“FARG‘ONA HETK” AJ
4.86K subscribers
29.5K photos
4.08K videos
4 files
11.6K links
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Elektr ta’minoti, ta’mirlash ishlari, rejalashtirilgan uzilishlar va yangiliklar

instagram https://www.instagram.com/fargona_hetk_aj?igsh=MWVxbmZ3eDBjaDU5NA==
Download Telegram
✍️ Shaharda jinoyatchilardan olib qo‘yilgan sintetik moddalar so‘nggi besh yilda 11 karra oshgan.

✍️ Yig‘ilishda so‘nggi paytlarda jinoiy guruhlar oldi-berdi munosabatlarga, biznes faoliyatga aralashib, tadbirkorlar va investorlarga tahdid solayotgani qayd etildi.

✍️ Yurtimizda e’tiqod erkinligi Konstitutsiya bilan mustahkamlangan va diniy bag‘rikenglik siyosatini davom ettirilishi ta’kidlandi.

✍️ Kiberjinoyatlar kundan-kunga ko‘payib, uning turlari 18 tadan 62 taga chiqdi. Ayniqsa, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, sun’iy intellekt orqali ovoz va yuz qiyofasini o‘xshatish, zararli fayllarni tarqatish avj olyapti.

✍️ Kadrlar qo‘nimsizligiga barham berish, malakali va fidoyi kadrlarni rag‘batlantirish doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.

✍️ Davlatimiz rahbari huquq-tartibot tizimida ham yangi tarixni boshlab beradigan qarorlar qabul qilish vaqti kelganini ta’kidladi.

✍️ Tergov sifatini tubdan oshirish va uning shaffofligini ta’minlash huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

✍️ So‘nggi yillarda davlat boshqaruv organlarida ochiqlik va shaffoflik siyosati yuritilayotgani o‘z natijasini bermoqda. Lekin bu jarayon huquq-tartibot idoralarining ishiga sekin kirib kelayotgani, ularning faoliyati tashqaridan xolis o‘rganilmayotgani qayd etildi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UZBEKISTAN2030.UZ: STRATEGIYA MUHOKAMASIDA ISHTIROK ETING!

✍️ Mamlakatimiz taraqqiyotining uzoq muddatli ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beruvchi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish maqsadida uning yangilangan loyihasi ishlab chiqildi.

🖥 Ayni paytda Strategiya loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz platformasiga joylashtirildi.

🎤 Kelgusi besh yillik rivojlanishga qaratilgan Strategiyani yanada takomillashtirish maqsadida, uning xalqimiz va davlat hayotining barcha sohalarida to‘liq aks etishi uchun keng jamoatchilikning taklif va mulohazalari olinmoqda.


📣 Siz ham uzbekistan2030.uz platformasi orqali o‘z taklif va tashabbuslaringizni bildiring va ushbu taraqqiyot dasturining faol ishtirokchisiga aylaning!

Zero, bugun bildirilgan fikr — ertangi taraqqiyot poydevori.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

26-yanvar kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi

Elektr stansiyalari orqali jami 266,5 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Iste’molchilarga 247,6 mln kVt·soat elektr energiyasi yetkazib berildi.

Tabiiy gaz iste’moli 144,8 mln kub metrni tashkil qildi. 2 ming 300 tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarildi. Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga 2 ming 300 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.

Batafsil / Батафсил / YouTube’da ko‘rish

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🤔ELEKTR TA’MINOTI YANADA MUSTAHKAMLANMOQDA

Iste’molchilarni barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, ayniqsa mavsumiy yuklamalar oshadigan davrlarda elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish maqsadida hududlarda izchil va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ana shunday chora-tadbirlar doirasida Farg‘ona shahrining “Afrosiyob” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 560-sonli quvvati 160 kVA bo‘lgan transformator punktini quvvati 400 kVA bo’lgan transformatorga Farg'ona tuman elektr ta'minoti korxonasi tomonidan almashtirildi. Mazkur amaliy xarakat hududdagi elektr ta’minoti barqarorligini oshirish hamda mavjud qurilmadagi yuklamani kamaytirishga qaratilgan.

Katta quvvatdagi transformatorning ishga tushirilishi natijasida mahalladagi 150 ga yaqin xonadonning elektr ta’minoti sezilarli darajada yaxshilanadi. Bu esa aholi uchun qulay sharoit yaratish, elektr energiyasidagi uzilishlar va kuchlanish pasayishlarining oldini olishga xizmat qiladi.

Hududlarda uzluksiz ish rejimida iste’molchilar ehtiyojlarini inobatga olgan holda elektr ta’minotining ishonchliligini yanada oshirish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan aholi va ijtimoiy soha obektlarini sifatli hamda uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda soha rivoji maqsadida 2025-yilda amalga oshirilgan keng ko'lamli ishlar sarhisob qilindi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
UCHKO’PRIKDA ELEKTR TA’MINOTI YANADA MUSTAHKAMLANDI

“Yulg‘unzor” mahallasida quvvati oshirilgan transformator ishga tushirildi


Iste’molchilarni barqaror, sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, ayniqsa mavsumiy yuklamalar keskin ortadigan davrlarda tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish bugungi kunda ustuvor vazifalardan biridir. Shu maqsadda hududlarda izchil va tizimli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ana shunday chora-tadbirlar doirasida Uchko‘prik tumanining “Yulg‘unzor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 275-sonli transformator punktida muhim texnik yangilanish amalga oshirildi. Xususan, avval quvvati 100 kVA bo‘lgan transformator o‘rniga quvvati 250 kVA bo‘lgan zamonaviy transformator o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi.

Mazkur texnik yechim hududdagi elektr ta’minoti barqarorligini sezilarli darajada oshirish, mavjud tarmoqlardagi ortiqcha yuklamani kamaytirish hamda kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Katta quvvatga ega yangi transformatorning ishga tushirilishi natijasida mahalladagi 100 ga yaqin xonadonning elektr ta’minoti sifati yaxshilanib, kuchlanish pasayishlari kamayadi. Bu esa aholining kundalik hayotida qulayliklar yaratib, elektr energiyasidan yanada samarali foydalanish imkonini beradi.

Bugungi kunda hududlarda iste’molchilar ehtiyojlari chuqur tahlil qilinib, elektr ta’minoti ishonchliligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar uzluksiz davom ettirilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar aholi farovonligini ta’minlash hamda energetika tizimini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Tashabbusli budjet”ning 10-mavsumi boshlanmoqda

Joriy yilning 1-fevralidan “Tashabbuskor xalq uchun — yangi imkoniyatlar mavsumi” shiori ostida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi ilk mavsumi boshlanadi. Ushbu mavsum “Tashabbusli budjet” jarayoni joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘ninchi — yubiley mavsum hisoblanadi.

Bunda:

1–20-fevral kunlari loyihalarni kiritish;

21-fevraldan 7-martgacha loyihalarni saralash;

8–10-mart kunlari targ‘ibot bosqichi;

11–20-mart kunlari ovoz berish bosqichi;

21–31-mart kunlari qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi o‘tkaziladi.

☑️ Ma’lumot uchun, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 21-mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.

Faol bo‘ling, mahallangiz uchun tashabbus ko‘rsating!

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
✍️ KORRUPSIYAGA QARSHI BIRLASHGAN SA’Y-HARAKATLAR

Toshloq tuman elektr ta’minoti korxonasida halollik va mas’uliyat targ‘ib qilindi


Korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kunda davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Prezidentimiz o‘z nutq va murojaatlarida ushbu illat jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘lishini, xalq ishonchi va adolatli boshqaruv tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini alohida ta’kidlab kelmoqda.

Shu bois barcha soha va tizimlarda halollik, shaffoflik hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ana shunday ezgu maqsadlar yo‘lida “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlarning huquqiy ongi va xizmat madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari izchil davom etmoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi navbatdagi muhim tadbir Toshloq tuman elektr ta’minoti korxonasida tashkil etildi. Tadbirning ahamiyatli jihati shundaki, unda nafaqat korxona ishchi-xodimlari, balki ularning ota-onalari ham faol ishtirok etdi. Bu esa korrupsiyaga qarshi kurash masalasiga oilaviy mas’uliyat va ijtimoiy ong nuqtayi nazaridan yondashilayotganini yaqqol namoyon etdi.

Tadbir davomida xizmat madaniyati, odob-axloq qoidalariga rioya etish, davlat xizmatiga bo‘lgan hurmatni oshirish, fuqarolar murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish hamda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qat’iy qarshi turish masalalari keng muhokama qilindi. Xodimlarga xizmat vazifalarini halollik va vijdon bilan bajarish, ichki mehnat intizomiga rioya etish, jamoatchilik bilan muloqotda ochiq, xushmuomala va mas’uliyatli bo‘lish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, korrupsiya jamiyat rivojiga putur yetkazuvchi, fuqarolar ishonchini susaytiruvchi xavfli illat ekani qayd etilib, uning oldini olish bo‘yicha huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Ota-onalar ishtiroki esa yosh va o‘rta avlod vakillarida halollik, poklik va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim omil ekani e’tirof etildi.

Yakunda har bir xodimning halol mehnati, ochiq va mas’uliyatli faoliyati jamiyat taraqqiyoti va xalq ishonchini mustahkamlashda beqiyos ahamiyatga ega ekani alohida qayd etildi. “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tizimida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabat, shaffoflik va halollik tamoyillariga qat’iy amal qilish bundan buyon ham ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2