarimizni his qilamiz.
Alisher Navoiy — o‘tgan zamon dahosi emas, u bugun ham biz bilan. Uning so‘zi qalblarimizda yashar ekan, millat ruhi hamisha yuksak bo‘lib qolaveradi.

❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Alisher Navoiy — nafaqat buyuk shoir, o’z davrining ulkan bunyodkori edi.
⚡️ t.me/farhetk_admin
U ayniqsa, vazir bo‘lgan yillarida bunga alohida e’tibor qaratgan.
Navoiy fuqaro, darvesh, musofir va g‘ariblar uchun masjid, madrasa, xonaqoh, rabot, hammom, ko‘prik va hovuzlar qurdirgan.
Tarixchi Xondamir ma’lumotiga ko‘ra, u 52 ta rabot, 18 ta masjid, 16 ta ko‘prik va o‘nlab jamoat inshootlarini barpo ettirgan.
Uzoq karvon yo‘llarida yo‘lovchilar uchun dam olish va panoh bo‘lgan. Ular mehmonxona, quduq, masjid va hatto yuk hayvonlari uchun hovlilarga ega edi.
Vazirlikdan keyin ham Navoiy bunyodkorlikni to‘xtatmadi. Injil kanali bo‘yida “Ixlosiya” madrasasi va “Xalosiya” xonaqohidan iborat mashhur “qo‘sh uslub” majmuasini yaratdi. Bu uslub shahar muhitida salqinlik va qulaylikni ta’minlagan.
Navoiy qurdirgan binolar faqat chiroyli emas, balki ma’rifat, shifo va poklikka xizmat qilgan. Shifoxona — “Shifoiya”, hammom — “Safoiya” deb atalgan.
Olimlar ta’kidlaganidek, jahon tarixida Alisher Navoiychalik ko‘p bunyodkorlik qilgan shoir deyarli yo‘q.
Uning merosi — so‘zda ham, toshda ham abadiydir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NAVOIYNI ESLAB…
9-fevral — Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun!
Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag’ishlanadi.
“Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Quva tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimasi
Abduvahobova Parizod Alisher qizi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
—
Государственный визит Президента Шавката Мирзиёева в Пакистан стал историческим, придав новый импульс дальнейшему укреплению дружбы и стратегического партнерства между двумя странами.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NAVOIYNI ESLAB….
9-fevral — Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun!
Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag’ishlanadi.
“Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Quvasoy shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimasi
Sotvoldiyeva Dildora Raxmatovna
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NAVOIYGA EHTIROM — MA’NAVIYATGA SADOQAT
Bugun erta tongda Farg‘ona shahridagi Alisher Navoiy xiyoboni ana shunday ulug‘ ma’naviy anjumanlarga guvoh bo‘ldi. Xiyobonda o‘tkazilgan tantanali ehtirom tadbirida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, adabiyotshunos olimlar, ziyolilar, talaba-yoshlar hamda she’riyat ixlosmandlari jam bo‘lib, buyuk mutafakkir xotirasini chuqur ehtirom bilan yod etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov yig‘ilganlarni hazrat Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi bilan samimiy tabrikladi. O‘z nutqida bobokalonimizning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi beqiyos o‘rni, davlat va xalq manfaatlari yo‘lidagi xizmatlari, asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, adolat, ma’rifat va ezgulik g‘oyalari haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Ushbu yuksak g‘oyalar bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati bilan hamohang ekani alohida ta’kidlandi.
Ehtirom tadbiri davomida ishtirokchilar buyuk mutafakkir haykali poyiga gulchambar va gullar qo‘yib, uning betakror merosiga bo‘lgan hurmat va sadoqatlarini ifoda etdilar. Mazkur marosimda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” rahbariyati, kasaba uyushma qo‘mitasi hamda bir guruh ishchi-xodimlarning ishtiroki tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.
Alisher Navoiy siymosi asrlar osha xalqni ma’naviy yuksaklikka chorlab kelmoqda. Uning so‘zlari qalblarda ezgulik urug‘ini qadab, tafakkur va ma’rifat yo‘lida mustahkam tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi ehtirom tadbiri ham ana shu bebaho merosga bo‘lgan sadoqatning yana bir ifodasi bo‘ldi.
Asrlar osha barhayot bo‘lib kelayotgan Navoiy siymosi bugun yana bir bor xalqni birlashtirdi, qalblarni ma’naviyat atrofida jamladi. Chunki Alisher Navoiy — o‘tmish faxri emas, balki bugunimiz va kelajagimizni yoritib turuvchi ma’naviy yo‘ldir.
⚡️ t.me/farhetk_admin
Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkiri, davlat va jamoat arbobi, o‘zbek adabiy tilining asoschisi hazrat Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab, xususan, Farg‘ona viloyatida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu tadbirlar buyuk bobokalonimiz merosiga bo‘lgan yuksak ehtirom va chuqur hurmatning yana bir yorqin ifodasidir.

❤3👍1