“FARG‘ONA HETK” AJ
4.83K subscribers
29.6K photos
4.1K videos
4 files
11.6K links
Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali

🔧 Elektr ta’minoti
🛠 Ta’mirlash ishlari
📢 Rejalashtirilgan uzilishlar
📰 Yangiliklar

📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Download Telegram
📌📌📌📌📌📌

2026-yil 1-apreldan quyidagilar uchun to‘lovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi:

Elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvidan foydalanganlik uchun to‘lovlar;

Transportlarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektrda harakatlanadigan transportlarni zaryadlash bo‘yicha xizmatlar.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#tezkor
#03_02_2025

HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI


📌 QO‘SHTEPA TUMANI

Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Qo‘shtepa tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Oqava" podstansiyasida taʼmirlash ishlari bajariladi;

📌 OLTIARIQ HAMDA QO‘SHTEPA TUMANLARI

Bugun, 10:00dan 14:00ga qadar Oltiariq hamda Qo‘shtepa tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Oltiariq" podstansiyasida qisqa muddatli taʼmirlash ishlari bajariladi;

Hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!

"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
720 MLN. SО‘MGA YAQIN ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, "Farg'ona HETK" AJ Korrupsiyaga qarshish kurashish va komplayens nazorati xizmati (bo'limi) hamda Marg'ilon shahar elektr ta'minoti xodimlari hamkorligida o'tkazilgan  energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan о‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini mensimasdan elektr energiyasidan о‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, Marg'ilon shahrida о‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida "K K S" MCHJga tegishli tartibda navbatdagi ko'rikdan o'tkazilganda elektr energiyasidan hisoblagichsiz noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlandi.

Natijada, davlat manfaatlariga jami 719,0 mln. sо‘m zarar yetkazilgani aniqlandi hamda tо‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🤩1
#tezkor
#04_02_2025

HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI

📌 FARG‘ONA SHAHRI HAMDA FARG‘ONA TUMANI

Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Farg‘ona shahri hamda Farg‘ona tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Poulg‘on" elektr uzatish tarmog‘ida nosoz izolyatorlarni yangilash hamda "Bobur" podstansiyasida va "Satkak" podstansiyasidan chiquvchi "Azizlar" elektr uzatish tarmog‘ida taʼmirlash ishlari bajariladi;

Hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!

"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💜💜💜

Shaxsga doir ma’lumotlar himoyasi:
Nega barchasi oddiy paroldan boshlanadi?

Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligi bilan bog‘liq xabarlar tobora ko‘paymoqda. Bu esa barchamizni yanada hushyor bo‘lishga chorlaydi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 2026-yilning yanvar oyida o‘tgan asosiy tadbir va voqealar

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sun'iy intellekt yordamida shaxsga doir ma'lumotlarga noqonuniy ishlov berganlik uchun javobgarlik belgilandi

Batafsil infografikada👆

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ENERGETIKA XAVFSIZLIGI — BARQAROR TARAQQIYOT KAFOLATI

Kuni kecha Huquqni muhofaza qilish akademiyasida energetika sohasining buguni va kelajagi uchun muhim bo‘lgan masalalarga bag‘ishlangan o‘quv-seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Energetika xavfsizligini ta’minlash va energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari” mavzusida tashkil etildi.

Seminarda viloyat studiyasi orqali viloyat prokuraturasi, O‘zenergoinspeksiya viloyat boshqarmasi, “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali, “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda tuman va shahar ta’minot korxonalari rahbarlari faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida yoqilg‘i-energetika sohasida amaldagi qonunchilik ijrosini ta’minlash, energetika xavfsizligini mustahkamlash, energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, sohadagi mavjud muammolar, ularning oldini olish va zamonaviy yondashuvlar asosida samaradorlikni oshirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar bildirildi.

Seminar ishtirokchilari o‘zaro tajriba almashib, energetika tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish hamda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Mazkur o‘quv-seminar energetika sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, tizimli yondashuvni kuchaytirish va barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi muhim platforma bo‘ldi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2026_yil_1_fevraldan

💰Qonunchilikka ko‘ra, “Davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalar uchun quyidagilarni o‘z ichiga olgan ijtimoiy yordam paketi joriy etiladi:

🔸ushbu oilalar xonadoniga quvvati 7-10 kVtlik quyosh panellarini o‘rnatish uchun BHMning 100 baravarigacha subsidiya ajratiladi;

🔸ushbu oilalarga tijorat banklari orqali 4 yilgacha BHMning 75 baravarigacha quyidagi maqsad va shartlarda kredit ajratiladi:

kredit oilaning mehnatga layoqatli a’zolarining bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni boshlash yoki kengaytirish, shu jumladan, chorva mollari, parranda, quyon, baliq va asalari uyasi, ko‘chma do‘konlar, motoroller, skuter va boshqa asosiy vositalarni sotib olish yoki issiqxona qurish uchun ajratiladi;

kredit 1 yillik imtiyozli davr bilan “davlat ta’minotidagi oila” toifasidagi oila a’zosining ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi;

kredit foiz stavkasi Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasidagi foiz stavkasida hisoblanadi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
ICHKI TURIZM: BUNYODKORLIK, MADANIYAT VA TABIAT UYG‘UNLIGIDAGI SAFAR

Mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish, aholining madaniy hordig‘ini ta’minlash hamda yurtimizning boy tarixiy va madaniy merosini keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ichki turizmni jadal rivojlantirishga qaratilgan qarorlari ijrosi doirasida respublika bo‘ylab samarali va izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Ana shunday ezgu tashabbuslar doirasida “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati hamda jamiyat Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan jamiyat ishchi-xodimlari uchun ichki turizm yo‘nalishida Toshkent shahriga madaniy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

2–3-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan ushbu safar davomida ishtirokchilar avvalo poytaxtimiz Toshkent shahriga tashrif buyurib, bu yerda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari, zamonaviy me’moriy majmualari hamda madaniyat maskanlarini tomosha qildilar.

Safar doirasida xodimlar uchun madaniy hordiq chiqarish maqsadida so‘z ustasi J. Normatovning konsert dasturi namoyish etildi. Ushbu konsert dasturi ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat, unutilmas lahzalar va yorqin taassurotlar ulashdi.

Safarning yakuniy qismida ishtirokchilar Qamchiq dovonida qish fasliga xos betakror tabiat manzaralari, oppoq qor bilan qoplangan tog‘lar va musaffo havodan bahramand bo‘ldilar. Bu esa mazkur madaniy-ma’rifiy sayohatni yanada mazmunli va esda qolarli qildi.

Mazkur tadbir ishchi-xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jamoalarda do‘stona muhitni mustahkamlash hamda ichki turizmni rivojlantirishga xizmat qilgani bilan ahamiyatlidir. Bunday tashabbuslar kelgusida ham izchil davom ettirilishi rejalashtirilgan.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM