“FARG‘ONA HETK” AJ
4.83K subscribers
29.6K photos
4.1K videos
4 files
11.6K links
Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali

🔧 Elektr ta’minoti
🛠 Ta’mirlash ishlari
📢 Rejalashtirilgan uzilishlar
📰 Yangiliklar

📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Download Telegram
ENERGETIKA XAVFSIZLIGI — BARQAROR TARAQQIYOT KAFOLATI

Kuni kecha Huquqni muhofaza qilish akademiyasida energetika sohasining buguni va kelajagi uchun muhim bo‘lgan masalalarga bag‘ishlangan o‘quv-seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Energetika xavfsizligini ta’minlash va energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari” mavzusida tashkil etildi.

Seminarda viloyat studiyasi orqali viloyat prokuraturasi, O‘zenergoinspeksiya viloyat boshqarmasi, “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali, “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda tuman va shahar ta’minot korxonalari rahbarlari faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida yoqilg‘i-energetika sohasida amaldagi qonunchilik ijrosini ta’minlash, energetika xavfsizligini mustahkamlash, energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, sohadagi mavjud muammolar, ularning oldini olish va zamonaviy yondashuvlar asosida samaradorlikni oshirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar bildirildi.

Seminar ishtirokchilari o‘zaro tajriba almashib, energetika tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish hamda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Mazkur o‘quv-seminar energetika sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, tizimli yondashuvni kuchaytirish va barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi muhim platforma bo‘ldi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2026_yil_1_fevraldan

💰Qonunchilikka ko‘ra, “Davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalar uchun quyidagilarni o‘z ichiga olgan ijtimoiy yordam paketi joriy etiladi:

🔸ushbu oilalar xonadoniga quvvati 7-10 kVtlik quyosh panellarini o‘rnatish uchun BHMning 100 baravarigacha subsidiya ajratiladi;

🔸ushbu oilalarga tijorat banklari orqali 4 yilgacha BHMning 75 baravarigacha quyidagi maqsad va shartlarda kredit ajratiladi:

kredit oilaning mehnatga layoqatli a’zolarining bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni boshlash yoki kengaytirish, shu jumladan, chorva mollari, parranda, quyon, baliq va asalari uyasi, ko‘chma do‘konlar, motoroller, skuter va boshqa asosiy vositalarni sotib olish yoki issiqxona qurish uchun ajratiladi;

kredit 1 yillik imtiyozli davr bilan “davlat ta’minotidagi oila” toifasidagi oila a’zosining ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi;

kredit foiz stavkasi Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasidagi foiz stavkasida hisoblanadi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
ICHKI TURIZM: BUNYODKORLIK, MADANIYAT VA TABIAT UYG‘UNLIGIDAGI SAFAR

Mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish, aholining madaniy hordig‘ini ta’minlash hamda yurtimizning boy tarixiy va madaniy merosini keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ichki turizmni jadal rivojlantirishga qaratilgan qarorlari ijrosi doirasida respublika bo‘ylab samarali va izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Ana shunday ezgu tashabbuslar doirasida “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati hamda jamiyat Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan jamiyat ishchi-xodimlari uchun ichki turizm yo‘nalishida Toshkent shahriga madaniy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

2–3-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan ushbu safar davomida ishtirokchilar avvalo poytaxtimiz Toshkent shahriga tashrif buyurib, bu yerda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari, zamonaviy me’moriy majmualari hamda madaniyat maskanlarini tomosha qildilar.

Safar doirasida xodimlar uchun madaniy hordiq chiqarish maqsadida so‘z ustasi J. Normatovning konsert dasturi namoyish etildi. Ushbu konsert dasturi ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat, unutilmas lahzalar va yorqin taassurotlar ulashdi.

Safarning yakuniy qismida ishtirokchilar Qamchiq dovonida qish fasliga xos betakror tabiat manzaralari, oppoq qor bilan qoplangan tog‘lar va musaffo havodan bahramand bo‘ldilar. Bu esa mazkur madaniy-ma’rifiy sayohatni yanada mazmunli va esda qolarli qildi.

Mazkur tadbir ishchi-xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jamoalarda do‘stona muhitni mustahkamlash hamda ichki turizmni rivojlantirishga xizmat qilgani bilan ahamiyatlidir. Bunday tashabbuslar kelgusida ham izchil davom ettirilishi rejalashtirilgan.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#24_soat_ish_faoliyati
#foto_fakt

“Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ
tomonidan hududlarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash hamda modernizatsiya qilish ishlari tun-u, kun davom etmoqda.

Jamiyat tomonidan Farg'ona tumanining “Ilg'or” mahalla fuqarolar yig’iniga yangi elektr uzatish tarmoqlari uchun zarur bo’lgan temir–beton tayanchlari yetkazildi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAR BIR KUNIMIZ QADRIYAT BILAN BOSHLANADI

“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ jamoasi qadimiy milliy an’analarga sodiq qolgan holda birga sumalak tayyorlashga kirishdi.

Tong sahardan qozon atrofida yig‘ilgan xodimlar bir-biriga iliq tilaklar bildirib, har bir bo‘g‘inini qadimiy udumga mos ravishda kovladilar. Qozondan ko‘tarilgan xushbo‘y hid esa ishxonaga bahor kayfiyatini olib keldi. Har bir harakatda samimiyat, har bir tilakda ezgulik mujassam edi.

Bu tadbir nafaqat milliy taom tayyorlash, balki jamoani yanada birlashtirish, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi. Ayniqsa, yosh xodimlar uchun bu jarayon milliy qadriyatlarimizni yaqindan his etishdi. Sumalak atrofida kechgan ushbu fayzli onlar esa barchaga ko‘tarinki kayfiyat va ezgu niyatlar ulashdi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21