“FARG‘ONA HETK” AJ
4.85K subscribers
29.5K photos
4.08K videos
4 files
11.6K links
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Elektr ta’minoti, ta’mirlash ishlari, rejalashtirilgan uzilishlar va yangiliklar

instagram https://www.instagram.com/fargona_hetk_aj?igsh=MWVxbmZ3eDBjaDU5NA==
Download Telegram
“Tashabbusli budjet”ning 10-mavsumi boshlanmoqda

Joriy yilning 1-fevralidan “Tashabbuskor xalq uchun — yangi imkoniyatlar mavsumi” shiori ostida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi ilk mavsumi boshlanadi. Ushbu mavsum “Tashabbusli budjet” jarayoni joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘ninchi — yubiley mavsum hisoblanadi.

Bunda:

1–20-fevral kunlari loyihalarni kiritish;

21-fevraldan 7-martgacha loyihalarni saralash;

8–10-mart kunlari targ‘ibot bosqichi;

11–20-mart kunlari ovoz berish bosqichi;

21–31-mart kunlari qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi o‘tkaziladi.

☑️ Ma’lumot uchun, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 21-mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.

Faol bo‘ling, mahallangiz uchun tashabbus ko‘rsating!

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
✍️ KORRUPSIYAGA QARSHI BIRLASHGAN SA’Y-HARAKATLAR

Toshloq tuman elektr ta’minoti korxonasida halollik va mas’uliyat targ‘ib qilindi


Korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kunda davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Prezidentimiz o‘z nutq va murojaatlarida ushbu illat jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘lishini, xalq ishonchi va adolatli boshqaruv tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini alohida ta’kidlab kelmoqda.

Shu bois barcha soha va tizimlarda halollik, shaffoflik hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ana shunday ezgu maqsadlar yo‘lida “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlarning huquqiy ongi va xizmat madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari izchil davom etmoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi navbatdagi muhim tadbir Toshloq tuman elektr ta’minoti korxonasida tashkil etildi. Tadbirning ahamiyatli jihati shundaki, unda nafaqat korxona ishchi-xodimlari, balki ularning ota-onalari ham faol ishtirok etdi. Bu esa korrupsiyaga qarshi kurash masalasiga oilaviy mas’uliyat va ijtimoiy ong nuqtayi nazaridan yondashilayotganini yaqqol namoyon etdi.

Tadbir davomida xizmat madaniyati, odob-axloq qoidalariga rioya etish, davlat xizmatiga bo‘lgan hurmatni oshirish, fuqarolar murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish hamda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qat’iy qarshi turish masalalari keng muhokama qilindi. Xodimlarga xizmat vazifalarini halollik va vijdon bilan bajarish, ichki mehnat intizomiga rioya etish, jamoatchilik bilan muloqotda ochiq, xushmuomala va mas’uliyatli bo‘lish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, korrupsiya jamiyat rivojiga putur yetkazuvchi, fuqarolar ishonchini susaytiruvchi xavfli illat ekani qayd etilib, uning oldini olish bo‘yicha huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Ota-onalar ishtiroki esa yosh va o‘rta avlod vakillarida halollik, poklik va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim omil ekani e’tirof etildi.

Yakunda har bir xodimning halol mehnati, ochiq va mas’uliyatli faoliyati jamiyat taraqqiyoti va xalq ishonchini mustahkamlashda beqiyos ahamiyatga ega ekani alohida qayd etildi. “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tizimida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabat, shaffoflik va halollik tamoyillariga qat’iy amal qilish bundan buyon ham ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Jamiyat taraqqiyoti - halol mehnatga, oshkora iqtisodiyotga va albatta qonunga amal qilishga bog‘liq!


⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
✍️YUKLAMALAR QAYTA TAQSIMOT QILINMOQDA

Farg'ona tuman elektr ta'minoti korxonasi tomonidan mavsumni betalofat o’tkazish bo’yicha doimiy hududlardagi elektr tarmoqlari va qurilmalarida nazorat va amaliy ishlar olib borilmoqda.

Mutaxassislar tomonidan tumandagi 12-sonli transformator punktidan chiquvchi 0,4 kVli elektr uzatish tarmoqlarida fazalararo yuklamani teng taqsimlash ishlari olib borilmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
YANGI TAYANCHLAR O'RNATILMOQDA

Yozyovon tumanining “Qorasoy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan elektr ta’minotiga oid yo’llangan murojaat mutaxasislar tomonidan joyida o’rganib chiqildi va ijobiy hal etildi.

Mahallaga yangi elektr uzatish tarmoqlari uchun yangi temir-beton tayanchlarini o'rnatish ishlari bajarilmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Marg'ilon shahar elektr ta'minoti korxonasining tezkor chiqish brigadalari tomonidan hududlarda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish ishlari uzluksiz olib borilmoqda.

Jumladan, shaharning "Navbahor" mahalla fuqaarolar yig'ini hududidagi 0,4 kVli elektr uzatish tarmoqlaridagi nosoz tayanchni yangilash ishlari bajarilmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🤔#reyd

TARG’IBOT TADBIRLARI O’TKAZILIB, QARZDOR ISTE'MOLCHILAR TARMOQDAN AJRATILMOQDA

O'zbekiston tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumandagi iste'molchilarni elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishlarini oldini olish, mavjud qarzdorlikni undirish, elektr tarmoqlariga o’zboshimchalik bilan ulanishlarni aniqlash maqsadida hududlarda reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq foydalangan elektr energiyasidan qarzdorligi sabab ASKUE tizimi orqali masofadan tarmoqdan o‘chirilganligiga qaramay, o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib olgan iste'molchilar dastur orqali aniqlanib, tarmoqdan o‘chirilmoqda.

Mutaxassislar tomonidan tegishli tartibda dalolatnomalar tuzilib, iste'molchilarga elektr energiyasidan qonuniy foydalanishlari yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari bajarilmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM