ICHKI TURIZM: BUNYODKORLIK, MADANIYAT VA TABIAT UYG‘UNLIGIDAGI SAFAR
Mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish, aholining madaniy hordig‘ini ta’minlash hamda yurtimizning boy tarixiy va madaniy merosini keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ichki turizmni jadal rivojlantirishga qaratilgan qarorlari ijrosi doirasida respublika bo‘ylab samarali va izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Ana shunday ezgu tashabbuslar doirasida “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati hamda jamiyat Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan jamiyat ishchi-xodimlari uchun ichki turizm yo‘nalishida Toshkent shahriga madaniy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
2–3-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan ushbu safar davomida ishtirokchilar avvalo poytaxtimiz Toshkent shahriga tashrif buyurib, bu yerda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari, zamonaviy me’moriy majmualari hamda madaniyat maskanlarini tomosha qildilar.
Safar doirasida xodimlar uchun madaniy hordiq chiqarish maqsadida so‘z ustasi J. Normatovning konsert dasturi namoyish etildi. Ushbu konsert dasturi ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat, unutilmas lahzalar va yorqin taassurotlar ulashdi.
Safarning yakuniy qismida ishtirokchilar Qamchiq dovonida qish fasliga xos betakror tabiat manzaralari, oppoq qor bilan qoplangan tog‘lar va musaffo havodan bahramand bo‘ldilar. Bu esa mazkur madaniy-ma’rifiy sayohatni yanada mazmunli va esda qolarli qildi.
Mazkur tadbir ishchi-xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jamoalarda do‘stona muhitni mustahkamlash hamda ichki turizmni rivojlantirishga xizmat qilgani bilan ahamiyatlidir. Bunday tashabbuslar kelgusida ham izchil davom ettirilishi rejalashtirilgan.
⚡️ t.me/farhetk_admin

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#24_soat_ish_faoliyati
#foto_fakt
“Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash hamda modernizatsiya qilish ishlari tun-u, kun davom etmoqda.
Jamiyat tomonidan Farg'ona tumanining “Ilg'or” mahalla fuqarolar yig’iniga yangi elektr uzatish tarmoqlari uchun zarur bo’lgan temir–beton tayanchlari yetkazildi.

HAR BIR KUNIMIZ QADRIYAT BILAN BOSHLANADI
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ jamoasi qadimiy milliy an’analarga sodiq qolgan holda birga sumalak tayyorlashga kirishdi.
Tong sahardan qozon atrofida yig‘ilgan xodimlar bir-biriga iliq tilaklar bildirib, har bir bo‘g‘inini qadimiy udumga mos ravishda kovladilar. Qozondan ko‘tarilgan xushbo‘y hid esa ishxonaga bahor kayfiyatini olib keldi. Har bir harakatda samimiyat, har bir tilakda ezgulik mujassam edi.
Bu tadbir nafaqat milliy taom tayyorlash, balki jamoani yanada birlashtirish, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi. Ayniqsa, yosh xodimlar uchun bu jarayon milliy qadriyatlarimizni yaqindan his etishdi. Sumalak atrofida kechgan ushbu fayzli onlar esa barchaga ko‘tarinki kayfiyat va ezgu niyatlar ulashdi.

👍2❤1
#rasmiy_munosabat
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Marg‘ilon shahrining "Go‘riavval" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan elektr taʼminotiga oid kelib tushgan murojaatga asosan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Marg‘ilon shahrining ayrim hududlarini (jumladan "Go‘riavval" mahalla fuqarolar yig‘ini hududini ham) elektr energiyasi bilan taʼminlovchi "Yodgorlik" podstansiyasidan chiquvchi 6 kVli "Said Ahmad" elektr uzatish kabel tarmog‘ida favqulodda avariyali uzilish yuzaga kelgan.
Mazkur yuzaga kelgan nosozlik tezkor chiqish brigadalari hamda qo‘shimcha mutaxassislar tomonidan bartaraf etilgan.
Ayni vaqtda uzatma orqali isteʼmolchilar to‘liq elektr energiyasi bilan taʼminlanmoqda.
Maʼlumot o‘rnida "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan viloyatimizning barcha hududlarida 24/7 rejimida isteʼmolchilarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Yuqoridagi yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish jarayonida keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

👍1
Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по приоритетным задачам социально-экономического развития Ферганской области.
⚡️ t.me/farhetk_admin
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по приоритетным задачам социально-экономического развития Ферганской области.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
#tezkor
#05_02_2025
HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI
📌 MARG‘ILON SHAHAR, QO‘SHTEPA, YOZYOVON, TOSHLOQ HAMDA FARG‘ONA TUMANLARI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Marg‘ilon shahar, Qo‘shtepa, Yozyovon, Toshloq hamda Farg‘ona tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Oqava" (L-Ochistnaya) elektr uzatish tarmog‘idagi 47, 59 va 69 tayanchlaridagi nosoz izolyatorlarni yangilash, taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 YOZYOVON TUMANI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Yozyovon tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Xonobod" podstansiyasida taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 FURQAT TUMANI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Furqat tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Ishonch" podstansiyasida taʼmirlash ishlari bajariladi;
Hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.
Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!
"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.

❤1